Rentgen suratida metall parchalari bir nechta bo‘lib, ular bir-biridan uzoqda joylashgan bo‘lib, ko‘rinadi. Qish paytida ikkilamchi snaryad sifatida tarkibida yax parchalari, yaxlagan tuproq va qum ham bo‘lgan yara yo‘li chuqur bo‘lganda ularni aniqlash ancha qiyinlashadi. Yuz va bo‘yinning birgalikdagi jarohatlarida o‘q teshib o‘tgan kanalning uzunligi boshning holati o‘zgartirilganda surilish hisobiga qisqaradi yo uzayadi. Tashxis qo‘yishda xato qilmaslik uchun diqqat bilan yuz va bo‘yinni ko‘rikdan o‘tkazish va jarohat qaysi holatda olinganini aniqlash zarur. Shunda snaryadning to‘qimadan o‘tish traektoriyasi va jarohat kanalining topografik anatomiyasini taxmin qilsa bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |