IV. Mustahkamlash.Savol- javob o’tkazaman:
1. Tulki nima uchun bir necha kun inidan chiqmay qo'rqib yotdi?
2. Tulki qanday hiyla ishlatib bo'rini qopqonga tushiradi?
3. Tulki bo'rini qanday qilib aldadi? Ular bir-birlariga qanday so'zlar bilan murojaat qildilar?
V. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
VI.Uyga vazifa: «Ayyor tulki» mavzusida bayon yozing.
Sana:___________________________
48.Mavzu: Ochko’z boy.
Maqsad: O’quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish, ularning mehnatsevarlik hamda kasblar haqida tasavvurlarini boyitish, o’qish ko’nikmalarini shakllantirish, insoniy fazilatlarni tarbiyalash.
b) tarbiyaviy: mehnat qilishga, ahil- inoq yashashga, oqibatli bo’lishga undash, mehnat orqali davlatli bo’lish mumkinligini tushuntirish;
d) rivojlantiruvchi: og’zaki nutqini o’stirish, qayta hikoya qilishga o’rgatish.
Dars usuli:Yangi bilim beruvchi:
Jihozlar: mavzuga ishlangan rasmlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism:
a) O’quvchilar bilan salomlashish;
b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash; c) Davomatni aniqlash;
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
1. Matn nima haqida ekan? 2. Tulki qanday hayvon?
3. Tulki nima uchun bir necha kun inidan chiqmay qo'rqib yotdi?
4. Tulki qanday hiyla ishlatib bo'rini qopqonga tushiradi?
3. Tulki bo'rini qanday qilib aldadi? Ular bir-birlariga qanday so'zlar bilan murojaat qildilar?
O’quvchilar o’zlari yozgan bayonlarini o’qiydilar.
III. Yangi mavzu bayoni. O’qituvchi hikoyasi:
OCHKO'Z BOY
Bor ekan, yo'q ekan, och ekan, to'q ekan, bir zamonlar chol bilan kampir o'tgan ekan. Choi o'tinchilik bilan zo'rg'a ro'zg'or tebratar ekan. U kunlardan bir kuni cho'lga o'tin tergani borsa, yovshanning tagida bir o'rdak ucholmay yotganmish. Chol uni avaylab uyiga olib kelibdi va parvarish qila boshlabdi. O'rdak bir oy deganda patlari o'sib, Parvoz qiladigan bo'libdi. Chol quvonib, uni devorning ustiga qo'yibdi. O'rdak uchib ketibdi.
Buni ko'rgan kampir choldan ranjib: «Qani qilgan foydangiz, o'rdak uchib ketdi-ku! Uni so'yib yerdik yoki sotardik», — debdi. Chol: «Savobi tegar», — debdi.
Kunlarning birida o'sha o'rdak uchib kelib, torn ustiga qo'nibdi. Kampir:
— Chol, qarang, o'rdagingiz keldi, — debdi. Choi o'rdakni ko'rib, belbog'ini yozib don sepibdi. Ammo o'rdak tomdan tushmay, tumshug'idagi bir hovuch gavharni tashlabdi-yu, uchib ketibdi. O'zida yo'q xursand bo'lgan chol gavharlarni do'kondorga olib borib, katta pulga sotibdi.
Chol bilan kampir juda boy-badavlat bo'lib yashayversin-lar-u, gapni boshqa yoqdan eshiting.
Cholning bir boy qo'shnisi bor ekan. Yeyishga noni, kiyishga kiyimi bo'lmagan qashshoq o'tinchining boy bo'lib ketganini ko'rgan boy:
— Qanday qilib bunchalik boyidingiz? — deb so'rabdi. Sodda chol bo'lgan voqeani batafsil aytib beribdi va «0'rdakni davolaganim evaziga u menga gavhar tashlab ketdi, boyligim o'shandan», debdi.
Hasad o'tida yongan boy cho'lga ravona bo'libdi. U axtara-axtara bir o'rdakni topibdi-yu, oyog'ini urib mayib qilibdi, patini bittalab yulibdi. So'ng uni uyiga olib kelib parvarishlabdi. Jonivorning bir qancha vaqtdan keyin pati o'sib, uchib ketibdi. Shu ketganicha bir oy ko'rinmabdi. Bir kun uchib kelib boyning tomiga qo'nibdi. Boyning xotini katta ko'rpani supaga yozib, don sepibdi. O'rdak tomda turganicha bir dona tarvuz urug'i tashlabdi. G'azablangan boy qarasa, o'rdak osmon-u falakda parvoz qilib ketayotganmish. Boyning jahli chiqib, tarvuz urug'ini yerga ekibdi. Urug' bir kunda unib chiqib, ikkinchi kuni hosil beribdi. Bir haftada qulochga sig'maydigan tarvuz bo'libdi. U kun sayin emas, soat sayin o'sibdi. Ajablangan boyning toqati tugab, tarvuzning dumini bolta bilan chopib, uyiga dumalatib kelibdi. Ancha gavhar chiqsa kerak, qo'shnimning ko'zi tushmasin, deb eshikni ham qulflabdi. So'ng er-xotin tarvuzni so'yishibdi. Lining ichidan gavhar emas, bir ajdarho chiqib. boy bilan xotinini yutib yuboribdi.
Shunday qilib, ochko'z boyning mol-mulki ham chol-kampirga qolibdi.
IV. Mustahkamalsh.
Matnni o’quvchilarga o’qittiraman. So’ngra savol- javob o’tkazaman.
1. Chol-kampir qanday qilib boyib ketishdi?
2. Ochko'z boyning qilmishini qanday baholaysiz?
3. Ochko'z boy bilan xotini nima uchun jazolandi?
Do'stlaringiz bilan baham: |