Yuz va bo‘yinning o‘qli jarohatida gidravlik bosimning bosh miyani shikastlash chizmasi yuqori va pastki jag‘lardan zarb to‘lqinining tarqalishi (keng to‘lqinsimon chiziq), bo‘yin yo‘g‘on tomirlarida tushgan zarba, ichki uyqu arteriyaga, ichki bo‘yinturuq vena (2) zarb qon oqimi bilan venoz (3) va g‘ovaksimon (4) oraliqlarorqali bosh miya va miya qobiqlariga yetib boradi. To‘qimalarning snaryad zarbasidan hosil bo‘lgan «portlash»ga chidamliligi turlicha bo‘lganligi tufayli to‘qimalar ham tegishli ravishda har xil darajada yirtilib, titiladi va uzilib majaqlanadi. Bomba yoki snaryadning portlashi natijasida juda katta portlash to‘lqini hosil bo‘lib, uning kuchi 1 sm2 /100 kg ga yetadi. Nihoyatda katta kuch bo‘lgan bu to‘lqin portlash markazidan ancha uzoqda bo‘lib, u juda katta xavf soladi. Katta bosim ta’sirida tana burdalanib, ayrim qismlari: bosh, qo‘l, oyoqlar uzilib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |