Onalik va bolalikni muhofaza qilish 1 mashg'ulot. Reja


Gipotrofiyaning I darajasi



Download 42,39 Kb.
bet7/11
Sana15.06.2022
Hajmi42,39 Kb.
#675522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISH

Gipotrofiyaning I darajasi bola gavda og'irligining me’yorga nisbatan 10-20% pasayishi bilan xarakterlanadi. Bola organizmining qorin devorida teri osti yog' qavati anchagina yupqalashgan bo'lib, to'qima turgorining pasayganligi kuzatiladi. Shiliq qavatlar va teri rangi oqargan, ya’ni siniqqan bo'ladi. Og'irlik (vazn) egri chizig'i qisqargan ammo bolaning o'sishi yaxshi davom etadi va uning immun sistemasida ham o'zgarishlar sezilmaydi. Bolaning ruhiy ahvolida turg'unlik holati biroz buzilgan, lekin atrof-muhitga qiziqish saqlanib qoladi. Bolaning umumiy ahvoli qoniqarli bo'ladi.
Gipotrofiyaning II darajasida bolaning rangi siniqqan, oqargan bo'lib, gavda son, qorin, ko'krak qismlarida teri osti yog' qavati yo'qolgan bo'ladi. To'qima turgori keskin pasaygan, teri quruq, bo'shashgan, osonlikcha qo'lga yig'ib olsa bo'ladi. Mushaklar yupqalasha boshlaydi. Bolaning o'sishi 1-2 sm orqada qolib, gavda og'irligi 20-30% ga kamayadi. Ishtaxa yo'qola boshlaydi, ich ketishiga moyillik paydo bo'ladi, ovqatni ko'ngli tusamaydi, immun tizimida yetishmovchiliklar paydo bo'ladi. Buning natijasida bolada pnevmoniya (zotiljam), o'rta quloqning yallig'lanishi (otit), pielonefrit va boshqa kasalliklar osonlik bilan rivojlanadi. Ichki a’zolarda ham o'zgarishlar paydo bo'la boshlaydi, jigar, taloq, kattalasha boshlaydi, bolada ovqat yetishmovchiligidan (alimentar) kamqonlik yuzaga keladi.
Gipotrofiyaning III darajasi uchun haddan tashqari ozg'inlik xos bo'lib, bola cho'p-ustixon bo'lib qoladi.
Terining elastiklik qobiliyati batamom yo'qoladi, u quruq, limon rangiga ega bo'ladi, ba’zan ko'kimtir tusga kirishi mumkin. Teri osti yog' qavati faqat qorin, yelkadagina emas, balki butun a’zoi badanda yo'qoladi, natijada teri bujmayib, bola kichkina «chol» ga o'xshab qoladi. Oyoq-qo'llarida, gavdasida terisi xalta-xalta bo'lib yig'ilib, bujmayib yetadi. Bunday bolalarning burni va oyoq-qo'llari doimo muzday bo'ladi. Bolaning nafas olishi tekis, bir maromda bulmasdan, yuzaki bo'ladi. Shuningdek yurak tonlari ham bo'g'iq eshitiladi. Tana harorati ham ko'pchilik hollarda past bo'lib goh-gohida sababsiz 32,3-37,2, subfebrilitetgacha ko'tarilishi mumkin.
Ishtaxa batamom yo'qolib, bola ko'p chanqaydigan bo'lib qoladi. Umumiy immun qarshilik keskin pasayib ketishi natijasida bunday bolalar organizmi zaharlanishi va septik holatlar yuzaga kelib, bu og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Organizmning statik va dinamik faoliyatlari izdan chiqadi. Bunday bolalar atrof-muhitga va undagi xodisalarga befarq qarab, ularda vaqti-vaqti bilan bezovtalanish hollari paydo bo'ladi. Bunday bolalarning ovozi bo'g'iq eshitiladi.
Bemorning umumiy ahvoli og'ir, ich kelishi buzilgan bo'ladi. Bolalar gavda og'irligi bo'yicha o'z tengdoshlaridan 30-40% orqada qoladilar. O'sishdan orqada qolish 5-6 sm ga boradi.

Download 42,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish