Rasmda ko'rsatilgan voqeaga munosabatingizni bildiring. Shu asosda hikoya tuzing.
Uyga vazifa: “Nima yaxshiyu, nima yomon” mavzusida matn yaratish.
Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
105-dars
Mavzu: Mo’’jiza. R.Bekniyoz.
O'quv materiali. Mo'jiza. Rahim Bekniyoz.
Darsning maqsadi: 1. O'quvchilarning hikoyani ifodali o'qish, mazmunini so'zlab berish, asarni qismlarga bo'lib reja tuzish ko'nikmalarini takomillashtirish. Hikoya janri haqida nazariy ma'lumot berish. O'quvchilar lug'atini kamina, hamla, gurung, suyg'un, to'qlitoy, o'nsari, qirqari so'zlari bilan boyitish.
2. O'quvchilarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali tabi-atga mehr uyg'otish.
3. O'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Dars jihozi: mavzuga doir rasm, darslik.
Dars metodi: suhbat, "zigzag" yoki "qadamba-qadam" metodlari.
Darsning borishi:
I. Yangi mavzuni o'rganishga o'quvchilarni tayyorlash. "Zan-jir" o'yini. O'qituvchi doskaga hayvon nomini yozadi. O'quvchilar tugagan tovush bilan boshlanadigan hayvon nomlarini topib, uning ketidan yozib boradilar.
O'qituvchi: Bugun o'ynagan o'yinimiz orqali tabatda juda ko'p, xilma-xil jonivorlar bor ekanligini bilib oldik. Hayvonlarni boqishni yaxshi ko'rmaydigan bola bo'lmasa kerak. Chunki hayvonlar hayotini kuzatish insonga zavq bag'ishlaydi. Tabiat qo'ynida hayvonlar bilan bog'liq qiziq voqeaga duch kelgan yozuvchilar ular haqida hikoyalar yozishgan. Hozir shunday yozuvchilardan biri Rahim Bekniyozning"Mo'jiza" hikoyasi bilan tanishamiz.
III. "Qadamba-qadam" usuli. 1-qadam. O'quvchilar 4 guruhga bo'linadi. Guruh ishtirokchilariga ketma-ket raqam beriladi. 4 ta ishtirokchi bo'lsa, 1 dan 4 gacha raqam beriladi. O'quvcilar bilan kelishilgan holda, asar matni 4 qismga ajratiladi.
2-qadam. Guruh ishtirokchlariga matn qismi bo'lib berilib, parchani o'qib, mazmunini o'zlashtirish topshiriladi.
3-qadam. Ekspert guruhini tashkil qilish.
Bir xil raqamdagi o'quvchilar 1 guruhga yig'iladi. Har kim o'zi o'qigan parcha mazmuni bilan boshqalarni tanishtiradi. Hikoya mazmuni to'liq holda o'zlashtiriladi.
4-qadam. Taqdimotga tayyorlanish. Taqdimot shartlari: Savollar tuzish; Biror parchani ifodali o'qish; Tushunarsiz so'zlar lug'atini tuzish; Matnda keltirilgan ibora, maqollarni topib, yozish, ma'nosini izohlash; Matnga doir rasm chizish; 4 qism asosida reja tuzish.
5-qadam. Taqdimotga chiqish.
O'quvchilar guruhlarda taxminan quyidagi ishlarni bajaradilar:
1. Savollar tuzish. Hikoya qahramoni qachon ovga chiqdi? "Ovxona" qayerda edi? Quyon qayerni yotoqxona qilgan edi? Bi-rinchi o'q nimaga tegdi? O'q ovozini eshitgan quyon nima qildi? O'q quyonga- tegdimi? Ovchi kimga duch keldi? Choi ovchiga nimalarni hikoya qilib berdi? Shu payt quyon nima qildi? Nima sababdan quyon tirilib qolgan ekan?
2.Ifodali o'qish mashqi.
3. Ma'nosi qiyin so'zlar lug'atini tuzish.
kamina — men
hamla qildi — bostirib bordi
gurung— suhbat
suyg'un — bug'i
to'g'litoy — tuvaloq
o'nsari — 10 kg
qirqari — 5 kg
4. Matnda keltirilgan iboralarni topib yozish, ma'nosini izohlash. Iboralar: dog'da qoldirib ketdi — aldab ketdi; rosa jir boylagan — semirgan; ilon chaqqan ola chivirdan ham qo'rqadi — ehtiyotkor bo'lib qoladi.
5. Matn mazmuniga doir chizilgan rasmlar tanlovi.
6. 4-qism asosida reja tuzish.
Reja:
1. Qamishzordagi "ovxona"
2. O'q quyonga tegmadi.
3. Chol bilan bo'lgan gurung.
4. Quyon qochdi.
Guruhlarning taqdimotini o'qituvchi quyidagi jadval asosida ba-holaydi.
IV. Uyga vazifa. "Mo'jiza" hikoyasini ifodali o'qish, mazmunini so'zlab berishga tayyorlanish. Hikoyaga yangi nom o'ylab topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |