3. Uyga vazifa. Darslikda berilgan 1, 2, 3-topshiriqlarni og'zaki, 4-topshiriqni yozma bajarish. Hikoyani ifodali o'qish. Qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.
4. O'quvchilarni rag'batlantirish.
116- dars
Bo’lim yuzasidan umumiy takrorlovchi dars.
Darsning ta’limiy maqsadi:
O’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, ekologik dunyoqarashni, madaniyatini, tafakkur doirasini kengaytirish.
Dars jihozi:
O’simliklar tasvirlangan suratlar, tabiatni muhofaza qilishga bag’ishlangan eksponatlar, davlat muhofazasidagi qo’riqxonalar haqida ma’lumot beruvchi texnik vositalar, testlar.
Darsning borishi:
O’qutuvchi o’tgan mavzularni slaydlar yordamida ko’rsatib, o’quvchilarga eslatadi. Interfaol usul yordamida ko’rsatib, o’quvchilar bilimlari mustahkamlanadi, tekshiriladi.
O’quvchilar guruhlarga bo’linadilar. Ular stoldagi rasmli kartochkalardan xohlaganini tanlab oladilar va o’zlarini qaysi guruhga mansub ekanliklarini rasmlar orqali bilib oladilar. So’ng belgilangan joyda doira shaklida o’tiradilar.
O’qituvchi tabiatni asrash mavzusida hikoya qiladi.
- Tabiat Olloh tomonidan yaratilgan bir mo’jizadir. Yashab turdan zaminimiz , tuprog’imiz, ichib turgan suvimiz, nafas olib turgan havomiz ha nana shu mo’jizaning asosiy ko’rinishlaridan.
Shunday ekan, biz ana shu tuproq, shu tabiatni e’zozlashimiz, unga mehr – muhabbat ko’rsatishimiz kerak. Tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish, uni asrash har birimizning insoniy burchimizdir. Biz ana shu burchimizni unutmasligimiz kerak.
Yer usti va yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar millatimiz boyligi hisoblanadi.
Ularning davlatimiz tomonidan himoya qilinishi haqida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55 – moddasida aytib, belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston diyorimiz, ko’rib turibsizki – gullar diyori. Tabiatning go’zalligi gullar bilan. Gulga qarab ba’zan hayron qolasan kishi. Undagi go’zallik, nafislik, ranglar jilosi insonlarni doimo lol qoldirib kelgan.
Bahor darakchilari – binafsha, boychechak, chuchmomalar tabiatni o’z chiroylari bilan bezaydi. Ular insonga zavqu shavq bag’ishlaydi.
So’ng o’qituvchi guruhlarga topshiriqlar beradi.
1- topshiriq: Guruhlar gullar haqida bilgan she’rlarni yod aytadilar.
Topshiriq bo’yicha o’quvchilar javoblari tekshiriladi va rag’batlantiriladi.
2- topshiriq: 1-2-3- guruhlarga o’simliklar hayoti haqidagi savollar beriladi. 4-5-6 – guruhlarga hayvonlar haqidagi savollar beriladi.
Ikkala guruhga savollar kartochkalarda tarqoq holda beriladi.
3- topshiriq: gullar uchun, ya’ni gullar olamiga foydali maslahatlar berish. O’quvchilar topshiriqqa asosan o’zlari bilgan maslahatlarni boshqa guruhlarga gapirib beradilar.
Namunalar:
“ Bir guldonga xilma – xil gullarni solib qo’yish mumkin emas”. “ Qalampirgul va marvaridgul boshqa gullarning so’lishini tezlashtiradi”. “ Atirgul, chinnigul va nilufarni alohida qo’ysangiz, uzoq vaqtgacha tetikligini saqlaydi”.
“ So’ligan lolalarni tiriltirish mumkin. Buning uchun ularni yonib turgan elektr chirig’I tagiga bir muddat qo’yib olish kifoya”.
“ Xona gullarini me’yoridan ortiqcha sug’orish qurg’oqchilikdan ko’ra xavflidir. Ularga ehtiyojdan tashqari suv quymang”.
4- topshiriq: hamma guruhga krossvordni kim tezda yecha olish vazifasi topshiriladi. O’simlikning nomi kelib chiqadi
1. Salqinga ma’nodosh so’z
2. Hasharot
3. Mehnatsevar hasharot.
4. Mehnat quroli
5.Transport
6. Qush
7. Ta’na a’zosi
8. Uy hayvoni
VI. Topshiriq.
QUSH TILI
1. "Qush tili" she'rida nomlari keltirilgan qushlar qaysllar?
A)Bo'zto'rg'ay, turumtoy, qaldirg'och B) Qarchig'ay, kaklik, to'ti
D) A va B
2. "Qush till" she'rining muallifi kim?
A) Oybek B) Mirtemir D) Zafar Diyor
MO'JIZA
1. "Mo'jiza", "Xatarli uchrashuv" hlkoyalari "O'qish kitobi"ning qaysi bo'limida keltirilgan?
A) "Hayvonot olamida" B) "Zumrad bahor"
D) "Nima yaxshi-yu, nima yomon?"
2. "Mo'jiza" hikoyasida ishlatilgan "suyq'un" qaysi hayvonning nomi?
A) Tulki B) Bug'i D) Kiyik
XATARLI UCHRASHUV
1. Urush vaqtida Turkiston tizma tog'ining etagida bo'lib o'tgan voqea tasvirlangan hikoyani toping.
A) "Xatarli uchrashuv" B) "Yaxshi bo'ldi" D) "Tushovli toy" -
2. "Xatarli uchrashuv" hikoyasida bolaning yoshi nechada edi?
A) 10 yosh B) 15 yosh D) 17 yosh
TOZI
1."Tozi" hikoyasining muallifi kim?
A) Nosir Fozilov B) Bahodir Aminov D) Pirimqul Qodirov
2. "Tozi" hikoyasida it nega xafa bo'ldi?
A) Bolaning akasi "Tur ket" degani uchun.
B) Bola urgani uchun D) To'g'ri javob yo'q
OLA BUZOQ
1. "Katta bo'lsin ola buzoq'im,
Ovunchog'im, erkam, marog'im!" - deb yozgan shoir kim?
A) Anvar Obidjon B) G'.G'ulom D) Nazar Shukur
2. "Ola buzoq" she'rida buzoqning ko'zi va yuzi nimaga o'xshatilgan?
A) Ko'zi olxo'riga, yuzi bosvoldiga B) Ko'zi safsargulga, yuzi marjonga
D) Ko'zi lola yaprog'iga, yuzi saqichga
TUSHOVLI TOY
1. "Tushovli toy" (Nosir Fozilov) hikoyasida keltirilgan maqolni toping.
A) "Oldin o'yla, keyin so'yla" B) "Ot o'rnini toy bosar"
D) "Bolaga ish buyur, ketidan o'zing yugur".
2. "Tushovli toy" hikoyasi qahramonlarini toping.
A) Ko'kyol, Iso bobo, Saman
B) Qudrat aka, Saman, Qo'chqor D) Nodira, Nigora, Odiljon
JO'JA
1. "Chigirtkani qiradigan", "goh pashsha yeb ko'radigan" parranda nima?
A) Xo'roz B) Tovuq D) Jo'ja
2. "Jo'ja" she'rini kim yozgan?
A) Pirimqul Qodirov B) Anvar Obidjon D) Umida Abduazimova
AYIQNI YENGGAN CHO'PON
1. "Ayiqni yenggan cho'pon" kim?
A) Sanjar aka B) Suyun ota D) Akrom
2. - E, bu voqeaga ko'p yil bo'ldi. Bu gapni kim aytgan ?
A) Akrom 3) Sanjar aka D) Suyun ota
Do'stlaringiz bilan baham: |