Emizikli onalar uchun mahsulotlarning 1 kunlik miqdori
1. sut, qatiq sutidan
|
300 gr
|
2. suzma
|
80 gr
|
3. sariyog'
|
35 gr
|
4. qaymoq
|
20 gr
|
5. o'simlik moy
|
20 gr
|
6. go'sht, baliq, jigar
|
270 gr
|
7. tuxum
|
1 dona
|
8. non
|
300 gr
|
9. un mahsulotlari
|
50 gr
|
10. guruch, yormalar
|
60 gr
|
11. shakar, shirinlik
|
60 gr
|
12. kartoshka
|
200 gr
|
13. sabzavotlar
|
500 gr
|
14. xo'l mevalar
|
200 gr
|
15. sharbatlar
|
200 gr
|
16. tuz
|
6 gr
| Kundalik ovqat tarkibi | Oqsillar |
100-300 gr
|
Yog'lar
|
90-100 gr
|
Uglevodlar
|
400-450 gr
|
Kaloriyasi
|
3100-3200 gr
|
Vitaminlar
A – 150 x B
D – 500
Ye – 15 x B
S – 100 mg
| Mineral moddalar
Sa – 1000 mg
R – 1500 mg
Md – 400 mg
Temir – 25 mg
|
Mutaxassislar fikricha yosh bolalarda ko'p uchraydigan kasalliklarga raxit, gipotrofiya, kamqonlik kiradi. Ularning sabablarini, klinik belgilarini, davolash va eng muhimi-oldini olish choralarini bilish - katta ahamiyatga ega. Raxit va gipotrofiyaga mubtalo bo'lgan go'dak eng avvalo immun sistemasidagi chuqur o'zgarishlar tufayli har xil kasalliklarga beriluvchan bo'lib qoladi. Bunday bolalar nafas yo'llari xastaliklari, shu jumladan, zotiljam, ya’ni o'pka yallig'lanishi, hamda turli xil yuqumli kasalliklar bilan tez-tez og'rib turadilar. Ko'pchilik hollarda bunday kasalliklar bolalarda og'ir o'tib, surunkali turiga aylanadi va qaytalanadigan bo'lib qoladi. Bunday bolalar nimjon bo'lib, o'sishda va jismoniy rivojlanishda anchagina orqada qoladilar.
Raxit – o'sib, ulg'ayayotgan bolalar kasalligi bo'lib, grekcha «raxis» so'zi bo'lib u umurtqa pog'onasining qiyshayib, ishdan chiqishi bilan izohlanadi. Lekin bu kasallikning bitta belgisi hisoblanadi holos. 1650 yilda angliyalik shifokor, anatom va ortoped Glisson raxit xastaligining belgilarini batafsil tasvirlab berdi. Go'dak bolalarda raxit kasalligining kelib chiqishiga asosiy sabab – D vitaminining yetishmasligidir.
Bolani tabiiy ovqatlantirishdagi kamchiliklar, tabiiy ovqatlantirishdan aralash yoki sun’iy ovqatlantirishga tez o'tib ketish, shuningdek, bola ovqatida uglevodlarning miqdori ko'payib ketishi ham raxit kasalligini yuzaga keltiruvchi sabablardan hisoblanadi. Raxit kasalligi qanchalik og'ir kechsa, kalьtsiy miqdori shunchalik kamayadi, lekin fosfor miqdori ko'proq kamayadi. Bola raxitdan tuzalayotganda qon zardobida avval fosfor, keyin kalьtsiy miqdori ko'payadi.
Keyingi vaqtlarda aniqlanishicha, raxit kasalligida buyrakdan aminokislotalarning qayta so'rilishi ham izdan chiqar ekan, demak, oqsil almashinuvi ham ma’lum miqdorda buziladi. Mineral moddalar miqdorining ma’lum nisbatlarda bo'lishi oqsil moddalar almashinuvining normal holda davom etishiga ham bog'liqdir. Eng keyingi olingan ma’lumotlar ham shuni ko'rsatadiki, kasallikning murakkab rivojlanish zanjirida asosan vitamin D va kalьtsiy-fosfor almashinuvi jarayonlarining buzilishi asosiy o'rin tutadi.
Raxit kasalligining belgilari o'tishiga qarab III darajaga bo'linadi: I- yengil, II-o'rtacha og'irlikdagi va III-og'ir o'tadigan. Kasallik o'rtacha og'irlikda va tez-tez qkaytalanib turadigan turlarda namoyon bo'lishi mumkin.
O'zbekiston sharoitida raxit kasalligi ko'pincha kamqonlik kasalligi bilan birga kechadi. Kamqonlik kasalligi birlamchi, raxit kasalligi esa ko'pincha ikkilamchi bo'ladi. Bu kamqonlikda asosan gemopoetik tizim ishdan chiqadi. Kamqonlik faqat sut yoki karbon suvlar bilan boqish natijasi paydo bo'ladi. Raxitli bolalarda kamqonlik asosan temir yetishmovchiligi bo'lib, u bir xil ovqatlanish yoki avitaminoz natijasida yuzaga keladi. Bunday bolalar organizmida askorbin kislota, vitaminlar, mis, kobalьt, va boshqa mikroelementlar yetishmovchiligi kuzatiladi.
Raxitning yengil turi. Raxitning bu ko'rinishida avvaliga vegetativ asab tizimi tomonidan o'zgarishlar namoyon bo'ladi. Bemor bola tez-tez terlab turishi oqibatida undan chuchmal hid anqib turadi. Bola bo'lar-bo'lmasga harxasha qiladi. Yuqorida aytilgan belgilar bilan birga issiqlik toshmalari toshib, boshning ensa qismidagi sochlar to'qiladi. Bu davrda bolada nafas olish ancha tezlashadi, yangi siygan siydikdan ammiak hidi kelib, bola axlati suyuq kela boshlaydi.
Bu belgilar boshlanib kelayotgan atsidozning alomatlaridan darak beradi. Bola qo'rqoq bo'lib, xatto cho'chib-cho'chib tushadi. Bu davrda suyaklarda ham o'zgarish boshlanadi.
2-3 oylik bolada bosh suyagi paypaslab ko'rilganda unda og'riq, egiluvchanlik xususiyatining paydo bo'lganini ko'ramiz, ko'krak qovurg'alarining suyakdan ko'mikka o'tish joyida yo'g'onlashma hosil bo'lib, bunga raxit «donachalari» deyiladi. Bosh suyaklarining yumshab qolishi ularning deformatsiyalashib, har xil shaklga kirishiga sabab bo'ladi. Qorin bo'shlig'i paypaslab ko'rilganda jigarning kattalasha boshlaganligining guvohi bo'lamiz. Qonda gemoglobin miqdori kamayib, 50-60% gacha tushadi. Eritrotsitlar soni 4000000-3000000 orasida bo'ladi. Rang ko'rsatkichi esa 0,5-0,7ga tushib qoladi. Ana shu yuqorida qayd qilingan belgilar 2-3 xaftagacha yo'qolmay rivojlanishda davom etsa I darajadagi raxit kasalligi tashxisini qo'yish mumkin. Kasallikning gullash davri yoki bu davr o'rtacha og'irlikdagi raxit deb ham ataladi. Bu davrda 6-8 qovurg'alarda «raxit donachalari», peshona do'mboqchalari paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |