O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun



Download 14,36 Mb.
bet153/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

144- dars

Mavzu; Bo’lim yuzasidan umumiy takrorlovchi dars


Maqsad: a) Ta’limiy: “Ajdodlarimiz – faxrimiz” bo’limi yuzasidan olgan bilimlarni mustahkamlash.
b) Tarbiyaviy: 1. O'quvchilarga Vatanimiz tarixida o'tgan xalq qahramonlari, ularning jasorati haqida, vatan uchun kurashi haqida bilim berish;
2. O'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
3. O'qish malakasi sifatlarini, tez, to'g'ri anglab o'qish, ifodali o'qish sifatlarini takomillashtirish, lug'atini boyitish, nutqini o'stirish.
Dars jihozi. Mavzuga mos rasmlar.
Darsning borishi.
1. Tashkiliy qism. Darsni tashkillashtirish.
1. O'tilgan mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini aniqlash.
Matnni 3-4 o’quvchiga so’zlataman. Og’zaki savol- javob o’tkazaman. O’quvchilar tuzgan savollarni o’qittiraman. Birgalikda savollarga javob toptiraman.
“Buyuk vatandoshlarimiz” ni klaster usulida ta’riflash.
At Termiziy al Farg’oniy

BUYUK
VATANDOSHLARIMIZ


Amir Temur al Forobiy
Mirzo Ulug’bek Alisher Navoiy Manguberdi

Mavzuni o'quvchilar qanday o'zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida quyidagi savol va topshiriqlarga javoblar oladi:


— Xalq uchun yonib, kuyib yashagan inson kim?
— To'g'ri.
— Bo’limdagi qaysi hikoya sizga ko'proq yoqdi? Nima uchun?
— To'g'ri. Fikringizni isbotlovchi parchani matndan o'qing.
O'quvchilar Ibn Sinoning:
2. So'ng bilim haqida maqollar aytish topshiriladi.
O'quvchilar aytgan maqollardan: «Yoshlikda olingan bilim go'yo toshga bitilgan naqsh kabidir», «Bilagi zo'r birni yiqar, ilmi zo'r mingni yiqar» maqollari tanlab olinadi va tphlil qilinadi.

Maqollarni tahlil qilishda tasviriy ifodalar va ayrim so'zlarning o'z ma'nosida hamda ko'chma ma'noda ishlatilishi tushuntiriladi.


Dastlab naqsh so'ziga izoh beriladi. Naqsh — gul demakdir. Toshni o'yib, naqsh solinadi. Shuning uchun u hech qachon o'chmaydi. Yoshlikda olingan bilim ham sira esdan chiqmaydi. Demak, yoshlikda olingan bilim toshga o'yib ishlangan naqshdek ekan.
Ikkinchi maqoldagi «bilagizo'r» so'zlari birinchi misrada o'z ma'nosida, ya'ni bilagida kuchi ko'p, ikkinchi misrada esa ilmi ko'p ma'nosida ishlatilganligi tushuntiriladi.
O'qituvchining izohidan so'ng o'quvchilar maqollarni tahlil qilib, xulosa chiqaradilar.
3. «Ilmning ahamiyati» o'yini o'ynaladi.
O'yin quyidagicha uyushtiriladi:
Ikki ustun shaklida quyidagi so'zlar yozuv taxtaga yoziladi va nuqtalar o'rniga mos so'zlar topib yozish aytiladi.
Sinf o'quvchilari ikki guruh («Ilg'orlar» va «Chaqqonlar»)ga bo’linadi. O'qituvchining topshirig'i bilan bir vaqtda ikki o'quvchi o'yinni boshlaydi.
Qaysi guruh vazifani oldin va to'g'ri bajarsa, o'sha guruh g'olib hisoblanadi. Har bir guruh vakili 2 yoki 3 marta qatnashadi, g'olib taqdirlanadi. Sovg'a beriladi yoki yuqori baholash bilan mukofotlanadi. Ball belgilash o'qituvchiga havola qilinadi. Bu o'yin orqali o'quvchilarning eslab qolish qobiliyatlari rivojlantiriladi:
«Ilg'orlar» guruhi ushun Ilm sahroda... Hayot chorrahalarida... Yolg'iz damlarda... Baxtiyor daqiqalarda... Qayg'uli onlarda... Odamlar orasida... Dushmanga qarshi kurashda...
«Chaqqonlar» guruhi ushun Baxtiyor daqiqalarda... Yolg'iz damlarda... Ilm sahroda... Hayot chorrahalarida... Qayg'uli onlarda... Odamlar orasida... Dushmanga qarshi kurashda...
O'yin tugagach, o'quvchilarga:
— O'yin sizga yoqdimi? O'yindan qanday xulosaga keldingiz? kabi savollar beriladi va javob olinadi.
O'qituvchi o'quvchilar javobini to'ldirib, ilmning ulug'ligini aytib mavzuni mustahkamlaydi. So'ngra o'quvchilar yozgan «Men ilmli boiaman» mavzusidagi insho bir-ikki o'quvchiga o'qitiladi. O'quvchilar diqqati inshoning mazmuniga jalb qilinadi.
Shundan keyin o'qituvchi bo‘limda o'qilganlar va insho mazmunini quyidagicha yakunlaydi:
—Sizlar bizning kelajagimiz. Sizlardan umidimiz katta. Rostgo'y, mehrli, xalqni, Vatanni sevadigan, bilimdon, komil inson bo'lib voyaga yetib, yurtimiz, xalqimiz uchun xizmat qilishingizga, yangiliklar yaratishingizga ishonamiz.
Darsda faol qatnashgan o'quvchilar izohli baholanadi, uyga vazifa qilib bo'lim mavzulariga mos maqollar topib, daftarga yozib kelish topshiriladi.

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish