7-AMALIY MASHG‘ULOT
NORMATIV HUJJATLARNING EKSPERTIZASIGA DOIR
MA’LUMOTLARNI O‘RGANISH
Ishning maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994
yil 12 avgustdagi 410-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida
standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi Nizom»da
standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazoratining asosiy vazifalaridan biri
«standartlar va o‘lchash vositalarining ilmiy-texnikaviy darajasini tahlil qilish»
ekanligi belgilangan.
Ishlab chiqiladigan va sotiladigan mahsulotlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar va
jarayonlarga tegishli, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan MHlar va ularning
loyihalari, MHlarga o‘zgartirishlar va ularning loyihalari belgilangan tartibda
ekspertizadan o‘tkazilishi kerak.
Ekspertiza
— fan, texnika, madaniyat
va boshqa sohalarda maxsus
bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan ma’lum bir masalalarni hal etish
maqsadida o‘rganishlar o‘tkazishdir.
MHlar
ekspertizasi
MHni
amaldagi
huquqiy
va
tarmoqlararo
standartlashtirish tizimlarining meyoriy hujjatlariga talablariga mosligini
tekshirishdir.
MHlarning ekspertizasini o‘tkazish zarurligi, tartibi talablar va ekspertiza
o‘tkazadigan vakolatli idoralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
tegishli huquqiy va
meyoriy hujjatlarda belgilangan.
MHlar ishlab chiqilib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar bir necha
marotaba ekspertizadan o‘tkaziladi. Masalan, MHga manfaatdor idoralar tomonidan
loyiha ko‘rinishida, standartlashtirish bo‘yicha TKlar va tayanch tashkilotlar
tomonidan loyiha ko‘rinishida, vakolatli davlat boshqaruv idoralari tomonidan
tasdiqlanib, davlat ro‘yxatiga olinish paytida va shu kabi hollarda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12
avgustdagi
410-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida standartlar va
o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi Nizom»da «standartlar va
o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati idoralari standartlarni tasdiqlash va davlat
ro‘yxatiga olishda ekspertizadan o‘tkazadilar» deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 11 noyabrda
1422-son bilan davlat ro‘yxatidan «Standartlashtirish bo‘yicha MHlar toifalarini
tayyorlash va «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida Nizom»da
standartlashtirish bo‘yicha MHlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilangan.
MHlar (ularga o‘zgartirishlar) tasdiqlangan kundan 30 kungacha bo‘lgan
muddatda vakolatli idoralarga ekspertizadan o‘tkazishga berilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 11 noyabrda
1422-sonli Nizomda ekspertiza o‘tkazishning ko‘rinishlari belgilangan:
- normalash tekshiruvi;
- ilmiy-texnik darajani baholash;
- majburiy talablarga
muvofiqlik;
- ochiq nashrga mumkinligini tekshirish;
- texnikaviy ekspertiza;
- metrologik ekspertiza;
- terminologik ekspertiza;
- nashriy muharrirlik.
Normalash tekshiruvida quyidagilarga e’tibor beriladi:
- havolalarning to‘g‘ri va haqqoniy qilinganligi;
- zarur axborot belgilari (koddar, qisqartmalar, simvollar va h.k.) bo‘yicha
yozuvlarni to‘g‘riligi;
- kerakli imzolarni mavjuddigi;
- hujjatni tuzilishi va rasmiylashtirilishining to‘g‘riligi.
MHning ilmiy-texnik darajani baholash uchun O’z DSt 2.116:1996*ga
muvofiq tuzilgan texnik daraja va sifat xaritasi yordamida mahsulot sifatini
taqqoslab baholanadi. Standartlashtirish bo‘yicha MHlarni ilmiy-texnik darajasini
baholash uslubi rahbariy hujjat O’z RH 51-077- 1998*da berilgan.
MHga kiritilgan majburiy talablar
amaldagi qonunchilik talablari,
O‘zbekistonda qabul qilingan xalqaro kelishuvlar, davlatlararo va davlat standartlari
majburiy talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
Texnik ekspertizada quyidagi xolatlar ko‘rib chiqiladi:
- MHning nomini mazmuniga to‘g‘ri tanlanganligi, standartlashtirish
obyektining MH darajasiga muvofiqligi;
- MHning mazmuni va bayon etilishi to‘g‘riligi;
- MHning ko‘rsatgichlari davlatlararo va davlat standartlari ko‘rsatgichlaridan
past emasligi;
- MHni amaldagi boshqa hujjatlar bilan bir xil bo‘lmasligi.
- Metrologik ekspertizada MHning metrologik
sohaga tegishli amaldagi
qonunchilik va o‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi talablariga mosligi
tekshiriladi.
Terminologik ekspertiza jarayonida O‘zbekistonda amalda bo‘lgan xalqaro va
davlatlararo kelishuvlar, turli darajadagi standartlarda qabul qilingan atama va
ta’riflarga MHda qabul qilingan atamalarning mosligi tahlil qilinadi.
Nashriy muharrirlik umumiy talablar asosida badiiy va texnikaviy muharrirlik
hisoblanadi.
Ekspertlik xulosasiga ko‘ra, MH
keyingi bosqichga chiqarilishi, davlat