O'quv materiali. "Ola buzoq" she'ri. G'afur G'ulom.
Darsning maqsadi.
1. O'quvchilarning she'rni ifodali o'qish, she'r tuzilishi, mazmuni jihatidan tahlil qilish ko'nikmasini takomillashtirish. O'xshatish san'ati haqida ma'lmotlarini kengaytirish.
2. O'quvchilarning uy hayvonlarini boqish, parvarish qilishga qiziqishlarini oshirish.
3. O'yinlar orqali o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga o'rgatish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning jihozi. Darslik, mavzuga oid rasmlar, krossvord.
Darsning metodi. suhbat, induktiv metod.
Darsning borishi.
I. Da'vat bosqichi. Krossvord yechish. Eniga.
1. Bolalarning sevimli shoiri.
4. Bosh qahramoni Qoravoy bo'lgan asar. Bo 'yiga.
2. G'. G'ulomning she'riy topishmoq janrida yozilgan asari.
3. Muxtor, Munisa qatnashgan she'r. Kalit so'z.
Javoblar: 1. G'afur G'ulom. 2. Buni toping qizlarim. 3. O'ylashni o'rganamiz. 4. Shum bola.
Krossvord o'qituvchining yo'naltiruvchi savollari yordamida yechiladi. O'quvchilarga javoblar to'g'ri topilsagina kalit so'z chiqi-shi, kalit so'z bugungi darsda o'rganiladigan mavzu ekani aytiladi. Kalit so'z - "Ola buzoq".
O'qituvchi: G'afur G'ulom bolalarga atab juda ko'p she'rlar yozgan. Krossvord yechish jarayonida uning biz o'rgangan she'rlarinieSga oldik. Kim shu she'rlarni yoddan aytib beradi? (O'quvchilar o'z xohishiga ko'ra G'afur G'ulom she'rlarini yoddan aytib beradilar)
O'qituvchi: Krossvordning kalit so'ziga bejiz "Ola buzoq" birik-inasi yashirib qo'yilmagan edi. Demak, bugun darsda shu nomdagi she'rni o'qib o'rganamiz.
II. Da'vat bosqichi. Maqsad. "Ola buzoq" she'rini ifodali o'qish, mazmunini anglash. O'xshatish san'ati haqidagi amaliy bilimlarini boyitish. She'r tuzilishi, qofiyalanishi yuzasidan elementar tahlilga o'rgatish.
1. O'qituvchi "Ola buzoq" she'rini ifodali o'qib beradi.
2. Ichda o'qish. Topshiriq. Ifodali o'qishga tayyorlaning.
3. She'rni ifodali o'qish musobaqasini o'takazish.
O'qituvchi oldindan qizil, sariq rangdagi doirachalar tayyorlaboladi. A'loga o'qigan o'quvchilga qizil, o'rtacha o'qiganga sariq doiralar tarqatadi. Yangi mavzuni o'zlashtirish jarayonida qizil doi-ralardan 5 ta yig'gan o'quvchi 5 ball bilan rag'batlantiriladi. Har bir qizil doira 1 ball, sariq doira 0,5 ballga teng bo'ladi.
Musobaqada 20 tagacha o'quvchi qatnashsa ham bo'ladi.
4. Mustaqil ish.
O'qituvchi quyidagilarni doskaga yozib qo'yadi. O'quvchilarga nuqtalar o'rnini to'ldirish topshiriladi.
"Ola buzoq" she'ri... misradan iborat. Misralar... bo'g'indan tash-kil topgan. She'rda ... tinish belgilari qo'llangan. Qofiyadosh so'zlar...
Mustaqil ishni to'g'ri va tez bajargan o'quvchilar rag'batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |