O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Taksonomiya
qadimgi grek tilidagi (τάξις) 
tartib, saf
va 
(νόμος ) 
qonun
so‘zlaridan olingan bo‘lib tasniflash, tizimga solish 
tamoyillari va amaliyoti haqidagi bilim demakdir.
Blum taksonomiyasi 1956-yida bir guruh olimlar tomoni-
dan taklif etilgan bo‘lib, unda guruh rahbari amerikalik psixolog 
Benjamin Semyuel Blum (1913 – 1999)ning «Ta’lim maqsadlari 
taksonomiyasi: bilish yo‘nalishi» nomli kitobidagi g‘oyalari ilgari 
surilgan
98
.
«Taksonomiya» atamasi birinchi marta 1813-yilda o‘simliklar 
klassifikatsiyasi bilan shug‘ullangan fransuz botanigi Ogyusten 
Dekandol (1778 – 1841) tomonidan fanga kiritilgan. Bu so‘z avval 
faqat biologiya fanida qo‘llanilgan. Keyinchalik lingvistika, geog-
rafiya va geologiya ilmidagi murakkab tizilmalarni tasniflash naza-
riyasini ifodalovchi atama sifatida ham qo‘llanila boshlandi.
Blum taksonomiyasi o‘qituvchi tomonidan tarbiyalanuvchilar 
oldiga qo‘yiladigan qator topshiriqlarni ta’lim maqsadlariga mu-
vofiq tarzda: 
kognitiv, affektiv
,
 psixomotor
yo‘nalishlarida tasnif-
lanishini nazarda tutadi. Ta’limning bu uch yo‘nalishini oddiyroq 
qilib «bilaman», «his qilaman» va «yarataman» so‘zlari bilan ifo-
dalash mumkin. 
Psixologiya ilmida «kognitiv» (bilaman) so‘zi axborotni qabul 
qilish va uni qayta ishlash ma’nosida, insonning ruhiy holati (ishon-
chi, xohish-istaklari va maqsadlari)ni ifodalashda qo‘llaniladi. 
«Kognitiv» ta’lim bilimlarni o‘zlashtirish va o‘zlashtirilgan ax-
borotni amaliyotda qo‘llay olishni nazarda tutadi
99
.
98
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.
99
Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и 


212
213
Bilimlarni o
‘zlashtirishning affektiv yo‘nalishi (lotincha 
af-
fectus 
so‘zidan olingan bo‘lib, 
ichdan to‘lqinlanish 
ma’nosini ang-
latadi) shaxsning portlash xarakteridagi qisqa muddatli va yuqori 
intensiv emotsional holatini nazarda tutadi. Ta’lim maqsadlari-
ning affektiv yo‘nalishi o‘zida insonning emotsional reaksiyasini, 
o‘zgalarning qayg‘u yoki shodligini qanchalik his etishiga e’tibor 
qaratadi. Affektiv maqsadlar insonning tuyg‘ulari, emotsiyasi va 
munosabatlari bilan bog‘liqdir
100

Blum taksonomiyasida ifodalangan psixomotor maqsadlar 
asbob-uskunalarga, o‘quv qurollari, texnika vositalariga mosla-
shishni nazarda tutadi. Psixomotor maqsadlar amaliy ko‘nikmalarni 
o‘zgartirish va rivojlantirishni ko‘zlaydi
101
.
Ta’lim maqsadining har uchala yo‘nalishida uning keyingi 
bosqichiga o‘tish uchun avvalgi bosqich bo‘yicha tajribaga ega 
bo‘lish taqozo etiladi. Blum taksonomiyasining asosiy maqsadi 
pedagoglarda ta’lim maqsadining har uchala sohasi bo‘yicha moti
-
vatsiya uyg‘otish va shu orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan 
iboratdir.
Kognitiv yo‘nalishdagi ko‘nikma va malakalar bilim, tushun-
cha va tanqidiy mulohaza yuritishga daxldor. Blum taksonomiya
-
sida o‘quv maqsadlarining kognitiv yo‘nalishi quyidagicha tasnif-
lanadi: bilish, tushinish, qo‘llash, tahlillash, umumlashtirish va ba-
holash. Ta’lim maqsadlarining kognitiv yo‘nalishida:

bilish 
bosqichi o‘zlashtirilgan o‘quv materialini esda saqlab 
qolishni va aniq dallilar, nazariy qarashlarni amaliyotda qo‘llashni 
nazarda tutadi;


Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish