N.1.Nafas a’zolarining xastaliklari turlicha bo‘lib, mustaqil g‘olda yoki boshqa patolo-
giyalarning asorati yoki yo‘ldosh kasallik sifatida ko‘p uchraydi. Nafas olish jarayoni
uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi orqali boshqariladi. Bu markazning faolligi
qondagi karbonat angidridi miqdoriga bog‘liq,chunki CO2 nafas markazini bevosita
qo‘zg‘atadi Bundan tashqari nafas markazi reflektor yo‘l bilan (karotid koptokchasidagi
ximioretseptorlar) ham qo‘g‘oladi. Nafas a’zolari funksiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi vosi-talar
quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
1.Nafas olishni kuchaytiruvchi (stimullovchi ) vositalar;
2.Yo‘talga qarshi vositalar;
3.Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar;
4.O‘pka etishmovchiligida (o‘pka shishida ) qo‘llanuvchi vositalar;
5.Bronxial astma xastaligida qo‘llanuvchi vositalar.
N.2.Ushbu gurux preparatlarning balg‘am ko‘chirish xossasi ichilgandan so‘ng (rezorbtiv ta’sir)
bronx bezlarining maxsuloti tarkibida ajralgandan so‘ng yuzaga chiqadi.Unda ular bezlar
sekretsiyasini oshiradi va balg‘am suyuqlashadi. Shu bilan bir qatorda ular ta’sirida bronx
epiteliysini kipriksimon o‘simtalarining xarakati kuchayadi, balg‘am xalqum to-mon tezroq
suriladi. Demak, mukolitik preparatlarning asosiy xossasi balg‘amni suyul-tirish (eritishdan)
tufayli, uning yopishqoqligini kamaytirishdan iboratdir. SHu sabab-li bu gruxga ba’zi
fermentlar ham kiradi. Lekin mukolitik preparatlarning ta’sir me-xanizmi har xil
bo‘lganligidan ularning samaradorligi balg‘am turiga ko‘ra bir xil emas. O‘pka xastaliklari
tabobat amaliyotida ko‘p uchraydi, shuning uchun yuqori nafas yo‘llarini balg‘amdan xalos
etish katta axamiyatga ega. Buning uchun juda ko‘p preparatlar tavsiya etil gan bo‘lib,
statsionar va ambulator amaliyotda xam keng qo‘llaniladi.
Acetylcysteinum . Sistein aminokislotasining xosilasi, kuchli mukolitik ta’sirga ega.
Balg‘amni suyuqlashtirib, yallig‘lanishni kamaytiradi. Bir vaqtning o‘zida yiringni ham
suyultiradi.- 269-
Ta’sir mexanizmi: preparat tarkibidagi erkin sulfgidril radikallar (SH) balg‘am tar-kibidagi
nordon mukopolisaxaridlarning disulfid bog‘larini uzib tashlaydi, natijada mukoproteinlar
depolimerazatsiyalanadilar va balg‘amning qovushqoqligi kamayadi. Prepa-ratni ingalyasiya
yo‘li bilan traxeyaga kiritiladi, agar iloji bo‘lmasa (bexush, koma, nafas yo‘llarining
travmasi) mushak ichiga kiritiladi .
Qo‘llashga ko‘rsatmalar: quyuq balg‘am ajralishi bilan kechuvchi o‘pka va nafas
yo‘llarining xastaliklarida, ayniqsa yiring aralashgan xollarda masalan: o‘tkir va surunkali
bronxit lar, zotiljam, bronxoektaziya, mukovissidoz, yiringli bronxitlar bilan asoratlangan
bronxial astma, o‘pkada operatsiyadan keyingi davrda asoratlarni oldini olish uchun.
Bronxografiyadan keyin kontract moddani ajralishini tezlashtirish uchun.
Noxush ta’siri:ba’zan ko‘ngil aynash (preparatning o‘ziga xos xidi tufayli) yoki bronxo-
spazm chaqirish mumkin.
Davomli qo‘llanganda jigar va buyrak funksiyasini nazorat qilish kerak.O‘pkadan qon ketish
xavfi bo‘lganda, buyrak va jigar xastaliklarida extiyot bo‘lib qo‘llash kerak. Preparat metal
buyum va asboblarga tegsa sulfidlar xosil qiladi. SHu sababli shisha idishlardan foydalanish
kerak. Atsetilsistein MITdan yaxshi suriladi lekin preparatning juda ko‘p qismi (90%) jigarda
tez parchalanib ketadi. Atsetilsistein jigarda parcha-lanib aktiv metabolit sistein xosil
bo‘ladi.U safro tarkibida ajraladi. SHuning uchun ingalyasiya, ba’zan parenteral yo‘l bilan
kiritiladi.Ushbu preparatni antibiotik va proteolitik preparatlar bilan birga qo‘shib qo‘llash
mumkin emas, chunki preparat inaktivasiyaga uchraydi. Xozirda davomli ta’sirli, ichiladigan
atsetilsistein- long sintezlangan.
KARBOTSISTEIN (mukodin, bronxokod) preparati tuzilishi va ta’siri bo‘yicha atsetil-
sisteinga o‘xshash.
Bromhexinum- sintetik modda.Shilliq tarkibidagi mukoprotein va mukopolisaxarid
tolalarini depolimerizatsiyalab balg‘amni suyultiradi va qovushqoqligini kamaytirib
ajralishini osonlashtiradi. Bundan tasho‘ari kuchsiz darajada yo‘talni kamaytiradi. Ikkala
preparat xam o‘pka alveolalari
da surfaktant, immunologbulin G, lizotsim miqdorini
oshiradilar.Parenteral, enteral va ingalyasiya yo‘li bilan qo‘llash mumkin. MIT dan yaxshi
suriladi lekin biologik o‘zlashtirish (ya’ni preparatning ta’sir ko‘rsatadigan a’zoga etib
boruvchi qismi ) kam taxminan 20%, chunki tez parchalanadi, asosan jigarda faol meta bolit
ambroksolga aylanadi.
Дилором:
3-yotalga qarwi dori moddalarga kodein ,etilmorfin ,libeksin ,glautsin va tusurek kabilar kiradi.
Yotalga qarwi dorilar tasir mehanizmiga kora 2 ga bolinadi:1- yotal qoldiruvchi narkotik moddalar ( uzunchoq miyadagi yotal markaziga tinchlantiruvchi tasir korsatadi )
2- yòtal qoldiruvchi narkotik bolmagan dorilar ( yotal refleksining periferik qismiga , bronxlarga anastetik tasir korsatib yotal refleksining markaziy qismiga impuls otishiga tosqinlik qiladi va narkotik moddalarga ohwab tobelik paydo qilmaydi).
4- Nafas analeptiklari tasir mehanizmiga kora 3guruhga bolinadi
1bevosita nafas markaziga tasir etuvchi moddalar ,
2 reflektor tasir etuvchi moddalar ,
3aralash tasir mehanizmiga ega moddalar .
Nafas analeptiklariga quyidagi dorilar kiradi:kofein ,bemegrid ,etimizol ,lobelin ,sititon ,kordiamin kamfora va sulfokamfokain.
5-javob. Surfaktant o'pka alveolalarini rostlaydigan va ularni yopishishidan saqlaydigan modda, fosfolipidlardan iborat. Bu modda homiladorlikning 20-24 haftasidan boshlab, II tur alveotsitlarda hosil bo'ladi. Homila tug'ilishi bilan birinchi nafas olishda surfaktant tufayli alveolalar rostlanib, nafas olishga hozirlanadi. Agar uning miqdori kamaysa, bu holat bola vaqtidan oldin, chala tug'ilganda, gipoksiya, gipotermiya, atsidozlarda alveolalar to'g'rilanmay, puchayib qoladi va chaqaloqlarda o'ziga xos nafas yetishmovchiligi paydo bo'ladi. Bola to'xtab-to'xtab nafas oladi, keyin esa nafasi butunlay to'xtab qoladi. Surfaktant hosil bo'lishini oshiruvchi vositalarga glyukokortikoidlar, etimizol, bromgeksin va eufillin kiradi.
Rp.: Aethimizolumi 1% 2 ml
D.t.d. N 5 in ampullis
S. Onalarga 1 marta 200ml suyultirib venaga yuborilsin.
Rp.: Euphillinumi 24% 1 ml
D.t.d. N2 in ampullis
S. Onalarga 250 mg m/i tug'ishdan 3 kun oldin, 2 marta.
6-javob. Etimizol gipotalamus markazlariga ta’sir ko‘rsatib, gipofizdan AKTG ajralishini oshiradi, AKTG esa buyrak usti bezidan glyukokortikoidlar ajralishini kuchaytiradi, glyukokortikoidlar o‘z navbatida surfaktant hosil bo'lishini oshiradi. Etimizolni bo'lajak onaga tug‘ish davri oldidan hamda yangi tug'ilgan chaqaloqqa qo'llash mumkin.
Rp.: Tab. Aethimizolumi 0.1
D.t.d. N 6
S. Onalarga tabletka ichishga, kunda 1 mahal
Do'stlaringiz bilan baham: |