O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Jamiyatning 
demokratlashuvi maktabning demokratlashuvidan boshlanadi. 
Avtoritar maktab demokratik jamiyatning bo‘lajak fuqarolarini 
shakl
lantira olmaydi
», – degan ekan
96
.
Mustaqil mamlakatining o‘z fikriga ega bo‘lgan fuqarolarini 
shakllantirish uchun butun ta’lim tizimini bugun jamiyat talab 
qilayotgan avlodni tarbiyalashga qaratish, har bir darsni, xususan, 
maktab adabiy ta’limini erkin tarbiya texnologiyasiga tayangan 
holda tashkil etish davr talabidir. 
Albatta, har qanday ta’lim-tarbiya tizimini shaxsga u yoki bu 
darajadagi bosimsiz amalga oshirish qiyin. Ammo bugungi milliy 
pedagogika ilmida buni imkon qadar minimal darajaga tushirish 
yo‘llari qidirilayotgan ekan, bu jarayonda erkin tarbiya texnologi-
yasiga tayanish, muallimlardan esa maksimal darajada natija bera-
digan metod va usullardan foydalanish talab etiladi. 
Masalan, adabiy ta’lim amaliyotida Cho‘lponning «Go‘zal» 
she’ri
97
tahlilini erkin tarbiya talablariga tayangan holda tashkil 
94
Сухомлинский В. А. Сердце отдаю детям. – Киев. 1972. 243 с.
95
Yo‘ldoshev Q. Yangicha pedagogik tafakkur va adabiyot o‘qitishning ilmiy-
metodik asoslari. Ped. fan. dok… diss. – T.: 1997.
96
Френе С. Избранные педагогические сочинения. – Москва. 1990. С. 153 
– 156.
97
Q. Yo‘ldoshev va boshqalar. Adabiyot. 7-sinf uchun darslik-majmua. – T.: 
«O‘qituvchi», 2005. 106-bet.


206
207
etish uchun dars jarayonida qanday ishlash masalasini o‘quvchilar 
bilan maslahatlashgan holda amalga oshirish ularning ruhiya-
tida ma’lum o‘zgarish yasashi tayin. Agar o‘quvchilar kichik gu
-
ruhlarda ishlashni ixtiyor etsalar: «She’rdagi Go‘zal obrazini kim 
deb o‘ylaysiz? Odam timsolimi, vatan obrazimi, ozodlik ramzimi 
yoki baxt ifodasimi?» degan muammoli savol o‘rtaga tashlanadi. 
O‘quvchilar o‘zlari kelishgan holda istalgan timsolni – kim vatan, 
kimdir qiz, qay biridir baxt, yana kimdir ozodlik timsolini tanlab, 
o‘zlari tanlagan mavzuga asoslangan holda guruhlarga birlashadi-
lar. O‘z qarashlarini matndan misollar keltirgan holda asoslashga 
intiladilar. O‘zaro kelishilgan holda xulosalar chiqariladi. Bu ja
-
rayonda o‘qituvchining vazifasi fikrlarni tinglash, ularning asosiga 
diqqat qilish, guruh a’zolarining fikr va xulosalariga isbot talab 
qilishdan iborat bo‘ladi. Tahlil jarayonida o‘quvchilarning fikr
-
lariga daxl qilinmaydi, e’tiroz bildirilmaydi. A’zolarning xulosa-
lari bir-birlariga qarshilantirilmaydi. Faqat birgina nozik jihat bor: 
tahlil jarayonida o‘quvchilarning fikrlari, qarashlari sog‘lom, toza 
ma’naviyat mahsuli ekani ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim. Agar 
ozgina chetlangan o‘rinlar bo‘lsa, o‘qituvchi buni nazoratga olishi 
kerak bo‘ladi. Chunki har qanday erkinlikda ham ma’lum mezonlar 
mavjud. O‘zbek tarbiyashunosligi tayanadigan milliy ma’naviyat, 
o‘zbekona axloqiy mezonlar, qanday tarbiya asosida bo‘lmasin, 
shakllanib kelayotgan shaxsning ruhiyatiga singdirib borilishi 
bosh maqsaddir. Guruh a’zolari chiqargan turfa xulosalarini o‘zaro 
umumlashtiradilar yoki har bir a’zo o‘z xulosasida qoladi. Guruh 
a’zolarining har biri o‘z qarashlarida qolishga haqli. Bu ham ta’lim 
va tarbiyadagi erkinlikning xususiyatlaridan biridir.
She’r yozilgan davrga tayaniladigan bo‘lsa, undagi Go‘zal 
timsolini vatan deyish uchun ham, ozodlik deyishga ham, baxt deb 
qarashga ham asos bor. Chunki XX asr boshlarida vatanni ozod 
ko‘rishni hamma narsadan ortiq ko‘rgan shoir Cho‘lpon ko‘ngil 
istaklarini asarida go‘zal timsoli zamiriga berkitishi ham tabiiy 
hol edi. Vatanning ozodlik ramzi bo‘lmish oqqa burkanishi, baxt 
va erkdan, mustaqillik shodligidan «yanoqlari»ga qizil yugurishi 
shoir fantaziyasining mahsuli, deb qarash ham mumkin. Guruh 
a’zolari hurlik va ozodlikka erishgan vatanning qanday bo‘lishini 
bir ko‘rgan shamolning shunday vatanni izlab Turkiston ustida 


207
yurishini o‘z dalillari bilan isbotlab bera olsalar, marra «yosh 
sinchilar»niki. She’rning qolgan bandlaridan ham o‘zlari bilgan 
va ishongan haqiqatni topa bilsalar, ijobiy bahoga haqlidirlar. 
Go‘zalni ozodlik yoki baxt ramzi ekanini ham shu tariqa ochib be-
rishlari mumkin. 
Agar sinfdagilarning barchasi asar matni bilan tanishganidan 
so‘ng Go‘zalni qiz timsoli deb bilsalar, demak tahlilni umumiy 
holda tashkil etish ham mumkin. Badiiy matn tahlilini umumiy 
holda amalga oshirishda dars jarayoni asar matni yuzasidan o‘rtaga 
tashlanadigan savol-topshiriqlar ko‘magida amalga oshiriladi. 
«Go‘zal»ning matni tahlili yuzasidan taqdim etilayotgan quyidagi 
qarashlarga bir kishining fikri o‘laroq namuna sifatida yondashish 
taklif etiladi. 
She’rning birinchi bandini qayta o‘qib bergan o‘qituvchida 
«savol tug‘iladi»: «Nima uchun oshiq qorong‘u kechada bedor? 
Ne sababdan ma’shuqasi haqida yulduzdan so‘rayapti? Nega aynan 
eng yorug‘ yulduzdan?» Ma’lumki, chin oshiq uchun uyqu harom. 
Oshiq uchun na kechasi, na kunduzi halovat bor. Uning yagona tilagi 
– visol. U tinimsiz visol dardi bilan yashaydi. Ma’shuqa esa yo‘q. 
Qayerdadir, qandaydir tashvishlar bilan band. Qorong‘u kechada 
esa oshiqning yagona hamrohi – yulduzlar va oy. Ma’shuqasini 
so‘rab oshiq faqat yulduzlargagina murojaat qilishi mumkin. Oshiq 
uchun ma’shuqa faqat eng buyuk sifatlarga munosib. Shuning 
uchun u ma’shuqasi haqida eng yorug‘ yulduzdan so‘rayapti. 
Boshqa yulduzlar oshiqning ma’shuqasi haqida biror narsa bilishga 
munosib emaslar, oshiqning nazarida. Mulohaza uchun navbatdagi 
savol o‘rtaga tashlanadi: «Yulduz nimadan uyalyapti? Nega yulduz 
ham, oy ham ma’shuqani tushlarida ko‘rishyapti?» Oshiqni telba 
qilgan ma’shuqa shunchalar go‘zalki, yulduz ko‘kdagi eng yorug‘, 
demakki, eng chiroyli yulduz bo‘lishiga qaramay hijolatda. Shu 
hijolati sabab boshi egik. O‘ziga ishonch bilan gapirolmaydi. Yulduz 
yigitning ma’shuqasini uyquda ekanida uchratgan. Oshig‘ining 
dardidan bexabar, tushlar ko‘rib yotgan uyqudagi malakni tasavvur 
qiling. Go‘zallik bilan ichki xotirjamlik mutanosib bo‘lgandagi 
uyqu eng yorug‘ yulduzni ham muvozanatdan chiqargan – u 
barcha yulduzlar jam bo‘lganida ham ma’shuqaning go‘zalligiga 
tenglasha olmasliklarini samimiy e’tirof etmoqda. Yorug‘ yulduz 


208
209
yigitning ma’shuqasini bir martagina, tasodifan ko‘rib qolganu 
yo‘qotgan, shundan beri ko‘rishni istagani go‘zalning qiyofasini 
faqat tushlarida ko‘radi. Uning qanchalar go‘zalligini biladi va shu 
bois hech ikkilanmay oy uchun ham javob bermoqda.
Ma’shuqasining hammadan go‘zal ekanini bilgan, lekin uning 
manzil-makoni haqida yulduzdan jo‘yali javob ololmagan oshiq 
oyga murojaat qilishga majbur. Oy ham o‘zi to‘lganda nurlarini so-
chib uyqudagi malakni bir martagina ko‘rib qolgan. Ma’shuqaning 
tabiiy go‘zalligi bilan oppoq nurning mutanosibligi oyni ham «tel-
ba» qilgan. Oy o‘z go‘zalligiga qancha bino qo‘ygan bo‘lishiga 
qaramay ma’shuqaning o‘zidan dilbarroq ekanini e’tirof etishga 
majbur. Uning oppoq nuriga cho‘milgan qizil yanoqli ma’shuqa 
esa qayta ko‘ziga ko‘rinmagan. Oy ham ma’shuqani yana bir marta 
ko‘rishni qattiq istaganu, lekin, afsus, faqat tushlarida ko‘radi.
O‘qituvchi o‘quvchilarini mulohaza yuritishga undab: «O‘ylab 
ko‘ring-chi, shamol go‘zalni qanday holatda ko‘rgan bo‘lishi 
mumkin?» degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Bu savolga o‘quvchilar 
banddagi birinchi misraga tayangan holda javob beradilar. Bu 
borada o‘quvchilarning qanday javob berishi va fikrini nimalar 
bilan asoslashi katta ahamiyat kasb etmaydi. Lekin go‘zalni bir 
martagina ko‘rib qolgan shamolning yo‘lidan ozib go‘zalni nega-
dir tog‘u toshlar orasidan izlab yurishi ularni o‘yga toldirishi aniq. 
O‘qituvchi javoblardan mantiq qidirishi ham shart emas. Chunki 
o‘quvchilarning aytgan fikrlari mustaqil tafakkur mahsuli bo‘lgani 
bilan qadrli. Mantiqiy asoslar shu tariqa ishlanaverish asnosida 
shakllanib boradi.
Bezovta oshiq hali o‘z savoliga arzirli javob topolgani yo‘q. 
Go‘zalni nafaqat oshiq, balki barcha oshiqlar qidirmoqda. Uni 
kimdir o‘ngida, kimdir tushlarida ko‘ryapti. Go‘zalligini e’tirof et-
yapti. Hatto kun ham bundan mustasno emas: u ham xuddi shamol 
singari go‘zalni o‘ngida ko‘rgan. «

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish