154- dars
Mavzu: Bo’lim yuzasidan takrorlash
Mavzu: Bo’lim yuzasidan umumiy takrorlovchi dars
Maqsad: a) o’quvchilarning bo’lim yuzasidan olgan bilimlarini takrorlash va mustahkamlash.
b) chet el adabiyotini o’rganishga qiziqish uyg’otish.
c) bog’lanishli nutqni rivojlantirish.
Darsning jihozi: kitoblar, asar mualliflari rasmlari, slaydlar.
Darsning uslubi: multimediya dars
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Darsga tayyorgarlik ko’rish uchun o’quvchilar bilan bahor fali haqida qisqacha savol- javob o’tkazaman.
1. Bo'limdagi qaysi ertaklarni o'qib, kamtarlikning fazilat ekanini bilib oldingiz?
2. Qaysi ertakdagi bolalarning fazilati sizga ko'proq yoqdi? Nima uchun?
3. Hukumatimizning bolalarga ko'rsatayotgan g'amxo'rligi haqida gapiring.
4. Xorijiy yozuvchilaridan kimlarning kitoblarini o'qigansiz va ularning qaysi asarlariga ishlangan multfilmlarni ko'rgansiz?
Xorijiy yozuvchilardan Andersen, J.Svift, Aka-uka Grimm, Faxri Erdinch, Chingiz Aytmatov rasmlari, ular haqida ma’lumotlar slaydlar orqali namoyish etiladi.
“Gulliverning sayohatlari” fil’midan lavha tomosha qildiraman.
So’ngra savol- javob o’tkazaman.
O’quvchilar chizgan rasmlariga izoh beradilar. Tuzib kelgan savollarini o’qiydi va javob topiladi.
III. Darsni yakunlash.
O’quvchilar bilan dars haqida fikrlari o’rtoqlashiladi.
IV. Uyga vazifa: chet el yozuvchilari asarlaridan o’qib kelish.
155-dars
Mavzu: 16-NI.
Nazorat ishi.
Mavzu:. “Bahor” mavzusida matn yaratish.
Maqsad: a) o’quvchilar bilimini baholash, matn yarata bilishini tekshirish;
b) matnda fikrlarni bog’lay olish ko’nikmasini tekshirish.
d) o’quvchilarning xotira hajmi, ko’lamini tekshirish. .
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar.
Darsning uslubi: nazorat ishi.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Darsga tayyorgarlik ko’rish uchun o’quvchilar bilan bahor fali haqida qisqacha savol- javob o’tkazaman.
1. Bahor qaysi oydan boshlanadi?
2. Bahor darakchilarini ayting.
3. Qaysi qushlar birinchi bo’lib uchib keladi?
4. Qaysi gullar ochiladi?
5. Daraxtlarda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?
6. Dalalarda qanday ishlar boshlanadi?
III. Yangi mavzu: “Bahor” mavzusida matn yaratish.
Bahor. Hali yerlarda qor bor. Qor kunduzlari quyosh nurida eriydi. Yerga singiydi, kechalari esa muz-laydi.
Tol kurtaklari yorilib, undan bo'z momiq g'unchalar chiqadi. Bo'g'otda sap-sariq bo'lib osilib turgan sumalaklar quyosh shu'lasiga chidayolmay yosh to'kadi. Tomchilar mart...mart...mart... deganday bo'layotir.
O’quvchilar yuqorodagi suhbatdan ham foydalanib matn yaratishi mumkin. Bahor haqida yodlagan she’rlaridan aytishadi.
IV. Mustahkamlash. O’quvchilar bilimi baholanadi. Tahlil qilinadi.
V. Uyga vazifa: Takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |