PIRIMQUL QODIROV (1928-2010) Pirimqul Qodirov 1928-yilning 25-oktabrida hozirgi Xo‘jand viloyati hududidagi Kengko‘l qishlog‘ida - Pirimqul Qodirov 1928-yilning 25-oktabrida hozirgi Xo‘jand viloyati hududidagi Kengko‘l qishlog‘ida
cho‘pon oilasida dunyoga kelgan. Kolxozlashtirish (1930-1933-y.) davrida ko‘pchilik qatori uning otasi - o‘ziga to‘q Qodir cho‘pon ham quloq qilinadi. Bu voqea ko‘p bolali oilaning kundalik tirikchiligigagina emas, farzandlarning keyingi taqdiriga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. - Kolxozlashtirish (1930-1933-y.) davrida ko‘pchilik qatori uning otasi - o‘ziga to‘q Qodir cho‘pon ham quloq qilinadi. Bu voqea ko‘p bolali oilaning kundalik tirikchiligigagina emas, farzandlarning keyingi taqdiriga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.
O’rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1951). - O’rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1951).
- 1954-yilda ustozi Abdulla Qahhor asarlarining til va uslubiy jihatlari tadqiq etilgan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi.
Ilk kitob - Talabalik paytidayoq Pirimqul Qodirov o‘zining dastlabki kitobi -«Studentlar»ni e’lon qildi (1951-yil).
ASARLARI - «Qadrim» (1961), «Erk» (1968), «Meros» (1974), «Akramning sarguzashtlari» (1974), «Yayra institutga kirmoqchi» (1979), shuningdek, ma’naviy-axloqiy masalalarga bag’ishlangan «Najot» («Baxillar va botirlar», 1980) qissalari nashr etilgan.
- «Uch ildiz» (1958), «Qora ko’zlar» (1966), «Olmos kamar» (1976), «Yulduzli tunlar» (1979, ushbu asarning davomi «Avlodlar dovoni», 1989), «Ona lochin nidosi» (2000) kabi romanlar muallifi.
O’zbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy masalalariga oid risolalar («Til va dil», 1972 va boshqa) hamda 2 jildli «Adabiyot nazariyasi» uchun «Adabiy asarning tili» va «Adabiy jarayon» boblarini yozgan. - O’zbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy masalalariga oid risolalar («Til va dil», 1972 va boshqa) hamda 2 jildli «Adabiyot nazariyasi» uchun «Adabiy asarning tili» va «Adabiy jarayon» boblarini yozgan.
- «Qadrim» qissasi asosida «Sening izlaring» badiiy filmi, «Yulduzli tunlar» romani va «Jon shirin» hikoyasi asosida ko’p seriyali videofilmlar suratga olingan.
ADIB - TARJIMON ADIB TARJIMON SIFATIDA: - L. Tolstoyning «Kazaklar»;
- K. Fedinning «Dastlabki quvonchlar»;
- P. Tolisaning «Iz»;
- X. Deryayevning «Taqdir» asarlarini o`zbek tiliga tarjima qildi.
E’TIROF PIRIMQUL QODIROV: - O`zbekiston xalq yozuvchisi (1988);
- O`zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1978);
- Hamza nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981);
- «El-yurt hurmati» (1998);
- «Buyuk xizmatlari uchun» (2006) ordenlari bilan mukofotlangan.
Pirimqul Qodirov 2010-yil 21-dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi. - Pirimqul Qodirov 2010-yil 21-dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi.
“AVLODLAR DOVONI” ASAR HAQIDA - 1983—1993-yillar oralig`ida yozilgan.
- Ikkinchi nomi – “Humoyun va Akbar”.
- “Asar 2 qismdan iborat:
1-qism – “Humoyun”, 2-qism – “Akbar”. - Asarda Humoyun va Akbarning shonli hayoti gavdalantiriladi.
- “Nizomning tantiligi” hikoyasi shartli nomlangan – Romanning 1-qismidagi “Ganga. Ko`rgulik” bobidan olingan.
Asosiy voqealar - «Avlodlar dovoni» romanining asosiy voqealari buyuk sarkarda Mirzo Bobur vafotidan so‘ng, u yangidan tashkil etgan Hind mamlakatida yuz beradi. Ko‘p hukmdorlar bilan bo‘lgani singari Boburdan keyin ham turli shajaralar vakillari bo‘lmish shahzodalar o‘rtasida toj-taxt dardidagi kurash alanga oldi. Bobur Mirzoning suyukli farzandi, valiahdi Humoyun Mirzo taqdirida ham bu kurashlar o‘zining qonli izini qoldirdi. Jumladan, aqlli va makkor Sherxon bilan bo‘lib o‘tgan olishuvlar boburiylar sulolasi taqdiriga jiddiy xavf solar edi.
Romanga kiritilgan to‘qima obrazlardan biri Nizom Hamida ismli go‘zal qizni sevadi. Qiz ham o‘z navbatida bu qayiqchi yigitga ko‘ngil beradi. Shunisi qiziqki, Humoyun Mirzo ham Hamidabonu qo‘zalligiga maftun bo‘lib yurardi. Albattaki, bu ishqiy musobaqada «imtiyoz» ko‘proq shahzoda tomonida edi. Taqdir taqozosini qarangki, Nizomning raqibi Humoyunning hayotini asrab qolish aynan uning o‘ziga bog‘liq bo‘lib qoladi... - Romanga kiritilgan to‘qima obrazlardan biri Nizom Hamida ismli go‘zal qizni sevadi. Qiz ham o‘z navbatida bu qayiqchi yigitga ko‘ngil beradi. Shunisi qiziqki, Humoyun Mirzo ham Hamidabonu qo‘zalligiga maftun bo‘lib yurardi. Albattaki, bu ishqiy musobaqada «imtiyoz» ko‘proq shahzoda tomonida edi. Taqdir taqozosini qarangki, Nizomning raqibi Humoyunning hayotini asrab qolish aynan uning o‘ziga bog‘liq bo‘lib qoladi...
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |