IV. Mustahkamlash. 1. Dehqonning oilasi qanday hayot kechirar edi?
2. Nima uchun Davlat dehqonning uyidan ketishni xohlamadi?
3. Ertak mazmunini o'z so'zlaringiz bilan hikoya qiling.
V.Baholash. Faol o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: ertak mazmunini so’zlab berish
Sana:______________________
5-nazorat ishi.
44.Mavzu: “Ilm afzal“ ertagini qayta hikoyalash.
Maqsad: Darsning maqsadlari:
Ta'limiy maqsad: „Ilm afzal“ ertagini qayta hikoya qilish.
Tarbiyaviy maqsad: „Ilm afzal“ hikoyasini o'qish orqali o'quvchilarda ilmga mehr, saxiylik, mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning bog'lanishli nutqini rivojlantirish.
Dars metodi: tushuntirish, suhbat, mustaqil ish
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish; darsning maqsadini aytish; darsga tayyorgarlik ko’rish
2.Yangi «Ilm afzal» matni mazmuni asosida o'qituvchining qisqa kirish so'zi: Ilm — kishining o'qishi, o'rganishi va hayotiy tajriba orqali orttirgan bilimi, ma'lumoti.
Matnda bilim olish, uning ahamiyati haqidagi fikrlar bayon qilingani aytilib, o'quvchilarda hikoyani o'qishga qiziqish uyg'otiladi.
3.Lug'at ustida ishlash:
qunt — bir ishni oxiriga yetkazish uchun sabr-toqat bilan harakat qilish qobiliyati, toqat, hafsala; chorraha — ko'chalarning kesishgan, gavjum, serqatnov joyi; zebi-ziynat — turli xil bezaklar, ziynat buyumlari; madadkor — yordam ko'rsatuvchi, madad beruvchi; faraz - biror bir narsa haqida oldindan chiqarilgan hukm, xulosa, taxmin;
ma'rifat— kishilarning ong, bilimlari, madaniyatini oshirishga
qaratilgan ta'lim-tarbiya; marhamat — yaxshilik; burch — bajarilishi majburiy bo'lgan vazifa.
4. Asarni o’quvchilar navbat bilan gapiradilar
5. O'quvchilarning matn yuzasidan tushunchalarini aniqlash uchun savol va topshiriqlar:
— Matn nima haqida ekan?
— Ilm nima?
— Arablarning ilm haqidagi maqolini o'qing va izohlab bering.
— Muallifning yoshlarga qilgan nasihatini so'zlang.
— Payg'ambarimiz ilmga qanday baho berganlar?
— Payg'ambarimiz insonlarning ilm olishi uchun qanday marhamat (yaxshilik) qilganlar? (Gapirib bering).
— Donolar ilm haqida nima deganlar? (So'zlang. Fikringizni matndan o'qib isbotlang).
6. Hikoyaning har bir xatboshisidan o'qib, sarlavha tanlanadi. O'qituvchi sarlavhalarni sinf yozuv taxtasiga yozib boradi. Natijada sinf yozuv taxtasida quyidagi reja yuzaga keladi:
Reja:
1. Tarixdan nima ma'lum?
2. Arablarda qanday maqol bor?
3. Payg'ambarimiz ilm haqida nima deganlar?
4. Donolar ilmga qanday baho berganlar?
7. Matn o'quvchilarga reja asosida qayta hikoya qildiriladi.
8. O'quvchilarning ilm haqidagi bilimlarini oydinlashtirish va chuqur-lashtirish maqsadida ularga quyidagi topshiriq beriladi:
— Ilm haqidagi fikringizni «Yelpig'ich» usulidan foydalanib bayon qiling.
O'qituvchi: — Maqol bejiz aytilmagan. Ilm olish juda mashaqqatli ish. Ilmni egallash uchun chidamli, sabrli bo'lish kerak, deb «Ilm afzal» mavzusini mustahkamlaydi.
10. Darsning oxirida o'qituvchi: — «Ilm afzal» ertagi sizga yoqdimi? Nima uchun yoqdi? savollariga o'quvchilardan javob oladi, «Bardoshliga yog'liq osh, sabrsizga osh ham tosh» maqoli tahlil qilinadi va dars yakunlanadi.
11. Uyga vazifa: «Ilm afzal» matnini o'qish. Matndagi hadisi sharifdan keltirilgan ilm haqidagi so'zlarni yod olish. «Men bilimli bo’laman» sarlavhasi ostida insho yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |