O’quv darslik


KIRISH  a)Farmakologiya fanining maqsad va vazifalari. Uning boshqa tibbiy



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

KIRISH 
a)Farmakologiya fanining maqsad va vazifalari. Uning boshqa tibbiy 
fanlar orasidagi o‘rni 
Farmakologiya tibbiyotning asosiy fanlaridan biri bo‘lib, u vrachni o‘zining 
asosiy quroli 

dorilar bilan tanishtiradi . U vrach bemor organizmida dorilar 
bilan nima qilayotganligini, katta yoki kichik dozalarda ulardan qanday 
samaralar kutish lozimligini ko‘rsatadi. 
Farmakologiya 
lotincha 
so‘zlar 
birikmasidan 
olingan 
bo‘lib 
(
pharmacon

dori, 
logos

fan), dorilar to‘g‘risidagi fan degan ma’noni bildiradi. 
Famakologiya turli xil kimyoviy birikmalarning tirik organizmlar bilan (shu 
jumladan odam va hayvon organizmlari bilan ham) o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. 
Uning eng asosiy vazifalaridan biri – yanada samaraliroq va xavfsizroq bo‘lgan 
dori vositalarini izlab topishdan iboratdir. 
Farmakologik tekshirishlarning doirasi juda keng. U dori Moddalarning
turli murakkablikdagi biologik tizimlarga ta’sirini o‘rganishni o‘z ichiga qamrab 
oladi – butun bir organizmdan tortib, har bitta hujayragacha, va hattoki, 
hujayralarning tarkibiy qismlariga, retseptorlar va fermentlarga ta’sirini ham. 
Kimyoviy moddalar ta’sirida biologik tizimlar faoliyatining o‘zgarishlari 
ularning biologik samaralari (faolligi) yuzaga chiqishiga olib keladi. 
Tibbiy –biologik fanlar qatoridan o‘rin olgan farmakologiya eksperimental 
va amaliy tibbiyotning turli sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda bir 
tomonda tibbiyotning asosiy nazariy fanlari

fiziologiya, patologik fiziologiya, 
biokimyo tursa, ikkinchi tomonda amaliy fanlar

klinik farmakologiya, terapiya, 
pediatriya, xirurgiya va boshqalar turadi. Shuningdek, u farmatsiya fanlari 

farmatsevtik kimyo, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiyalar bilan ham 



chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular orqali esa biokimyo, botanika, texnologiya 
fanlari bilan ham bog‘lanadi. 
Farmakologiyaning klinika uchun ahamiyatli fan ekanligi shundan ham 
ko‘rinib turibdiki, undan o‘tgan asrning oxirlarida dori vositalarining inson 
organizmi 
bilan 
o‘zaro 
ta’sirlarini 
turli 
patologik 
holatlarda, 
bevositabemorningoldidao‘rganuvchiklinikfarmakologiyamustaqilfansifatidaajra
libchiqdi. 
Farmakologiyaning ahamiyati amaliy tibbiyot uchun o‘ta beqiyosdir. 
Hozirgi kungacha farmakologlar tomonidan juda katta zahiradagi yuqori 
samaradorlikka ega bo‘lgan dori vositalarining yaratilganligi (oxirgi 
ma’lumotlarga qaraganda butun yer shari mamlakatlaridagi jami yaratilgan va 
amaliyotda qo‘llanilayotgan dori preparatlarning soni 300 000 dan ortiqni 
tashkil etadi) ko‘pchilik kasalliklarni davolashning universal usuliga aylantirdi. 
Shuning uchun ham farmakologiya fanini mukammal bilish istalgan sohadagi 
shifokorlar uchun mutlaqo zarur hisoblanadi. Farmakologiyani bilish 
zarurligining yana bir ahamiyati shundaki, zamonaviy dori Moddalarning
ko‘pchiligi juda yuqori faollikka ega bo‘lganliklari uchun ularni tavsiya 
qilishdagi ozgina noaniqlik bemorning hayotiga xavf soluvchi o‘ta kuchli 
asoratlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganiday, farmakologiyaning muhim vazifasi yangi 
dori vositalarini izlab topishdan iboratdir. Buning uchun asosiy yo‘l – kimyoviy 
sintez usulidir. Bundan tashqari, o‘simliklarning tabiiy birikmalaridan, 
hayvonlarning to‘qimalaridan va ma’danlardan ham unumli foydalaniladi. Shu 
bilan 
birga, 
ko‘pchilik 
bebaho 
preparatlarning 
zamburug‘lar 
va 
mikroorganizmlar hayoti davomida ajralib chiqishini ham inobatga olish lozim. 
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi preparatlar yaratishda hujayraviy va 
gen injeneriyasi ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Farmakologlar tomonidan 
yangi dori vositalarini izlab topish, ularni sinovdan o‘tkazish va amaliyotga 



tadbiq etish ishlari kimyogarlar va klinitsistlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib 
boriladi.
Zamonaviy dorishunoslik sohasidagi ulkan yutuqlar va yuksalishlar qator 
yangi ilmiy yo‘nalishlar hamda fanlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ularga 
eksperimental va klinikfarmakologiyadan tashqari farmatsiya, toksikologiya, 
immunofarmakologiya, farmakogenetika, yuqumli kasalliklar kimyoviy 
terapiyasi, o‘sma kasalliklarining kimyoviy terapiyasi, farmako epidemiologiya, 
farmakoekonomika (farmakoiqtisodiyot) va boshqalarni kiritish mumkin. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish