Har narsadan aziz
Olam gultoji hisoblanmish inson uchun tabiat bitmas-tuganmas ne`matlar ato etgan. Bug`doy-shu ne`matlarning bittasi xolos, oltinday sarg`ayib egilgan, hududsiz maydonlarda mavjlanib yotgan bugdoyzorlar ming yillardan buyon odamzot rizqining manbai hisoblanib kelgan.
Bug`doyning inson hayotidagi ahamiyati haqiqatan beqiyos. Hozirgina tegirmonda tortilgan undan yopilgan yangi nonning xushbo`y ta`mini tasavvur etib ko`ring. U har bir kishida qaytarilmas, latif xotiralarni uyg`otadi.
O`zbek xalqining milly belgilaridan biri tandir bo`lsa, ikkinchi belgi, shubhasiz, nondir. Nonning turfa xil turlari bor: patir, gijda ,shirmon, gulobi, obinon, yog`lama, kulcha, xon noni, lochira…
Ularni sanab chiqishning iloji bormikin?
Nima bo`lganda ham ajdodlarimiz asrlar bo`yi ko`zga surtib, e`zozlab kelgan nonda chindan ham g`aroyib xususiyatlar bor. U zakovatning takrorlanmas mo`jizasi, quyoshning kichik bir ramzidir. U hech qachon ko`ngilga urmaydi, aziz-u mo`tabar ne`mat bo`lib qolaveradi.
(123 so’z)
Yil fasllari
Yer quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi.Shu davrda u o`z sirtini quyoshga har tomonlama tutib beradi.Quyosh osmonda baland ko`tarilganda uning nurlari yerga to`g`ri tushib,uni kuchliroq qizdiradi va yer yuzi issiq bo`ladi.Quyosh uncha baland ko`tarilmay,uning nurlari yerga qiyalab tushganda,u yerni paypaslab o`tib ketgandek bo`ladi va yer yuzida sovuq turadi.qishdan keyin bahor,bahordan keyin yoz keladi.Yozning qoq o`rtasida,22-iyunda yozgi quyosh turishi yuz beradi.Endi yoz o`zining haqiqiy kuchini ko`rsaatdi.Kunlar juda isiydi,bolalar suvdan chiqmay qolishadi.Meva va sabzavotlar,poliz ekinlari g`arq pishadi.Bozor va ko`chalar qovun,tarvuzlarga to`lib toshib ketadi.Biroq hademay kuz yaqinlashib,uning ba’zi alomatlari paydo bo`la boshlaydi.
(110 ta so`z)
Ona yurt sog`inchi
Tug`ilib o`sgan uyim,mushtipar onajonim,bolaligim o`tgan qishlog`imni,mehridaryo hamqishloqlarimni sog`indim.
Qishlog`imni eslaganimda yuzidan nur yog`ilib turuvchi,oppoq ro`molli momolar,nuroniy bobolar,qoshlariga o`sma tortgan dilbar kelinchaklar,tog`ni ursa talqon qiladigan,Alpomishdek hushsurat yigitlar ko`z oldimda gavdalanadi.U yerda shirinso`z,qalbi qaynoq,bir-biriga mehribon insonlar bir-birining baxtidan quvonib,g`amlariga sherik bo`lib yashashadi. Qishloqning sho`x,chaqqon kelinchaklari hali quyosh ko`tarilmay turib,hovli va ko`chalarni orasta qiladilar.Qishloq shunisi bilan qadrdon,shunisi bilan sevimli…
Ona qishlog`im,sening so`lim go`shalaringni,shildirab oqib turgan jilg`alaringni ko`cha to`la bolalaringni qo’msayman.Ajabo,qanchalar shirin-a,vatan tuyg`usi…(96 so’z)
Do'stlaringiz bilan baham: |