Uloq, ko‘pkari O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o‘yinlaridan biri. Asosan, g‘alaba va hosil bayramlari, to‘y va sayillar munosabati bilan o‘tkazilgan



Download 9,56 Kb.
Sana29.07.2021
Hajmi9,56 Kb.
#132273
Bog'liq
Uloq, ko‘pkari-WPS Office


Uloq, ko‘pkari - O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o‘yinlaridan biri. Asosan, g‘alaba va hosil bayramlari, to‘y va sayillar munosabati bilan o‘tkazilgan. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari o‘ziga to‘q odamlar, hatto oddiy aholi ham Uloq o‘yinlarini tashkil etgan. Ko‘proq xatna (chipron) to‘ylarida rasm bo‘lgan. Uloq turkiy xalqlar, ayniqsa, uning qo‘ng‘irot, qurama, ming, mang‘it, oyrat, yoyilma, kenegas, qipchoq, barlos kabi urug‘lari orasida ommalashgan. Uloq tomoshalari oldidan maxsus jarchilar qishloq, ovullarga yuborilib, odamlar gavjum joylarda, bozorlarda Uloq kim tomonidan, qayerda, qachon va nima maqsadda o‘tkazilayotganligini hamda qo‘yiladigan sovrinlarni e’lon qilgan. Turli joyda har xil qoida bo‘yicha (chortoq, sudratma, marra, poyga, pakka, minbar va boshqa nomlar bilan atalgan) Uloq o‘yini uyushtirilgan. Uloq ko‘ngilochar tomosha yoki shunchaki o‘yin bo‘lmasdan o‘g‘il bolalar, yigitlarni mard, jasur, epchil, dovyurak qilib tarbiyalash vazifasini bajargan. Uloq o‘yinlari ot naslini yaxshilashga, chidamli, tez harakat qiladigan zotlarini ko‘paytirishga yordam qilgan. Qorabayir, arabi, axaltekin, qurama, laqay, kustanay, qorabog‘ va Orlov ot zotlari Uloqchi otlar hisoblanadi.

Uloq xalq o‘yini, asosan, 2 qismdan - solim (qoqma) va poygadan iborat. Solim (qoqma). Chortoq ustidagi bakovullar (hakamlar) uloq (so‘yilib ichki a’zolari, bosh va oyoqlari kesib olingan echki yoki buzoq)ni to‘daga tashlaydi. To‘dadagi chavandozlar Uloqni olib, tortishib, eng kuchlisi Uloqni marraga yetkazib berishi lozim. Kim Uloqni marraga yolg‘iz o‘zi halol olib kelsa, unga avvaldan belgilangan mukofot taqdim etiladi. Katta to‘ylarda mukofotga pul, mato, kiyim, gilam, qo‘chqor va boshqalar qo‘yiladi.

 

Poyga 2 turdan iborat: otda chavandozning poygasi (qo‘pkari Poyga) va Uloq bilan chopish poygasi. Uloq bilan poygada belgilangan joydagi Uloqni olish uchun hakamlar ruxsat bergandan keyin chavandoz ot choptirib borib Uloqni yerdan ko‘tarib olishi va marraga yetkazishi kerak. Keyingi yillarda Uloq o‘yinlari sport turiga kiritildi va O‘zbekistonda respublika miqyosida rasmiy musobaqalar, xalqaro turnirlar o‘tkazila boshlandi (yana qo‘pkari Ot sporti). 1998 yil Samarkand viloyatining Chelak tumanida, 1999 yil “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlanib Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida respublika musobaqalari tashkil qilindi. 1 xalqaro musobaqa Navoiy viloyatidagi Islomobod jamoa xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi (1999 yil, 27-29 noyabr), unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekiston terma jamoalari bilan birga Navoiy, Samarkand viloyati vakillari alohida jamoa sifatida ishtirok etdi. Uloqning sport turi sifatida xalqaro miqyosida 38 mamlakatda (2004 yil) tan olinishida O‘zbekiston ot sporti va uloq federatsiyasi tomonidan Uloq musobaqalarining umumiy qoidalari ishlab chiqilishi va Xalqaro «kok boru» (Uloq — ko‘pkari) federatsiyasining ta’sis etilishi (2001 yil 7-11 noyabr, Bishkek) ning ahamiyati katta bo‘ldi. O‘zbekistonda alohida Uloq ko‘pkari federatsiyasi tuzildi (2002 yil 29 aprel). Federatsiya tuman, viloyat, respublika musobaqalarini uyushtiradi.



Ko'pkari – ko'pning ishi. Uni tashkil etish, g'oliblarni munosib baholash, tomoshaga kelgan elga osh tarqatish ancha mushkul ish. Sayillar, hosil bayramlari, Navro'z va to'ylarda yuzlab chavandozlar ishtirokida keng dalalarda zavqli o'yinlar uyushtirilgan. Bu bayramlarda ko'pkari bilan birga kurash, chovg'on, arqon tortish va xo'roz urishtirish kabi o'yinlar ham o'tkazilgan.

– Ko'pkari – O'rta Osiyo xalqlari tamaddunida katta ahamiyatga ega mardonavor o'yin, – deydi tarix fani o'qituvchisi Bekzod Himmatov. – Uni tashkil etishda alohida tayyorgarlik, arzigulik sabab bo'lishi kerak. Qadimdan sayillar, hosil va Navro'z bayramlarida umumxalq o'yinlari qatorida ko'pkari o'ynalgan. Buni chavandozlar yaxshi biladi va elga tomosha ko'rsatib, ko'pkari uyushtirsa, mohir chavandozlarni mehnatiga yarasha rag'batlantirsa, go'yoki muqaddas ot pirlari oldidagi qarzlarini ado etgandek bo'ladi.



Ko'pkari oddiy ko'ngilochar o'yin emas, u erni er qiladigan, unda mardlik, jasurlik, epchillik va dovyuraklikni shakllantiradigan jiddiy mashg'ulot. Asosiy masala sovringa qo'yilgan qimmatbaho narsa emas, aksincha, bakovulning adolati, nomdor chavandozning abjirligi, haqiqat g'alaba qozonishi, omad doim mardniki bo'lishidir.
Download 9,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish