O‘q tegib o‘tgan yaraning og‘iz ichiga ochilgan hollari bo‘lgan, bu esa ularning bitishiga salbiy ta’sir etgan. Ayrim yaralar chopilgan yoki kesilgan yaraga o‘xshagan bo‘lsa, boshqalarining chetlari notekis, yirtilgan yoki majaqlangan bo‘lgan. Yaralar ichida portlovchi modda zarralari topilgan To‘qimalarni teshib utuvchi jarohat (sxema). O'q teshib otgan yaralar ancha og‘ir hisoblanadi. Ular, odatda, bitta yara bo‘lib, o‘q yoki oskolkaning to‘qimaga kirish va chiqish teshigi bilan namoyon bo‘ladi. Odatda, bunday jarohatni yuqori tezlikda uchuvchi snaryad yuzaga keltiradi. Snaryadning kinetik energiyasi kanchalik katta bo‘lsa, u energiyani to‘qimaga shuncha ko‘p berib, shikastlanish ham shuncha og‘ir bo‘ladi. Snaryad kirgan joyda kichkina kirish teshigi ochiladi. Chiqish teshigi esa o‘n baravar katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |