O‘q otuv qurollaridan jarohatlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish uchun shifokor qurol turlari haqida tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Ikkinchi jahon urushida harbiylarda to‘pponcha (pistolet), soyli miltiq (vintovka), karabin, avtomat, pulemetlar bo‘lgan. Ularga 19 xil o‘qlar tayyorlangan. O‘qlarning oddiy, og‘ir, zirhteshar, yondiruvchi, iz qoldiruvchi, portlovchi, fosfor bilan o‘qlangan va boshqa turdagilari mavjud. O‘qlarning vazni 5,55 g. dan to 12,8 g.gacha bo‘lib, ularning kinetik energiyasi 273-402 kg/m ga teng. Tankka qarshi o‘q otuvchi miltiqning kalibri 7,9 mm bo‘lib, zarba berish kuchi 998 kg/m ga teng. Bugo‘ngi kunda ham mamlakatimizda (Buxoro viloyati, Kogon shahri atrofida) sobiq sovet davridan qolib ketgan yer osti zaxiralaridagi sna-ryadlardan shikastlanganlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |