Milliy bog`
O`zbekiston poytaxti Toshkentdagi katta Milliy bog` har kuni dam oluvchilar va bolalar bilan gavjum. Bog`ning kiraverishidagi yangi oshxona mijozlar xizmatiga shay.Baquvvat to`sinlarga o`rnatilgan oshxona tomi ertaklardagi bahaybat qo`ziqoringa o`xshaydi.Suv to`ldirilgan marmar hovuzda tanga baliq va xon baliqlar suzib yurishibdi.Orqa tarafdagi archazor xiyobonda oq,qizil,sariq atirgullar barq urib ochilgan.Bahor tashrifidan yashnagan gulzor,hazrati inson mehnatiga tasannolar aytayotgandek,mayin,yoqimli hidlar taratib asta tebranadi.Atirgullar iforiga maftun turfarang kapalaklar guldan gulga qo`nib,yayraydilar…
Har xil attraksionlar bolalarga quvonch ulashadi.Ularning shodon qichqiriqlari
farovonlik, tinchlikdan darak beradi. Bolalarning beg’ubor ko’zlaridagi quvonchni ko’rib, ota-onalar shunday kunlarga shukronalar aytadilar. Jannatmakon yurtimizda tinchlik barqaror bo’lsin!
Alla
O`tgan zamonda bir oilaning qizchasi yo`qolib qoladi.Qizchasi katta bo`lib voyaga yetgan chog`ida ota-onasi uni topishga muvaffaq bo`lishadi.Biroq qizcha ota-onasiga yotsirab qaraydi,uydan chiqib ketishini hamda avvalgi joyiga qaytishini istaydi.Shunda bechora ota-onasi hech bo`lmasa bir kecha tunab ketishini undan iltimos qiladi.Qiz rozi bo`ladi.Yarim kechada onasi uyqudan turib beshikda yotgan ukasini uxlatish maqsadida alla aytadi.Shu payt qizning uyqusi qochib allaga quloq tutadi va ona mehrini tuyib,o`zini ona bag`riga otadi. Siz mening chin onam ekansiz,-deydi u onaizorni quchoqlab.Chunki uni ham yoshligida onasi alla aytib uxlatar edi.Alla sehri orqali ular murod-maqsadiga yetishadi.
(100 ta so`z)
Samoviy “radioko`z”
Yaqinda Ukraina Fanlar akademiyasining radiofizika va elektronika institutida samoviy “radioko`z” yaratildi.Ko`zning o`tkirligi bilan endi u shimol yo`llarida har qanday navbatchining ishini bajarishi mumkin.Bu yo`l bilan kemalar kuzatuvini ta’minlasa ham bo`ladi.Yer sathining tuzilishini masofada o`rganadigan radiolokatsio sistemaning yangi,sanoat uchun mo`ljallangan nusxasi yerning “Kosmos-1976” sun’iy yo`ldoshiga o`rnatilgan.
“Radioko`z” qorong`uda ham qalin butalar orasida Qutb kechasini ko`ra oladi.Radio to`lqinlar yer sathidan bir xil bo`lib qaytmaydi.Signallarning intensiv oqimidan quruqlik hamda suvni,har xil qalinlikdagi muzliklarni,yoriqlarni,tepaliklarni,muzdagi kanallarni,aniq ilg`ash mumkin.Yangi lokator birinchi sinovdayoq Antarktida muzliklarida yo`qolib qolgan “Mixail Somov”dizelelektroxodini qutqarishda katta yordam berib,o`zini oqladi.(95 ta so`z)
Do'stlaringiz bilan baham: |