Bolalar salomatligiga ta’sir etuvchi faktorlar. Ona bilan bola o'rtasida o'zaro aloqa xomiladorlikning dastlabki kunlaridan boshlanadi. «Ona-yo'ldosh-xomila» muloqot tizimidan boshlanib, farzand dunyoga kelgan vaqtdan esa bu muloqot «Ona - ko'krak suti-bola» tariqasida davom etadi. Bunda bola onadan ko'krak suti orqali ozuqa va zarur biologik faol moddalarni oladi.
Tibbiyotning mashhur bobokaloni Abu Ali ibn Sino ona sutini quyosh nurlariga qiyoslagan. Bu demakki, yer yuzida barcha tirik mavjudot bilan o'simliklar dunyosi uchun quyosh kabi, bola uchun esa ona suti shunchalik zarur hisoblanadi. Yangi tug'ilgan chaqaloq organizmi fiziologik jihatdan yetilmagan, hazm qilish va moddalar almashinuvi faoliyati yaxshi takomillashmagan bo'lgani uchun unga faqat ona suti to'g'ri keladi.
Odam organizmida 5 klass immunoglobulinlar bo'ladi: A, M, S, Ye, D. Bola hayotining birinchi yilida immunoglobulinlar miqdori kam bo'ladi. Lekin bola bu kerakli bo'lgan immunoglobulinlarni ona suti orqali qabul qiladi. Har bir immunoglobulinning organizmda o'ziga xos xususiyati bo'ladi. ZgA bola hayotining birinchi oylarida amaliy jihatdan umuman bo'lmaydi. Og'iz suti va yangi ona suti tarkibida ZgA ko'p miqdorda bo'ladi. Agar go'dak bola tabiiy ona suti bilan boqilmasa, ovqatlantirilish tartibsiz, noto'g'ri bo'lsa ZgAning yo'qligidan yoki kam miqdorda bo'lishidan ichak infektsiyalariga beriluvchan bo'lib qoladi (salьmonellyoz, kolienterit, dizenteriya) ZgAning kam miqdorda bo'lishidan bola yana yuqori nafas yo'llari kasalliklariga ham chalinuvchan bo'lib qoladi. ZgSsa ko'p virusli va bakterial infektsiyalardan (qizamiq, suvchechak, qutirish, difteriya, stafilokokk ) organizmni himoyalaydi. ZgM esa Gr (-) bakteriyalardan organizmni himoyalaydi. ZgЕ ham viruslarga qarshi himoya qilish vazifasini o'taydi .
ZgEning esa allergik kasalliklarda ahamiyati juda kattadir. Sekin tipdagi allergik reaktsiyada ishtirok etuvchi reagenlarni bog'laydi. Makrofaglar va eozinofillarni aktivlashtiradi. Bola organizmida 3-6 oylarida ona sutidagi immunoglobulinlar parchalanib, o'zining xususiy immunoglobulinlarini ishlab chiqara boshlaydi.
Xulosa qilib aytganda, ona sutiga hech bir ovqat teng kela olmaydi.
Ko'krak sutini ko'paytiruvchi sharbatlarga kuyidagilar kiradi:
sabzi sharbati;
sabzi pyuresiga qo'shilgan sut;
ukropli sutga qo'shilgan asal;
turup sharbati;
sedanali sut;
yong'oqli sut;
Emizikli onaning ovqati miqdori hamda sifati jihatdan, ham talabga javob beradigan oqsil, vitaminlar, mineral moddalarga boy bo'lishi kerak. Mahsulotlarning 1 kunlik miqdori ilovada keltirilgan.
2 jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |