O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun



Download 14,36 Mb.
bet152/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

143- dars
Mavzu: Rivoyat. Naim Karimov.
Maqsad: a) Ta’limiy: o’quvchilarga Usmon Nosir haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvar bo’lishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: og’zaki nutqni rivojlantirish, lug’at boyligini o’stirish.
Darsning uslubi: aralash: suhbat, savol- javob, ichda o’qish.
Dars jihozi. Usmon Nosir portreti, kompyuterda slaydlar ko’rsatish.
Darsning borishi.
1. Tashkiliy qism. Darsni tashkillashtirish.
2. O'tilgan mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini aniqlash.
Rivoyat yuzasidan o'quvchilar bilimini hisobga olish uchun quyidagi savollarga javob olinadi:
— Siz kim haqida rivoyat eshitdingiz?
— Bobur haqida nima bildingiz?
— hikoyada kimlar qatnashgan?


NAVOIY BOBOMLAR
1 "Xamsa"si ko'ngilni shamdek yoritgan", "Hirot tuprog'ida voyaga yetgan" bobomiz kim?
A) Bobur B) Navoiy D) Beruniy
2. "Navoiy bobomlar" she'rining muallifi kim?
A) Tursunboy Adashboyev B) Erkin Vohidov D) Quddus Muhammadiy


HIDI, TILIMI VA MAZASIDAN
1. "Hidi, tilimi va mazasidan" nomli hikoya qaysi vatandoshimiz hayotidan olingan?
A) A. Navoiy B) Bobur. D) Usmon Nosir

2. "Hidi tilimi va mazasidan" nomli hikoyada qaysi gapdan keyin Boburshohning ko'ngli buzilib, yig'lab yuborishiga ozgina qoldi?


A) Bu qovun "Bog'i Boburiy"da bitgan B) Farg'ona viloyatidan keltirdik
D) A va B
III. Yangi mavzu bayoni.


RIVOYAT
Naim Karimov
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonlarda, Farg'ona-yu Qo'qon degan tomonlarda Usmon Nosir degan mashhur shoir maktabni bitirib: «Endi qaysi hunarning etagidan ushlasam? Qayerga borib o'qisam-u, qaysi sohani tanlasam?» deb kecha-yu kunduz o'ylab yurgan ekan. Kunlarning birida u soy bo'yida xayol surib suvning jimir-jimir to'lqinlariga qarab o'tirgan ekan, shu payt osmondan tushibdimi yo suvdan chiqibdimi, uning yonida oppoq soqolli, uzun hassali bir nuroniy kishi paydo bo'libdi.
— Nimani o'ylayapsan, o'g'lim? — so'rabdi u.
Usmon Nosir bir qarasa, tanish, bir qarasa, notanish odam. Ovozi ham goh tanish ovozga o'xshasa, goh notanish kishining ovozi. Balki meni bo'lmasa otamni, otamni bo'lmasa onamni tanuvchi kishi bo'lsa kerak, deb ochig'ini ay-tibdi:
— Maktabni tugatyapman, ammo qayerga borib o'qisam, kim bo'lsam ekan, deb o'ylanib turibman.
Shunda boyagi kishi so'rabdi:
— O'zing qaysi hunarni yaxshi ko'rasan? Qaysi muallimning saboqlari senga ko'proq ma'qul bo'lgan?
— Men hamma darslarga qiziqqanman. Hamma hunar menga yoqadi. Ammo hamma narsadan ko'ra ko'proq kitob o'qishni yaxshi ko'raman, — debdi Usmonjon.
— Kitob o'qish — hunar emas. Kitob o'qish bilan tirikchilik o'tmaydi. Lekin shunisi ham borki, kitob o'qishni juda yaxshi ko'rgan odamlar borib-borib, o'zlari ham kitob yozganlar.
Men ham kitob yozsam deyman, — debdi Usmonjon.
— Niyating chakki emas. Lekin dunyoda kim ko'p — shoir ko'p, yozuvchi ko'p. Ammo ularning hammasidan ham Navoiy chiqmagan. Agar sen yozgan kitoblarni o'qib, odamlarning ko'zi o'tkir, qo'li chaqqon, yo'li ravon bo'lishiga ishonsang, niyating ushalsin.
— Odamlar kitobni ko'zlari o'tkir bo'lishi uchun emas, huzur-halovat topish, dardlariga malham olish uchun o'qimaydilarmi, otaxon? — so'rabdi Usmonjon. — Men shunday kitoblar yozayki, uni o'qib, odamlarning bir-birlariga bo'lgan mehri oshsin, xayollarida faqat bir-birlariga yaxshilik qilish istagi bo'lsin.
— Aytganing kelsin, o'g'lim. Shunday kitoblar kerak. Faqat shuni yodda tutki, sen yashayotgan dunyo — shafqatsiz dunyo. Bilasanmi, o'g'lim, har bir kishining orqasidan uning soyasi yuradi. Bu soya emas. Bir kun bo'lmasa, bir kun u shu odamning boshini yeydi. Ba'zan bitta soya ikkita, hatto uchta va undan ham ko'p bo'ladi. Ular seni jar yoqasiga olib borib, tubsiz chuqurlikka otib yubormasin desang, hamisha oftobga qarab yur!
Usmon Nosir xayolida Ota aytgan gaplar jonlanib, uning chor atrofida uzun-uzun soyalar paydo bo'libdi. Bu soyalar uni soy sari sudray boshlabdi. Soy o'rtasida bir kamar paydo bo'lib, uchib ketayotgan qushlarni o'z qa'riga torta boshlabdi. Usmonning vujudida ulug' bir kuch paydo bo'libdi-da, uni oftob sari eltibdi. Ota ko'kka uchib ketibdimi yo suvga tushib ketibdimi — yo'q emish.
Qayga ketdingiz, otaxon, — qichqiribdi Usmon Nosir.
— Aytgan so'zimni unutma, o'g'lim! — qayerdandir nido kelibdi. — O'g'lim! O'g'lim! — Otaning so'nggi so'zi aks sado bo'lib tarqalibdi...
Shunday qilib, marhum otaning ruhi Usmon Nosirning shoirlik hunarini tanlab olishiga rizolik va fotiha bergan ekan.
IV. Mustahkamlash.
Asarni qismlarga bo’lib o’qittiraman.
1. Usmon Nosir otasining ruhi bilan nima haqda suhbatlashadi?
2. Ota ruhi bo'lajak shoirga nima haqda maslahat berdi?
3. Shoir taqdiri to'g'risida nimalarni bilasiz?
V. Uyga vazifa: matnni o’qib, so’zlash.
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.



Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish