Yaradan dastlab zardobli yoki zardobli-gemorragik ajralma chiqadi, keyinchalik u zardob-yiring aralash bo‘ladi. 3–4 kun ichida yallig‘lanish zo‘rayib, jadallik bilan kecha boshlaydi. Mushaklar, teri osti yog‘ qatlami va terida destruktiv jarayon kuchayadi va ajralma ko‘payadi. Yallig‘lanish bilan bir vaqtda 2–3 kundan boshlab ikkinchi (regeneratsiya) bosqichning quyidagi morfologik belgilari ham aniqlanadi: derma, yog‘ qatlami, mushaklarda endoteliy proliferatsiyasi va tomirlarning kurtaklari, keyinchalik esa ulardan yara chetlari va tubida granulyatsiyali to‘qima hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |