O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Tahlillash
da o‘quvchilarning butunni ma’lum bo‘laklarga 
ajrata olishi, ular orasidagi aloqadorlikni ko‘rsatib bera bilishi, 
butunni tashkil etish tamoyillarini aniqlashi, mantiqiy mulohaza 
jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni ko‘ra olishi, dalil
-
lar va tekshiruvlar orasidagi farqni ko‘rsatib bera bilishi nazarda 
tutiladi.
Umumlashtirish
da o‘quvchilarning insho va referat yozi
-
shi, chiqishlar va ma’ruzalar matnini tayyorlashi, eksperiment va 
boshqa tashkiliy ishlarni o‘tkazish rejasini taklif etishi, har xil 
yo‘nalishdagi masalalarning sxemasini tuzishi ko‘zda tutilgan.
Baholash
da esa o‘quvchi yozma matnning tuzilishi mantig‘ini, 
mavjud ma’lumotlar bilan xulosalarning o‘zaro mutanosibligini, 
mavjud ma’lumotning ahamiyatliligi darajasini baholaydi. 
Aytilgan fikrlarning amaliy namunasi sifatida Angliyada 
tug‘ilib, Kanadada yashab o‘tgan taniqli adib Seton-Tompson 
(1860 – 1946)ning «Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyasini o‘rganish namu
-
nasini tavsiya etish mumkin.
Tog‘ay Murod aytmoqchi, Seton-Tompson hayvonlarni ras
-
som, olim, adib nazari bilan suydi, tuydi, tasvirladi. Shuning uchun 
ham u dunyo adabiyotida alohida o‘ringa ega bo‘ldi. Yozuvchi-
ning o‘zbek o‘quvchilariga ham yaxshi tanish bo‘lgan «Yovvoyi 
102
http://dic.academic.ru/


214
215
yo‘rg‘a» hikoyasini umumta’lim maktablarining 7-sinf «Adabiyot» 
darsligida uch soat mobaynida o‘rganish ko‘zda tutilgan
103
. «Yov-
voyi yo‘rg‘a»ni: «Yozuvchining hayvonot dunyosiga munosabati. 
Ernest Seton-Tompson «Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyasidagi ot timsoli. 
Uning ayricha xususiyatlari. Hikoyadagi Jo va Kurka Iz timsollari. 
Ayg‘ir va ovchilar timsolini qiyoslash. Muallifning otlar va odam
-
lar tabiatini tasvirlash mahorati» tarzida talqin qilish mumkin. 
Darslikda Еrnest Seton-Tompson hayoti va ijodini yaxshi bil
-
gan, uning asarlarini o‘zbek tiliga ustalik bilan tarjima qilgan ta-
niqli o‘zbek yozuvchisi Tog‘ay Murodning u haqdagi ma’lumotlari 
bor. Bu bilimlar o‘quvchini Seton-Tompson shaxsi bilan tanishti
-
rish uchun yetarli. Ma’lumki, biror badiiy matnni o‘rganishda 
o‘quvchi muallifning tabiati, qiziqishlari, hayoti haqida qancha 
ko‘p ma’lumotga ega bo‘lsa, uning asarini o‘rganish shuncha mu
-
kammal bo‘ladi. Ayniqsa, asar muallifi bilan o‘quvchi shaxsiya-
tida, xarakterida o‘xshashlik jihatlar kashf etilsa, tarbiyalanuvchi 
shaxsida yozuvchi shaxsiga muhabbat paydo bo‘ladi. Bu muhab
-
bat kitobxonni ushbu yozuvchining asarlarini qiziqib, qidirib topib 
o‘qishga majbur qiladi. Shu ma’noda, yozuvchi haqida darslikda 
taqdim etilgan biografik materialni darslik mualliflarining bil-
gichligi maxsuli, deyish mumkin. 
Ushbu mavzuni o‘rganishga rejalashtirilgan birinchi soatni 
o‘qituvchi o‘quvchilarning Ernest Seton-Tompson hayoti va ijodi 
bilan bog‘liq bilimlarini tekshiruvchi savol-topshiriqlar bilan bosh
-
lashi mumkin (avvalgi darsda ushbu mavzuni o‘qib kelish uy vazi-
fasi sifatida topshirilgan bo‘ladi). Darslikdagi 1-, 2-savollar yo
-
zuvchi shaxsini ochishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, Tog‘ay 
Mu rodning adib haqidagi: 
«Seton-Tompson:
Jonivorlarga toza 
ko‘ngil, toza ko‘z bilan qaradi. Jonivorlardan o‘zining qing‘ir, 
falsafiy fikrlarini aytish uchun foydalanmadi. Jonivorlar ning ichki 
 
dunyosini halol, xolisona ochib berdi. Hayotga jonivorlar ko‘zi 
bilan boqdi. Jonivorlarga tushkun munosabatda bo‘lmadi... O‘z 
boshidan kechirgan hayotni, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan tabiatni, 
o‘z qo‘li bilan ushlagan jonivorlarni qanday bo‘lsa shundayligi-
cha badiiy asar qildi
», – degan fikrlariga asoslanib, yozuvchi ta
-
biatini ochishga urinib ko‘ring. «
Jonivorlardan o‘zining qing‘ir, 
103
Q. Yo‘ldoshev va boshq. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
7-sinfi uchun darslik-majmua. – T.: «Sharq», 2013. 345-b.


215
falsafiy fikrlarini aytish uchun foydalanmadi» 
jumlasini qanday 
tushundingiz? Ernest bilan suhbatdan so‘ng Berrous nima uchun 
iztirobga tushdi? Ko‘zlarida yosh qalqishining sababi nimada deb 
o‘ylaysiz? Seton-Tompsonning Berrousni lol qoldirgan shaxsiy 
muzeyi haqidagi tasvirlarni qayta o‘qib, yozuvchining hayvonot 
olamiga bo‘lgan muhabbatiga baho bering. Seton-Tompsonning 
vasiyatiga e’tibor qiling. Undan adib shaxsiga xos qanday fazilatni 
ko‘rish mumkin? Seton-Tompsonga bergan bahosiga asoslanib, 
Tog‘ay Murod shaxsini baholashga urinib ko‘ring. Tog‘ay Murod 
Seton-Tompsonning asarlari tarjimasiga nima sababdan qo‘l urgan 
deb o‘laysiz?» kabi savol-topshiriqlar ustida ishlash o‘quvchini 
Seton-Tompson shaxsiyati haqidagi bilimlar bilan boyitadi. Maz-
kur ma’lumotlarga Blum taksonomiyasi nazari bilan yondashilgan-
da uni 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish