Ballistika – snaryadning harakatlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, u ichki, tashqi va terminal qismlarga bo‘linadi. Bunda ballistikaning ichki qismi – otish qurolining stvol ichidagi harakatini; tashqi qismi – otilgan snaryadning havodagi, suvdagi va fazodagi harakatini o‘rganadi. Terminal ballistika otilgan snaryadning borib tushgan ob’ekti ichidagi harakatini ta’riflaydi, agarda u tirik organizm bo‘lsa, unda mazkur holat shikastlanish ballistikasi, deb tushuniladi. Shikastlanish ballistikasi qonunlariga ko‘ra, jarohatning shakllanishida o‘q (snaryad)ning dastlabki tezligi katta ahamiyatga ega. O‘q qanchalik katta tezlik bilan uchsa, uning kinetik energiyasi shunchalik baland bo‘lib, zarbasi ham sho‘nga yarasha kuchli bo‘ladi. Ayniqsa, tovushdan tez uchadigan o‘qlar to‘qimalarda yarani murakkab mexanizmlar bilan shakllaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |