Nazorat qilish
– ta’limda muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida
bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini yuzaga chiqarishda muhim
sanaladi.
2.
Ta’limiy nazorat ishlari
– ma’lumotlarning o‘qituvchi to
-
monidan takrorlanishida, qo‘shimcha tushuntirish ishlari jara-
yonida, o‘rtoqlarining javoblari asnosida o‘z-o‘zini kuzatish, faol-
likning ortib borishida namoyon bo‘ladi.
85
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.
198
199
3.
Nazoratga yo‘ldosh tekshiruv –
hamonki, o‘rtoqlar javobi
asnosida shaxsiy qarashlar nazorati amalga oshirilarkan, shu as-
noda o‘quv materialini takrorlash faolligi ortadi va o‘qituvchining
qo‘shimcha tushuntirishlariga imkoniyat paydo bo‘ladi.
4.
Tarbiyalovchi nazorat
– bu ham yo‘ldosh nazorat bo‘lib,
tizimli ishlashga, faoliyatning izchilligiga yo‘naltiradi, iroda
shakllantiradi, faoliyatni odatga aylantiradi, o‘ziga ishonch va
mas’uliyat hissini paydo qiladi.
Nazoratning bu turlari bilimlarni nazorat qiluvchi metodlarni
tanlashda asos hisoblanadi. Bilimlarni baholashda – DTS talablari-
ga asoslangan o‘quv dasturi va belgilangan bilim, ko‘nikma va
malakalar hajmi asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi ta’lim amaliyotida o‘quvchilar bilimini nazorat qi-
lishda, asosan, uning
doimiy
va
yakuniy
nazorat singari turlari-
dan foydalaniladi. Bilimlarni baholashning doimiy nazorat turiga
individual so‘rov, yozma ishlar, ta’limni dasturlash, seminarlar,
didaktik o‘yinlar va kundalik kuzatish metodlarini kiritish mum-
kin. Bilimlarni tekshirishning yakunlovchi metodlari sirasiga esa
har chorak oxiridagi nazorat ishlari, sinov va imtihonlarni kiritish
mumkin. Bilimlarni tekshirishning bunday modulli shakli zamo-
naviy metod sifatida bir qator afzalliklarga ega:
– nazorat, ayni zamonda bilimlarni amalda qo‘llash imkoni-
yatidir;
– nazoratning ayrim jihatlari umumlashgan holda bahoning
nisbatan asosliligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
– qiziqtiruvchi va tarbiyaviy vazifalarni yuzaga chiqaradi.
Bugungi kunda o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning test
usuli keng yoyildi. Nazoratning bu turi o‘quvchilarni savollarga
javob berishda tez fikrlashga yo‘naltiradi, tekshiruv jarayonini tez-
lashtiradi, baholashning xolisligini ta’minlaydi, mantiqiy tafak-
kurni o‘stiradi, javoblarda aniqlik, izchillik va tezlikni ta’minlaydi.
O‘quvchilar bilimini baholashning bu usuli o‘z afzalliklari bilan
birga ma’lum kamchiliklarga ham ega. Ayniqsa, adabiy ta’lim jara-
yonida bilimlarni nazorat qilishning test usuli o‘zini to‘liq oqlolmay-
di. Chunki adabiyot darslarida bilim berish yoki uni nazorat qilish-
dan ko‘ra ko‘ngil tarbiyasi, hislarning injaligi, so‘zdan ta’sirlanish,
so‘zni tuyish, go‘zallikni payqash, taassurotlar va tuyg‘ularni so‘z
bilan ifodalash singari ishlar ustuvorlik qiladi. Inson ma’naviyatining
199
sog‘lomlashuvi, tuyg‘ularining injaligiyu fikr larining samimiyligi
darajasini test bilan o‘lchash mumkin emas.
Ta’lim jarayonining demokratlashuvi, ta’lim islohotlari bilim-
larni baholashning eski usullaridan voz kechishni taqozo etmoqda.
Lekin taklif etilayotgan yangi usullarni ham barcha o‘quv fanlari
uchun birday qo‘llab kutilgan natijani olib bo‘lmaydi. O‘quvchilar
bilimini baholashning ularni yangi-yangi bilimlarni o‘zlashtirishga
undaydigan shakllarini topish talab etilmoqda.
Bilimlarni baholashning asosiy maqsadi – o‘quvilarning ruhi-
yatida bilimga ehtiyoj uyg‘otish, bilimlarni mustaqil ravishda egal-
lashga yo‘naltirishga erishishdir. Bu, o‘z navbatida, ham bilimlarni
nazorat qilish, ham o‘quv materialiga mustaqil ravishda ijodiy yon-
dasha bilish, shaxsiy reytingini aniqlash qobiliyatini – shaxsning
jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilash darajasining ko‘rsatkichi demak
-
dir.
Dunyo miqyosidagi ko‘p davlatlarda o‘quvchilarning bilimla
-
rini nazorat qilishda maxsus xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u
uchta blokni o‘z ichiga qamrab oladi: 5 – 6-sinflar, 7 – 9-sinflar
(asosiy maktab), 10 – 11-sinflar (yuqori maktab). Mazkur xizmat
-
larning bankida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish bo‘yicha 20000
test topshiriqlari jamlangan bo‘lib ularning har biri ma’lum mav-
zularga yo‘naltirilgan
86
.
Bundan tashqari, zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar bili
-
mini nazorat qilishning «Online test» xizmati ham yaratilgan. «On-
line test» xizmatlarida «O‘qituvchining xususiy kabineti», «Kurs
bo‘yicha o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasini nazorat qilish»,
«O‘quvchi bilimidagi bo‘shliqlar diagnozi va xatolar ustida ish
-
lash», «Test natijalari haqida ma’lumot», «Har xil ko‘rsatkichlar
statistikasi», «Ota-onalar nazorati sahifasi» singari ruknlar bo‘lib
har biriga o‘ziga mos ma’lumotlar ishlab chiqilgan va maxsus tizim
-
da internet sahifalariga kiritilgan. Afsuski, bizning ta’lim tizimimiz
hali to‘liq kompyuterlashtirilmagani uchun o‘quvchilarning bili
-
mini nazorat qilishda bunday xolis va tugal usullardan foydalanib
bo‘lmaydi.
O‘rni kelganda yana shuni ham aytish kerakki, o‘qituvchilar
ota-onalarni har bir o‘quv fani bo‘yicha dastur va standartning
talablaridan xabardor qilishlari shart. Ota-onalar bolalari dastur
86
https://ru.wikipedia.org/wiki.
Википедия
.
Свободная
энциклопедия
.
200
201
bo‘yicha nimalarni o‘rganayotgani, dasturning talablariga qay da
-
rajada javob berayotgani-yu, standartning talablarini qanday baja-
rayotganini, ular orasidagi tafovutni doimiy ravishda kuzatib bo-
rishlari lozim. Bu har bir o‘quv fani o‘qituvchisining ota-onalar ol-
didagi vazifasi hisoblanadi. Bunday aloqalar darsning samarador-
ligini ta’minlaydi, o‘qituvchi, ota-ona, ayni zamonda, o‘quvchining
mas’uliyatini oshiradi.
Yana shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda ta’lim
amaliyotidagi o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning reyting usuli
-
ni ota-onalarning ko‘pchiligi «hazm» qila olmayaptilar. Qo‘yilgan
ballarni ular bahoga aylantirib, tushuntirib berishni talab qilishmoq-
da. Aslida, jahon ta’limi tizimida o‘quvchilar bilimini ball asosida
baholash va bu ishni kompyuter zimmasiga yuklash juda oqilona
tashkil qilingan. Bu usul o‘quvchilar qalbini «ikki» yoki «yomon»
baholar bilan jarohatlashning oldini oladi.
Bolaning o‘z imkoniyatidan tashqaridagi vazifani bajarol-
magani uchun unga yomon baholar qo‘yish va bu bilan uning
g‘ururi, sha’nini toptash xuquqi hech kimga berilmagan. Ta’lim
tizimida har kim o‘z imkoniyatiga yarasha xolis baholanishi va bu
baho hech kimni haqoratlamasligi kerak. Shuning uchun ham ja
-
hon ta’limi amaliyotida bolalar bilimini baholashning ballik tizimi
qabul qilingan. Bizning maktablarimizda ham mana shu usul qabul
qilingan ekan, «baho» degan tushuncha unutilishi, «ball» atamasi
boricha qabul qilinishi kerak. Uni bahoga aylantirish pedagogik ji
-
hatdan noto‘g‘ri. Ota-onalar majlislarida bilimlarni baholashning
reyting usuli xususiyatlari, uning qabul qilinishi sabablari haqida
ularga batafsil ma’lumotlar berish bunday anglashilmovchiliklar-
ning oldini oladi. O‘quvchi bilimlarini baholashning bunday
tizimiga ota-onalar ham, o‘quvchilar ham birday moslashib borish
-
lari, ko‘nikishlari davr talabidir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy tarbiyashunoslikda
o‘quvchi va talabalarning bilimlarini baholash ishini kompyuter
-
lashtirish davri keldi. Shunday qilinganda bilimlarni baholashda
odillik, xolislik ustuvor ahamiyat kasb etadi.
201
Do'stlaringiz bilan baham: |