Yaradorlarga yordam ko‘rsatish tartibi. Yuzning yumshoq to‘qimalari jarohatlangan yaradorga birinchi yordam ko‘rsatilayotganda, individual bog‘lov paketidan paxtali bint bilan yaraga bog‘lam qo‘yiladi. Ixtisoslashgan yordam birinchi jarrohlik ishlovini o‘z ichiga oladi. Jarohatlangandan keyingi o‘tilgan muddatga nisbatan barvaqt (24 soatdan ko‘p) birlamchi ishlov o‘tkaziladi. Jarrohlik ishlovini o‘tkazishdan avval yara atrofidagi teri yaxshilab yuviladi (qaynatilgan suv, benzin va yod bilan), atrofdagi sochlar qirib tashlanadi, yara antiseptik eritmalar bilan iflos qon quyqalaridan tozalanadi va mayda yot jismlar olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |