Onalik va bolalikni muhofaza qilish 1 mashg'ulot. Reja



Download 42,39 Kb.
bet5/11
Sana15.06.2022
Hajmi42,39 Kb.
#675522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISH

Raxitning og'ir davri. Raxitning bu davrida bosh suyagining asosida yumshash alomatlari paydo bo'lib, bo'yin umurtqa pog'onasini bosib qoladi. Burunning o'rta qismi-kanshari «turk-egari»ni eslatadi. Ko'krak qafasi oldinga turtib chiqib, «tovuq ko'krak qafasi» shakliga kiradi. Peshona suyagi oldinga turtib chiqib, «olimpiya» peshonasiga o'xshab qoladi. Bola 6-9 oylikdan o'tgach, suyakdagi o'zgarishlar davom etib, naysimon suyaklarda deformatsiya boshlanadi. Buning natijasida avvalo bilakda g'adir-budurlik paydo bo'ladi. Bunday g'adir-budurlik epifizda bo'lib, «raxit bilak uzugi» nomini olgan. Bola o'rnidan turib, yura boshlaganda oyoq suyaklari O va X shakliga kirib qoladi. Bundan tashqari sut tishlarining chiqish tartibi buziladi va chiqish vaqti ham o'zgaradi.
Raxit kasalligiga yo'liqqan bolalarda avvalo o'pkaning nafas chiqarishdagi faoliyati izdan chiqadi. Bunga asosan ko'krak qafasining deformatsiyasi sabab bo'ladi. Bunday bemorlarda aksariyat nafas qisishi, yurak o'ynashi, yurak tonlarining susayish alomatlari paydo bo'ladi. Yurak faoliyati buzulib taxikardiya boshlanadi va sistolik shovqin eshitiladi.
Raxit kasalligining oldini olish va davolash. Xomiladorlik davrida (antenatal) raxitning oldini olish. Raxit kasalligining oldini olish chora-tadbirlarini bola tug'ilmasdan boshlash kerak bo'ladi. Xomilador ayol avvalo tug'ishgacha bo'lgan ta’tilda nihoyatda unumli foydalanishi zarur. Uy yumushlarini dam olish bilan muntazam almashtirib turishi, o'z vaqtida to'yib uxlashi, har qanday ob-havo sharoitida ham bir kuni kamida 2-3 soat havoda sayr qilishi, vitaminlarni, makro- va mikroelementlarini yetarli miqdorda olib turishi, oksid moddalarga boy bo'lgan ovqatlardan (meva va sabzavotlar, go'sht, baliq, tuxum, sutli ovqatlar va boshqallar) tanovul qilishi, shaxsiy tozalik qoidalariga amal qilishi, badan tarbiya bilan shug'ullanishi shular jumlasidandir. Ona va xomila tanasining vitaminlarga bo'lgan talabini qondirish maqsadida xomiladorlikning butun davri mobaynida «Materna», «Mulьtitabs», «Gendevit» vitaminlardan 1 drajjedan har kuni bir maxal ichib turishi kerak.

Ular vitamin D ning drajjeli yoki kapsulali yog'li eritmasi bilan 500 MЕ dan chatishtirib beriladi. Polivitaminlar va ular bilan qo'shib berilgan vitamin D xomilaning yaxshi o'sishini ta’minlaydi.
«Materna» vitamini o'z tarkibida vitaminlar guruhidan tashqari yod moddasini ham tutadi. Shuning uchun bu preparat O'zbekiston Respublikasining qishloq joylarida keng qo'llanishi mumkin. U onadagi yod tanqisligi kasalligiga shifobaxsh ta’sir qiladi. Kamqonlikda esa «Ferropleks» buyuriladi.
Kish vaqtida xomilador ayolga vitamin D o'rniga 1-2 kurs ulьtrabinafsha nurlar bilan davolanish buyuriladi, uni 0,25 biodozadan boshlab 2,5-3 biodozagacha yetkazish mumkin. 100 sm masofadan har kuni yoki kunora 15-20 seans buyuriladi, bunday havo holekalьtsiferol sintezini kuchaytiradi.
Bola dunyoga kelgandan so'ng birinchi kunlardanoq to'g'ri ovqatlanishni yo'lga qo'yish kasalliklarning, shu jumladan, raxitning oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ovqatlar ayniqsa kalьtsiy va fosforga boy bo'lishi kerak. Bu davrda vitaminli preparatlarni buyurish lozim. Bola bir oylik bo'lishi bilan unga sabzavot va meva sharbatlarini buyurish bilan organizmini vitamin Sga, karotinga, makro- va mikroelementlarga bo'lgan ixtiyojini qondirishga yordam beradi.
Bola 1,5-2 oylik bo'lganda olma pyuresini bera boshlash kerak. 4-4,5 oylik bolaga qo'shimcha ovqat, mevalardan tayyorlangan pyure beriladi. 5 oylikdan 2-qo'shimcha ovqat-shirguruch berilishi lozim. Bu grechka yoki ovsyankadan tayyorlanadi, chunki ular tarkibida kalьtsiy, fosfor, temir moddasi ko'p miqdorda bo'ladi.
Yarim suyuq holda pishirilgan tuxum sarig'i 3 oylikdan, tvorogni esa 4 oylikdan, 6-7 oylikdan esa qaynatib pishirilgan go'sht, quyon va tovuq jigari beriladi.
7-8 oylikdan boshlab uchinchi qo'shimcha ovqat kefir, biolakt yoki pishirilgan sut berilishi mumkin.
Shuni eslatib o'tish kerakki, ko'krak yoshidagi hamda aralash yoki sun’iy ovqatlantiriladigan bolalarda qish va erta bahor oylarida »S» va «D» guruhdagi vitaminlarning kamayishi natijasida vitamin D ning almashinuvi izdan chiqib ketishi mumkin. Bu o'z navbatida raxit kasalligining boshlanishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun shu guruhdagi bolalarga vitaminlarni suv yoki beriladigan qo'shimcha ovqatning turi bilan I drajjedan kunora buyurish kerak. Raxit kasalligining oldini olish maqsadida xatarli guruhga mansub hamda sog'lom bolalarga, butun dunyo sog'liqni saqlash mutaxassislari taklifi bilan har kuni 500 MЕ dan vitamin D buyuriladi. O'zbekiston sharoitida bu dozani noyabr, dekabr, yanvar, fevral va mart oylarida buyurgan ma’qul. Kasallikning oldini olish maqsadida vitamin D 1-2 yoshgacha qabul qilinadi.
Yetuk sog'lom tug'ilgan bolalarda raxitning oldini olish uchun vitamin D2 oylikda 1 kecha kunduzda 200 MЕ gacha, 6 va 10 oyligida 30 kundan beriladi. Bola 2 yoshga to'lganida esa vitamin D qish-bahor oylarida buyuriladi. Raxit kasalligining oldini olish chora-tadbirlari ko'rilayotganida vitamin V1, V2, S kabi polivitaminlarni buyurish vitamin D ta’sirini kuchaytiradi.

Download 42,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish