V.Uyga vazifa: matnni o’qib qayta hikoya qilish. VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
114-115- dars Mavzu: Ko’kyol. N. Fozilov O'quv materiali: "Ko'kyol". Nosir Fozilov.
Darsning maqsadi: 1. O'quvchilarni "Ko'kyol" hikoyasi bilan, ovchilikning tartib qoidalari bilan tanishtirish. Izohli o'qishko'nikmasini rivojlantirish.
2. O'quvchilarni tabiat hodisalaridan zavqlanishga o'rgatish, uni sevish va asrash tuyg'usini oshirish.
3. O'yin orqali ijodiy fikrlash, o'z bilimlarini amalda qo'llash ko'nikmasini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, test metodlari.
Darsning jihozi: darslik, mavzuga oid rasm, test topshiriqlari.
Darsning borishi.
I. Da'vat bosqichi. Maqsad. O'quvcilarningo'tilgan mavzu bo'yicha bilimlarini aniqlash va mustahkamlash. Test ishlash ko'nikmasini rivojlantirish. O'yin orqali yangi mavzuni o'rganishga qiziqtirish.
1. Test yechish.
2. "Topag'on" o'yini. O'qituvchi bir qancha yovvoyi va uy hay-vonlari nomlarining ro'yhatini tuzib oladi. Doskani 2 ga bo'ladi. Yarmiga "Uy hayvonlari", qolgan yarmiga "Yovvoyi hayvonlar" deb yozadi. O'yinning sharti: ishtirokchi noini aytilgan hayvon-ning rasmini topib doskaning kerakli tomoniga yopishtirib qo'yadi. O'qituvchi partalar bo'yicha o'quvchilarni doskaga chaqiradi. O'yin tugagach eng faol, topag'on o'quvchi rag'batlantiriladi.
3. O'yin yuzasidan savol-javob. Qanday hayvonlarni yovvoyi hayvonlar deymiz? Nima uchun? Uy hayvonlari nimasi bilan yovvoyi hayvonlardan farq qiladi? Uy hayvonlarining foydasi haqida ni-malar bilasiz? Qaysi uy hayvonlari haqidagi hikoyalarni o'qidingiz? Yovvoyi hayvonlar haqida qanday hikoyalar o'qigansiz? Nima uchun ba'zi yovvoyi hayvonlarni yirtqichlar deb ataymiz? Qanday yirtqich hayvonlar nomini bilasiz?
O'qituvchi: Bugun siz sanagan yinqich hayvonlardan biri — bo'ri haqidagi , hikoyani o"qib o'iganamiz. Vahshiy bo'ri haqidagi "Ko'kyol" hikoyasibolalar yozuvchisi Nosir Fozilov yozgan. Biz oldingi darslarda yozuvchining qaysi asarlarini ("Tushovli toy" hikoyasini) o'qib o'rgangan edik.
Nosir Fozilov hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz?
II. Anglash bosqichi. Maqsad. "Ko'kyor hikoyasini ifodali o'qish. Mazmunini to'liq anglash. Matndagi ibora, ma'nosi qiyin so'zlarni izohlash malakasini oshirish. Matnni qismlarga bo'lish, reja tuzish.
1. Ifodali o'qish mashqi. Dastlab o'qituvchi matnning 1-qismini to'liq, ifodali o'qib beradi. Qolgan qismini yaxshi o'qiydigan 2 o'quvchiga o'qitiladi.
O'quvchilarga ko'chirma gaplarni ohangiga e'tibor qilib o'qish uqtiriladi.
2. Ichda o'qish. Topshiriq. Ichingizda o'qing. Ma'nosi tushu-narsiz so'zlarning izohli lug'atini tuzing.
3. Iboralar va ma'nosi qiyin so'zlarning lug'atini tuzish va
— izohlash. Matnda berilgan iboralar va tushunarsiz so'zlar quy-idagicha izohlanadi:
yassi — tekis; o'tov — cho'ponlarning ko'chma uyi; chaqirim -masofa o'Ichovi; makkor— ayyor; cho'qmor— gurzi, to'qmoq shak-lidagi urush quroli; jingil - qirlarda, cho'llarda o'sadigan o'simlik.
4. Matnni qismlarga bo'Iib o'qish va reja tuzish. Asarning 1-bo'limi yuzasidan reja taxminan quyidagicha tuziladi:
1. Amakim bilan ovga chiqdik.
2. Iso boboning g'azabi.
3. Ko'kyolning ayyorligi.
4. Amakimning tuzgan rejasi.
5. Reja asosida qayta hikoyalash.
III. Fikrlash bosqichi. Maqsad: o'vin orqali o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatish. Krossvord tuzish mahoratini oshirish.
1. "U kirn? Bu nima?" o'yini. "Ko'kyol" hikoyasi matnida keltirilgan narsalar ta'rifi bo'yicha nomini topish. Bunda o'qituvchi hikoyada yozilgan narsalardan birortasini ta'riflaydi. O'quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.
"Cho'ponlarning vaqtincha yashaydigan uyi. Bu uyni tikishadi"
— javobi: o'tov.
"Bu narsa bilan ov qilishadi. Uni Mansur va uning amakisi yelkasiga osib ovga chiqadilar" — (miltiq).
"U samanga tashlangan yirtqich. Uni Iso bobo makkor deb ta'riflagan" — (Ko'kyol nomli bo'ri).
"Uni Ko'kyolning iziga solishdi. Uning ismi Oqshunqor" — tozi it.
2. O'quvchilar topgan javoblari asosida krossvord tuzadilar. Taxminan quyidagicha krossvord tuziladi:
Bo'yiga.
1. Samanni o'ldirgan bo'ri nomi.
3. Ov quroli.
Eniga.
2. Cho'ponlar ko'chma uyi.
4. "Ko'kyol" hikoyasining bosh qahramoni.