– boshqa sohalar jarohatiga nisbatan: qo‘llar, oyoqlar, ko‘krak qafasi, qorin, tos a’zolari va boshqalarning jarohati bilan yoki bunday jarohatlarsiz; – jarohat og‘irligi bo‘yicha: yengil, o‘rta, og‘ir, terminal. Yarador yuqorida keltirilgan tartibda ko‘zdan kechirilsa, to‘la ma’lumotga ega bo‘lib, yordam ko‘rsatish tartibi va hajmi tez aniqlanadi. O'q askolka teshib o'tgan jarohatlar; Yuz to‘qimalariga o‘q yoki oskolka tegib (yalab) o‘tishi natijasida olingan jarohatlar Ikkinchi jahon urushidagi jami jarohatlanishlarning 22,6% ini tashkil qilgan. Ular yuzning har xil sohalarida – ko‘proq lablar va dahanda uchragan. Yara yuza bo‘lganda, yaradorning ahvoli yengil bo‘lib, uni ko‘rikdan o‘tkazish va ishlov berish ancha oson kechgan. Ayrim hollarda (5,2%) o‘q tegib o‘tishi natijasida yuzda katta nuqsonli yara hosil bo‘lgan va bunda yaradorning ahvoli ancha og‘ir bo‘lgan. Yuzning yon sohasida yara uzunligi 5 sm. ga yetgan va to‘qimalar qattiq shikastlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |