Onalik va bolalikni muhofaza qilish 1 mashg'ulot. Reja



Download 42,39 Kb.
bet1/11
Sana15.06.2022
Hajmi42,39 Kb.
#675522
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISH


ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISH
1 - mashg'ulot.
Reja:
1. O'zbekistonda Onalik va bolalikni muhofaza qilish. «Sog'lom avlod» davlat dasturi, dasturning 6ta yo'nalishlari, xarakteristikasi, vazifalari
2. Bolalar va o'smirlarning salomatligiga ta’sir etuvchi omillar: bolalik davrlari. Bolalarda uchraydigan kasalliklarni oldini olish, raxit, ozg'inlik, kamqonlik. Sabablari, belgilari, davolash. Xomilador ahamiyati. Bolalarni ovqatlantirish, ratsional ovqatlantirish


1. O'zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish. «Sog'lom avlod» davlat dasturi, dasturning 6ta yo'nalishlari, xarakteristikasi, vazifalari

O'zbekiston Respublikasining Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish dasturida onalik va bolalikni muhofaza qilish ishlariga ustuvor yo'nalish berilgan. Mamalakatimizda har tomonlama kamolga yetgan avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish ishlariga yuksak darajada e’tibor berilmoqda, chunki yurtimizning kelajagi hozirgi kunda o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy dunyosining shakllanish sifatiga bevosita bog'liqdir.


Har tomonlami yetuk va sog'lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish borasidagi vazifalar quyidagilarga qaratilgan: sog'lom bolalarning dunyoga kelishiga asos yaratish, ona va tug'ilgan bola sog'ligini mustahkam saqlab qolish, onalar va bolalar o'rtasida kasallanish hamda o'lim hollarining oldini olish va kamaytirish, kasallikka chalingan onalar va bolalarni o'z vaqtida va to'liq davolash, sog'lom bolalarni tarbiyalash va voyaga yetkazish bo'yicha oilalarning tibbiy faolligini ko'tarish, oilalarning barchasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish va sog'lom avlodni tarbiyalashda ularning mas’uliyatini oshirish.
Bu maqsadlarga erishish yo'lida ko'pgina muammolarni hal qilish lozim. Hal qilinishi lozim bo'lgan muammolarning eng birinchisi – har bir oilada faqat sog'lom bolalar tug'ilishi ta’minlashdan iboratdir. Bu maqsadga erishish eng murakkab va mas’uliyatli vazifadir. Chunki sog'lom farzandlar tug'ilishini ta’minlash ota-onalarning salomatlik holati, turmush qurish va farzand ko'rish yoshi, qarindosh – urug'lik darajasi, oiladagi ma’naviy–psixologik muhit, ota-ona va barcha oila a’zolarining turmush tarzi kabi qator omillarga bog'lanib ketadi.
Sog'lom farzandlar tug'ilishiga asos yaratish tadbirlari orasidagi bo'lg'usi onalar–qiz bolalar salomatligini yoshligidan mustahkamlab borish, sog'lom onalikka tayyorlash masalalari har bir davolash–profilaktika muassasasi faoliyatida yetakchi o'rin egallamog'i kerak. Tug'ruq komplekslari, ko'p tarmoqli kasalxonalar tarkibidagi maxsus ginekologik bo'limlar va kabinetlar ishini tubdan yaxshilash zarur. Barcha poliklinikalardagi o'smirlar bo'limlarida o'smir qizlar uchun maxsus tibbiy yordam va gigienik tarbiya ishlari sifatli yo'lga qo'yilishi va nazorat qilib borilishi lozim. Har bir oila o'z qizlarining salomatligini saqlash hamda yaxshilash yo'lida ushbu xizmatlardan to'liq foydalanishga odatlanishi kerak. Bu esa aholining barcha tabaqalari tibbiy bilimlarini oshirish, oilalar sanitariya madaniyatini ko'tarish, o'zi va atrofidagilarning salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish mas’uliyatini shakllantirish kabi ko'rsatkichlarni yaxshilashni talab qiladi. Ushbu tadbirlar «Sog'lom avlod» davlat dasturidan mustahkam o'rin egallagan.
Sog'lom oilani shakllantirishda yoshlarni turmush qurishdan oldin tibbiy – irsiy ko'riklardan o'tkazish va tegishli maslahatlar berish muhim ahamiyatga egadir. Afsuski, ko'pgina ota-onalar bu tadbirning natijalarini yaxshi tasavvur qilsalarda o'z farazandlariga uni ravo ko'rmaydilar. Bu esa oilalarda turli nuqsonlarga uchragan kasalmand bolalar tug'ilishiga yoki keyinchalik oilalar buzilib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bu muammoga ota-onalar, mahalla faollari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari va boshqa keng jamoatchilik faollari ongli ravishda va jiddiy yondoshuvlari shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Balog'at yoshiga yetar – yetmas turmush ko'rayotgan yoshlar respublikamizning barcha mintaqalarida uchrab turibdi.
Ushbu oilalarda tugma kasalliklar mavjud bo'lib, xomiladorlik va tug'ish jarayonlari yosh onalar salomatligiga ham jiddiy putur yetkazmoqda. 16 yoshgacha bo'lgan onalardan tug'ilayotgan bolalarda tayanch- harakat va nafas olish tizimi a’zolarida turli xil nuqsonlarning uchrashi fanda allaqachonlar tasdiqlangan va amalda oilalar ham bunga guvoh bo'lib turibdi. Ayol ancha yoshi o'tib turmush qurishi va 30-35 yoshidan keyin farzand ko'rishi natijasida dunyoga kelgan bolalarda markaziy asab tizimining turli xil yetishmovchiliklari yoki bir necha tug'ma nuqsonlarning uchrashi qayd qilinadi. Ulardan tashqari yosh va yoshi ulg'aygan otalardan lab va tanglay shakllanishidagi kamchiliklar, xondrodistrofiya kabi kasalliklar rivojlangan bolalar tug'ilishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Ota va onaning yoshi ulg'aygan sari ularda genetik starati zararlangan jinsiy hujayralarning soni ko'payib boradi va natijada turli xil tug'ma nuqsonli bolalar tug'ilish xavfi kuchayadi.
Keyingi yillarda Soglikni Saqlash vazirligi tomonidan olib borilgan katta tashkiliy ishlar natijasida erta va katta yoshlarda tugaetgan ayollar soni sezilarli darajada kamayib bormokda.
Tug'ish yoshdagi ayollarni sog'lomlashtirish sog'lom bolalar tug'ilishining muhim shartlaridan biridir. Kamqonlik kasalligi respublikamizning barcha mintaqasidagi ayollari o'rtasida keng tarqalgandir. Ularni sog'lomlashtirish davolash-profilaktika muassasalarining uzluksiz bajariladigan vazifasi ekanligini yaxshi tushunishlari lozim. Bundan tashqari tug'ish yoshidagi, ayniqsa, salomatligi zaif xomilador ayollarni davolash, salomatligini tiklash va mustahkamlash har bir ota - ona, qaynota va qaynona hamda butun oilaning muhim burchi vazifasiga aylanishi kerak. Erkaklar esa oilada ayollar salomatligini saqlash va mustahkamlash, ularning uy-ro'zg'or ishlarini yengillashtirishga qaratilgan zarur sharoitlarni tug'dirib berishga harakat qilishlari lozim. Tug'ish yoshidagi va xomilador ayollarni sog'lomlashtirishda oila va tibbiy muassasalar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir ayol xomilasining dastlabki kunlaridanoq ayollar maslaxatxonasi hisobiga kirib, tibbiy nazoratda bo'lishi sog'lom bolalar dunyoga kelishi hamda ona salomatligini saqlashda ishonchli kafolatdir. Chunki bunda xomiladorlikning kechishi, u yoki bu asoratlarning oldini olish va kerakli davolash-sog'lomlashtirish choralarini amalga oshirish, zarurat tug'ilganda o'z vaqtida xomiladorlikni to'xtatish imkoniyatlari tug'iladi.
Xomiladorlik davrida ayollar sifatli ovqatlanishi, sevimli va bo'lg'usi farzandini sog'lom o'stirish yuzasidan kerakli tibbiy bilimlarini oshirib borishlari lozim. Afsuski, ko'pgina xomilador ayollar tug'ish ta’tiliga chiqqach, uy-ruzgor, tomorqa, bozor ishlari hamda tashvishlari bilan band bo'lishib o'zi va o'sayotgan xomilasining salomatligiga katta putur yetkazmoqdalar.
Shu sababli Respublika bo'yicha tug'ilayotgan chaqaloqlarning 4-6 % chala, 10-16 % kichik vaznda dunyoga kelmoqda. Bunday chaqaloqlar o'sish va rivojlanish davrida keyinchalik ham kasalliklarga ko'proq chalinadilar va barcha xastaliklar ularda og'ir kechadi. Kichik yoshlardagi o'lim hollari aynan ana shu toifadagi bolalar ichida yuqori darajada qayd qilinadi.
Qisqa muddat oralig'ida tez-tez farzand ko'rish ona organizmi uchun naqadar zararli ekanligini har bir ayol, shu jumladan, erkaklar ham doimo esda tutishlari kerak. Tug'ilgan farzandi uchun sarflangan biologik imkoniyatlarini tiklab ulgurmasdan yana xomilador bo'lish ona organizmini xaddan tashqari charchatadi. Chunki navbatdagi xomilaning normal shakllanishi uchun ona organizmi o'zi uchun zarur bo'lgan resurslarini safarbar qilishga majbur bo'ladi. Ko'pchilik ayollarda bunday imkoniyatlar ham yetarli emasligini e’tiborga olsak vaziyat yana ham tushunarli bo'ladi. Bunday ayollarda qisqa muddat oralig'ida tug'ilayotgan har bir keyingi bola o'zidan oldingisiga qaraganda kichik, zaif va yashash uchun imkoniyatlari chegaralangan bo'lib dunyoga kelaveradi. Ular o'rtasida kasallanish va o'lim ko'rsatkichlari eng yuqoridir. Uning ustiga ona ham har bir xomiladorlik tufayli salomatligini yo'qotib boraveradi.
Bunday holat oilalarga katta iqtisodiy va ma’naviy zarba beradi. Bu hollarni oldini olish nafaqat tibbiyot xodimlarining, balki butun jamoatchilikning vazifasi bo'lmog'i lozim.
Bolalarni sog'lom va baquvvat o'sishida ularni ona suti bilan boqishning ahamiyati beqiyosdir. Ona suti hayotning dastlabki oylarida bola organizmini o'sish va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan barcha ozuqa moddalari bilan ta’minlaydi. Ayniqsa, ona ko'kragidan ajraladigan dastlabki og'iz suti bola organizmi uchun nihoyatda foydali va zarurdir. U yuqori darajada to'yimli bo'lishi bilan birga organizmni yuqumli kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikroblardan himoya qiluvchi antitelolarga juda ham boydir. Shu sababli, tug'ilgan chaqaloqlarni hayotning birinchi soatidan boshlab ona ko'kragiga tutish lozim. Og'iz suti bola organizmini mustaqil immunitet tizimi shakllangunga qadar turli xil yuqumli kasalliklardan saqlab turadi.
O'sayotgan bola ona sutiga to'ymay qolayotgani sezilganda (5-6 oylikda) tibbiyot xodimlari bilan maslahatlashgan holda unga qo'shimcha ovqat mahsulotlari (yoshiga qarab) berib borish va shunda ham ko'krak suti bilan boqishni davom ettiraverish lozim. Ona sutidan to'liq baxramand bo'lgan bolalargina jismoniy va aqliy rivojlanishi bo'yicha yetuk insonlar bo'lib voyaga yetadi.

Download 42,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish