108- dars
Mavzu:Tushovli toy. N. Fozilov
O'quv materiali. Tushovli toy. Nosir Fozilov.
1. Darning maqsadi. 1. O'quvchilarga Nosir Fozilov ijodi, lining asarlari haqida ma'lumot berish. Ularning hikoyani ifodali o'qish, mazmunini qayta hikoyalash, qismlarga bo'lib reja tuzish ko'nikmalarini rivojlantirish.
2. O'quvchilarda tabiatni sevish, tabiatdagi o'simliklar-u, hay-vonlarga nisbatan ijobiy munosabat va mehr hissini uyg'otish. Ular-ga g'amxo'rlik tuyg'usini singdirish.
3. Bog'lanishli nutqini o'stirish. Tushov, ufq, uyur, chilvir, o'mrov so'zlari bilan lug'atini boyitish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning jihozi. Darslik, testlar to'plami, N. Fozilov asarlari to'plami.
Darsning metodi. Suhbat, qadamba-qadam usuli.
Darsning borishi.
Ushbu dars Rahim Bekniyozning "Mo'jiza" asariga yozilgan dars rejasi bo'yicha o'tilishi mumkin.
O'tilgan mavzularni mustahkamlash bo'yicha test yechish.
1) G'. G'ulom asarlari berilgan qatorni belgilang.
A. "Ola buzoq", "Kuz" B. "O'ylashni o'rganamiz", "Shum bola"
C. "Buni toping, qizlarim", "Toshkentnoma"
2) Quyonning ayyorligi tasvirlangan hikoya nomini toping.
A. "Xatarli uchrashuv" B. "Ola buzoq" C. "Mo'jiza"
3) "Xatarli uchrashuv" asarining qahramonini bo'rilardan nima qutqarib qoldi?
A. Iroda va aql B. Tayoq C. Itlar
4) "Tozi" hikoyasining muallifi kim?
A. G'afur G'ulomB. Bahodir AminovC. Pirimqul Qodirov
5) "Ola buzoq" she'rida qo'llangan badiiy til vositasini' aniqlang.
A. O'xshatishB. JonlantirishC. Mubolag'a
II. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. Asarni o'qishga o'quvchilarni tayyorlash. Uy hayvonlari haq-jtjb ida suhbat.
— Uy hayvonlarining ona va bolasi nomini birga ayting. (Qo'y-qo'zichoq, echki-uloq, sigir-buzoq, ot-toy, eshak-xo'tik,) Qaysi hayvonlardan mehnat qilishda foydalaniladi? Ulardan qaysi ishlarda foydalaniladi? Qaysi yozuvchi hayvonlar haqida ko'p asar yozgan? (N.Fozilov, Tog'ay Murod,) Nosir Fozilov haqida nimalar bilasiz? Uning qanday asarlarini o'qigansiz?
2. Hikoya matni bilan tanishtirish.
3. Ichda o'qish. Topshiriq. Ichingizda o'qing.
4. Izohli so'zlar lug'atini tuzing. Namuna: tushov — otning oldingi oyoqlarining bog'laydigan arqon;
ufq — osmon bilan yerning tutashgandek bo'libko'rinadigan chizig'i;
uyur — otlar podasi, biyalar to'dasi;
chilvir — pishiq to'qilgan arqon;
o'mrov — ko'krak, otning ko'krak qismi.
5. Hikoyani qismlarga bo'lib o'qitish.
Hikoya yuzasidan o'quvchilar tuzgan savollari ustida ishlash: Asardagi voqealar qaysi faslda ro'y bergan? Saman toy nima bilan tushovlangan edi? Qorong'ida saman toyning ko'ziga nimalar ko'rindi? Tushovli toy sakrab qocha oldimi? Saman bo'rilarni ko'rgach nima qildi? Toyga eshitilgan ovoz kimniki edi? Saman toyni ko'rgan yirtqichlar nima qilishdi? Samanga kim yordamga keldi? Bo'rilar nima uchun qochib qolishdi? Qudrat aka saman-ni ko'rib nimalarni o'yladi? Nima uchun saman shalpayib qoldi? Nima sababdan Qo'chqor yig'ladi?
6. "Uy hayvonlariga nom qo'y" o'yini.
O'qituvchi alohida itlarga, mushuklarga, sigir, echkiga qo'yiladigan laqablarni yozish shartini beradi. Eng ko'p laqab top-gan o'quvchi rag'batlantiriladi.
7. Topshiriqlar asosida hikoyani o'qitish. Hikoyadan ob-havo tasvirlangan o'rinni topib o'qing. Saman toyning qo'rquvi ifodalangan o'rinni topib o'qing. Saman toyga bo'rining hamlasi ifoda qil-ingan o'rinni topib o'qing. Saman toyning tushovlanish sababi ifodalangan o'rinni o'qing. Qo'chqorning ertalabki holati tasvirlangan o'rinni o'qing va hokazo.
8. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Darsni yakunlashda hikoyaga yangi nom topish musobaqasini uvushtirish mumkin. O'quvchilar quyidagicha sarlavlialar topadi-lar: "Qo'chqorning xatosi", "Ko'kqashqaning mardligi", "Bo'rilar hujumi".
Do'stlaringiz bilan baham: |