O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun


- dars O'quv materiali. Bir xurmacha shavla. Aka-uka Grimmlar



Download 14,36 Mb.
bet156/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

148- dars


O'quv materiali. Bir xurmacha shavla. Aka-uka Grimmlar
Darsning maqsadi: 1. O'quvchilarni aka-uka Grimmlar ijodi, «Bir xurmacha shavla» ertagi bilan tanishtirish. Matnni qismlarga bo'lib, reja tuzish, qayta hikoyalash, savol-topshiriqlar ustida mus-taqil ishlash ko'nikmasini takomillashtirish.
2.O'quvchilarni sahiylik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
3. O'yin orqali o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi , ertak o'qish darsi.
Darsning metodi. Qadamba-qadam, suhbat, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi. Darslik, aka-uka Grimmlar asarlari ko'rgazmasi, asar mazmuniga ishlangan rasm. Darsning borishi.
Ushbu dars «Bolalar gurungi» hikoyasi kabi o'rganiladi.
O'qituvchi hikoyasi. Aka-uka Yakob va Vilglem Grimmlar Germaniyada tug'ilishgan. Grimmlar yozgan ertaklarini ertak aytuvchilardan, oddiy dehqonlardan eshitganlar. Ular «Tilla g'oz», «Yalqov Geyts», «Gansning baxti», «Botir tikuvchi», «Bremen musiqachilari» kabi er-taklar yozishgan. Ertakchilar yozgan «Zolushka», «Qorqiz» ertaklari butun dunyoga mashhur bo'lgan. Biz uning «Bir xurmacha shavla» ertagini o'qib o'rganamiz.
4. «Domino» o'yini. O'yin yangi mavzuni mustahkamlaydigan mavzu yuzasidan xulosa chiqariladigan fikrlash bosqichida o'tkaziladi.
Kartochkalar qalam bilan 2 ga bo'linadi. Birinchi qismiga javob yoziladi, ikkinchi qismiga boshqa savol yoziladi. Savolga kartochkalardan javob topiladi. Ikkinchi qismdagi savolga yana javob izlanadi. Shu tariqa o'yin davom ettiriladi. Masalan:
«Bolalar gurungi» hikoyasi muallifi kim? Gans Xristian Andersen Rassom bo'lgan kambag'al bolaning ismi kim?
Torvaldsen Aka-uka Grimmlar yozgan ertak? «Zolushka» Kampirning qizga bergan sovg'asi va hokazo.
BIR XURMACHA SHAVLA
Aka-uka Grimmlar, nemis yozuvchilari
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir qizcha yashar ekan. Qizcha bir kuni o'rmonga maymunjon olib kelish uchun boribdi. U yerda bir kampirni uchratib qolibdi va unga salom beribdi.
Vaalaykum assalom, — debdi kampir qizchaga.
— Menga maymunjoningdan bersang-chi!
— Marhamat, — debdi qizcha. Kampir maymunjonni yeb bo'lib:
— Sen menga maymunjon berding, men senga biron narsa sovg'a qilaman. Mana senga xurmacha, sen faqat shuni aytishing kerak: Bir, ikki, uch, Xurmachada shavla pish. Shunda u shirin, mazali shavla pishira boshlaydi. Shundan so'ng aytasanki: Bir, ikki, uch, Pishirishdan kech. Shundan so'ng xurmacha shavla pishirishdan to'xtaydi.
— Rahmat, buvi, — debdi qizcha va xurmachani olib, uyiga — onasining oldiga ketibdi.
Onasi bu xurmachani ko'rib juda suyunibdi. Bir kuni qiz uydan qayoqqadir ketibdi. Onasi bo'lsa xurmachani o'z oldiga qo'yib: Bif, ^kki, uch, Xurmachada shavla pish, — debdi. Xurmacha shavla pishira boshlabdi. Ko'p shavla pishiribdi. Onasi to'yib4o'yib yebdi. Ammo u xurmachani shavla pishirishdan to'xtatadigan sehrli so'zni unutib qo'yibdi. Xurmacha esa shavlani hadeb pishiraveribdi. Uy ham shavlaga to'libdi, uyning tomi, hovli, hatto ko'chalar ham shavlaga to'lib ketibdi, u hamon to'xtamay shavla pishiraveribdi. Onasi juda ham qo'rqib ketib, qizchasi huzuriga yugurib ketibdi. Lekin yo'lda issiq shavla daryo bo'lib oqqani uchun o'tish juda qiyin ekan. Yaxshiyam qizchasi uydan uzoqda emas ekan. Qizcha ko'chadagi voqeadan xabardor bo'lib, darrov uyga yuguribdi. Juda qiyinchilik bilan kelib, eshikni ochibdi va: Bir, ikki, uch, Pishirishdan kech, — deb qichqiribdi.
Shunda xurmacha shavla pishirishdan to'xtabdi. Ammo xurmacha shunday shavla pishiribdiki, kimning qishloqdan shaharga borishiga to'g'ri kelgan bo'lsa, unga shaharga yetguncha bu shavla kifoya qilar ekan. Hech kim bundan shikoyat qilmabdi. Chunki shavla juda shirin va mazali ekan.
1.Kampir nima uchun qizchaga xurmacha sovg'a qildi?
2. Qizning onasi nimani unutib qo'ydi va bu qanday oqibatlarga olib keldi?
Uyga vazifa: matnni o’qish va so’zlash.
Darsni yakunlash va o’quvchilar bilimini baholash.



Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish