Bolalik
Qiqirlashib qirlarda
Qizlar o’ynab yurardi.
Ro’mollarin yo’qotib,
Mendan so’rab turardi.
Men bilsam ham barini-
Ro’moli o’z qo’ynida,
Indamasdan,bu xam bo’y
Qizlarning bir o’yini-da…
Bog’da
Tillaqo’ng’izni suv oqizib ketdi,
Biz o’y surdik qo’lni iyakga tirab.
O’lguncha birgamiz … qasamlar ichdik,
Ketaverdi qo’ng’iz sho’rlik mo’ltirab.
Kim ariq bo’yiga aturgul ekdi,
Suvga gulbargini to’ki ketdi kim?
Tillaqo’ng’izni suv oqizib ketdi,
Juda rahmdilman, sevgilim.
Seni qanday suyib, erkalay endi,
Qaysi gulshanlarga etaklay endi?
Endi, seni sevaman,desang har safar,
Ko’ksimda haligi qo’ng’iz o’rmalar
.
Do'stlaringiz bilan baham: |