3-mavzu. Jahon axborot resurslari (bazalari)ning yaratilish tarixi.
Tayanch tushunchalar: Ilmni aniqlash (naukometriya) xalqaro axborot resurslari (bazalari) haqida tushuncha. Thomson Reuters xalqaro ilmni aniqlash koorporatsiyasi. Elsevier xalqaro xalqaro ilmni aniqlash koorporatsiyasi.
Analitik ma’lumot bazalari (yoki analitik axborot tizimi) oddiy ilmiy axborot resurslari ma’lumot bazalaridan farqli o‘laroq manbalarning (jurnal, maqola, kitob va boshqalar) o‘zidan iqtiboslik borasidagi qimmatli analitik axborotni o‘z ichiga oladi, shuningdek, maxsus qidiruv tizimiga ega bo‘lib, impakt faktor, indeks Xirsha kriteriylari bo‘yicha muallif va tashkilotlar reytingini shakllantiradi.
Bunday axborot tizimlari muhim analitik funksiyalarni bajaradi va quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
U yoki bu ilmiy manbalar (jurnallar, kitoblar, hisobotlar va boshqalar) yuqori qiymatga ega, ko‘p murojaat qilinadigan, iqtibosligi yuqori manbalarni ajratib ko‘rsatadi;
Ilmiy nashrlar o‘zlarining ilmiy jurnallari sifatini oshirishga, kuchli mualliflarni jalb qilish orqali, bunday ma’lumot bazalari ro‘yxatiga tushishga intiladilar;
Yosh tadqiqotchilar o‘zining sohasida yetakchi bo‘lgan, ro‘yxatlardagi ilmiy maslahatchilarni (supervayzerlar) topishi ancha mushkul;
Tadqiqotchilar ilmiy ishlar va jahon miqyosidagi ilmiy yangiliklarning rivojlanish tendensiyalarini kuzatish imkonini berib ilmiy izlanishda to‘g‘ri yo‘nalish tanlashga yordam beradi.
IMPА́KT-FА́KTOR ilmiy jurnalning sonli ko‘rsatkichi. 1960-yillardan boshlab, Ilmiy axborot instituti tomonidan (ingl. Institute for Scientific Information, ISI), 1992-yilda Thomson korporatsiyasi tomonidan sotib olingan) har yili hisoblab chiqilib, «Journal Citation Report» jurnalida e’lon qilinadi. Impakt Faktor asosida jurnallar darajasi, ularda chop etilgan maqolalar sifatini baholaydi, tadqiqotchilarga iqtisodiy ko‘mak beradi va xodimlarni ishga oladi.
2016-yilda jurnalning Impakt-faktori quyidagi tarzda hisoblanadi:
I2016 = A/B,
bunda: A — 2016 yil davomida mazkur jurnalda 2014-2015 yillarda chop etilgan maqolalarning iqtiboslik soni (ISI tomonidan kuzatilgan);
B - mazkur jurnalda 2014-2015 yillarda mazkur jurnalda chop etilgan maqolalar soni;
h-и́ndeksi, yoki Xи́rsh и́ndeksi
2005 yilda San-Diegoning Kaliforniya universiteti olimi argentina-amerikalik fizik Xorxe Xirsh tomonidan taqdim etilgan naukometrik ko‘rsatkich
Xirsh indeksi olimning, olimlar guruhining, ilmiy tashkilotlarning yoki butun mamlakatda chop etilgan maqolalarning soni va bu maqolalarga bo‘lgan iqtiboslik ko‘rsatkichlarining sonli xarakteristikasi, ya’ni samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
4-rasm. Xirsh indeksi
Ayni vaqtda ilmiy analitika, naukometriya, ilmiy va ta’limiy muassasalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq biznes bilan faol shug‘ullanadigan kompaniya - bu Clarivate Analytics. Bu kompaniyaning bosh maqsadi – butun dunyodagi mijozlarga ishonchli g‘oya va analitikani taqdim etish orqali innovatsiyalar sur’atini oshirish bu esa yangi g‘oyalarni zudlik bilan aniqlash, himoyalash hamda tijoratlashtirishga imkon yaratadi.
Clarivate Analytics (avval Thomson Reuters egalik qilgan) kolleksiyalarga ega va ularni boshqaradi, vedet biznesni olib boradi, ilmiy va akademik tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan tashkilotlarni obuna qilishga, patent qidiruvlarini amalga oshirishga, normativ standartlar, farmasevtik va biotexnologik tadqiqotlar, tovar belgilarini himoyalash, intellektual mulkni boshqarishga asoslangan. Clarivate Analytics hozirda 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yurutuvchi 4000 dan ortiq xodimlariga ega mustaqil kompaniya bo‘lib, Cortellis, Thomson Innovation Index, Derwent World Patents, CompuMark, MarkMonitor, Techstreet va boshq. singari veb-bilimlarni o‘z ichiga oluvchi mashhur brendlarga egalik qiladi. Bulardan eng mashhur ma’lumot bazalari - bu WEB OF Core Collection.
Elsevier
http://www.elsevierscience.ru/about/worldwide/
Elsevier – ilmiy-texnik, meditsina adabiyotlarining dunyodagi eng yirik noshirlaridan biri bo‘lib, fan va ta’limdagi axborot yechimlarining provayderi hisoblanadi. 1880-yili Amsterdamda (Niderland) tashkil etilgan bo‘lib, Buyuk Britaniya, AQSH, Braziliya va boshqa mamlakatlarda filiallarga ega.
Bugungi kunda «Elsevier» ilmiy-axborot nashriyotchilik industriyasida o‘zining muhim o‘rniga ega. Ilmiy jurnallar, kitoblar, referativ va boshqa bazalardagi materiallarni chop etish borasida boy tajribaga ega bo‘lib, nashriyotda doimo ilmiy va meditsina tadqiqotlarining barcha jabhalarini qo‘llab-quvvatlash borasida doimiy izlanishlar olib boriladi.
Elsevier Books
ScienceDirect
http://www.sciencedirect.com/
Elsevier nashriyotining ScienceDirect platformasida 6000 elektron kitoblar (books), Book series (davomli nashr seriyasi;-Handbooks paketlari (ma’lumotnomalar);-alohida Reference Works (справочно-энциклопедические издания);-e-books (asosan monografiyalar) to‘planadi. 1995-2006, 2007-2007, 2008 va 2009-yillarning e-bookslari, xronologik davrlarning predmet kolleksiyalarini yig‘ish, alohida nashrlarni ham yig‘ishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |