IV. Mustahkamlash.
Matnni qismlarga bo’lib o’qittiraman.
O'quvchilar matn g'oyasini bilib olishlari uchun tanlab o'qitiladi. So’ngra savol- javob o’tkazaman.
1. Erkin o'rtog'iga nima deb maqtandi?
2. Pirmat bobo uning qulog'iga nima deb pichirladi?
3. Erkin boboning gapidan qanday xulosa chiqardi?
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash
VI. Uyga vazifa. Matnni o’qish va so’zlash.
Sana:______________________
41-42.Mavzu: Ilm afzal
Maqsad: a) ta’limiy: o’quvchilarga ilm haqida, uning ahamiyati haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy: ilmning hamma narsadan ustunligi, afzalligini tushuntirish.
d) rivojlantiruvchi: bog’lanishli nutqni rivojlantirish.
Darsning jihozi: darslik, tarqatma materiallar.
Darsning uslubi: rollarga bo’lib o’qish.
Darsning borishi:
Chaqiruv bosqichi.
Ilm insonni tubanlikdan yuksaklikka yetaklaydi. Bobokalonlarimiz Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg’ariy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug’bek, Ibn Sino kabi barcha olimu fozillar mukammal ilm egallash orqali o’z davrining nufuzli, hurmatli, e’tiborli kishilari darajasiga erishgan.
Inson hayoti uchun muhim bo’lgan ilm hikmatlarini o’rganishda ota- bobolarimizning faoliyati , ularning yoshlarga ko’rsatgan g’amxo’rliklari beqiyosdir. Shuning uchun ham Abdulla Avloniy “ Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, ne’matidir”. “ Ilm o’rganmoq olim bo’lmoq uchun maktabga kirmoq, muallimdan ta’lim olmoq lozimdir”, - deb yoshlarga murojaat etadi.
Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas bir fazilat hisoblanadi. U kishi zehnini, fikrini qilich kabi o’tkir qiladi. Ilmsiz inson mevasiz daraxtga o’xshaydi. Ilm daraxt mevalari kabi har shaxsga ozuqa berib, madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga olib kiradi. Yomon olamlardan, buzuq ishlardan qaytaradi. Natijada, kishilarni har yerda aziz va hurmatli qiladi.
Masalan, yoshlarni ilm olishga, axloqli bo’lishga da’vat etuvchi hadislarda bunday deyilgan: “ Ilm egallang! Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida - tayanch , yolg’izlik damlarda- yo’ldosh, baxtiyor damlarda- rahbar, qayg’uli damlarda madadkor, odamlar orasida- zebu- ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir. Mo’minlarning afzali xulq- atvori yaxshilaridir. Sadaqaning afzali- mo’min kishi ilm o’rganib, so’ng boshqa mo’min birodarlarga o’rgatishdir”.
Jahon bastu kushodi ilm birla,
Nadur dilning murodi ilm birla.
Kungullarning sururi ilmdandur,
Ko’rar ko’zlarning nuri ilmdandur.
Do'stlaringiz bilan baham: |