Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet139/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

1. Ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani izohlaydi. U bosh gap bilan birga ega ergash gapli qo`shma gap hisoblanadi. Ega ergash gap -ki bog`lovchisi va fe’lning shart mayli qo`shimchasi -sa hamda so`roq va ko`rsatish olmoshi (kimki – u, kimki – o`sha, kimki – o`zi, nima – o`sha, nimaiki – hammasi) yordamida bog`lanadi: Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishadi. Ba’zan bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan ega tushirilishi mumkin: Sizga ayonki, siz o`z oilangizdasiz. Bu gapda shu (ega) tushirilgan.

Sxemasi:


Bosh gap

Ergash gap

Shunisi .......ki,

...................... .

................... ki,

....................... .




Ergash gap

Bosh gap

Kim ...............sa,

u ................ .

Kim ............... sa,

o`zi ............ .

Kimki ..........-sa,

u ................ .

Kimda-kim ...sa,

u ................ .

Nimaiki ... .sa,

o`sha.............. .

Nima ...........sa,

o`sha.............. .



2. Kesim ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimni izohlab, u bosh gap bilan birga kesim ergash gapli qo`shma gapni hosil qiladi: Uch og`ayni botirlarning eng yaxshi fazilati shuki, ular xalqdan ajralib qolishni istamaydi. Kesim ergash gap bosh gapga -ki bog`lovchisi, o`rin-payt va bosh kelishigidagi shu, kimsan olmoshi yordamida bog`lanadi. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tushiriladi: Yaxshisi, sen darsingni tayyorla.
Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

.................. shuki,

................... .

.............….. shu yerdaki,

................... .

...........……..shundaki,

................... .

............……. shundayki,

................... .



3. To`ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan to`ldiruvchini izohlaydi. To`ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gapni tashkil etadi. To`ldiruvchi ergash gap, odatda, bosh gapga -ki bog`lovchisi, -sa shart mayli qo`shimchasi yordamida bog`lanadi. Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo`lmaydi. Kimda gumoning bo`lsa, uni ko`zdan qochirma. Bosh gap tarkibida shuni, shunga, shundan kabi to`ldiruvchi qatnashadi. Ba’zan bu to`ldiruvchi tushirilishi mumkin: Iltimos qilamanki, oldin rais so`zlasin. Bu gapda shuni to`ldiruvchisi tushirilgan.

Sxemasi:

Bosh gap


Ergash gap

Shuni............. –ki,

............ .

Shundan,....... -ki,

............. .

Shunga............-ki,

............ .

.....................….-ki,

............. .

Buni................ -ki,

.............. .




Ergash gap

Bosh gap

Nima (ni)....... –sa,

shuni .... .

Kimda............ –sa,

uni......... .

Nima bilan....-sa,

o`shani.. .



4. Aniqlovchi ergash gap bosh gapda aniqlovchi bo`lib kelgan olmosh va ayrim sifatni izohlaydi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap deb yuritiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gapga -ki bog`lovchisi bilan (bunda bosh gap tarkibida ko`pincha aniqlovchi bo`lib kelgan shunday, ayrim, ba’zi so`zi qatnashadi) yoki -sa shart mayli qo`shimchasi bilan (bunda ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmosh, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o`sha, uning, ba’zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha kabi olmosh bo`ladi) bog`lanadi: 1. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so`zi gavhar. 2. Kimning ko`ngli to`g`ri bo`lsa, uning yo`li ham to`g`ri. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi tushirilishi mumkin: (Shunday) Odam borki, hayvon undan yaxshiroq.
Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

Shunday........... -ki,

............ .

........shunday....... -ki,

.......... .

......shunday..... -ni..., -ki,

unday........

.... shunday (aniql.)..... -ki,

............

..... shunday (hol)......... -ki,

..............




Ergash gap

Bosh gap

.... qaysi....... -sa,

o`sha....................



5. Payt ergash gap – bosh gapdagi ish-harakatning paytini bildirgan ergash gap. Payt ergash gap bosh gap bilan payt ergash gapli qo`shma gapni tashkil etadi: 1.Sobirjon priyomnikni endi qo`ygan edi, eshik taqillab qoldi. Qushlar to`p-to`p bo`lib uchsa, havo ochiq bo`ladi.
Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

......... -gan edi,

.................... .

......... -ganicha yo`q edi,

...... .

............ -ar ekan,

.................. .

............. -sa,

......................... .



6. O`rin ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish o`rnini bildirgan ergash gap. U bosh gap bilan birgalikda o`rin ergash gapli qo`shma gap deyiladi: Qayerda intizom kuchli bo`lsa, shu yerda tartib bo`ladi. Bog`lovchi vositasi: -sa (qayerdan, qayga, qayerga, qayerda, shu yerda, o`sha yerda, shunda, shu yerga, shu yerdan, u yerda) -mang, -masin, ekan: Qaerda suv bo`lsa, o`sha yerda hayot bo`ladi.

Sxemasi:



Ergash gap

Bosh gap

.......qayerga .. -sa,

o`sha yerga......

......qayerda ...-sa,

o`sha yerda,.....

.......qayga.......-sa,

o`sha yerda, .... .

.......-mang,

u yerda ...........

......-masin,

o`sha yerda........

.........qayerda …,

shu yerda.......



7. Sabab ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini bildiradi. U bosh gap bilan birga sabab ergash gapli qo`shma gap deb nomlanadi: Qayrilishlar tobora ko`payib, mashinaning tezligi susaya boshladi. Bu uylar ilgari bedaxona bo`lganidan, darchasi ham yo`q edi.

Sxemasi:


Ergash gap

Bosh gap

.............,

shuning uchun...........

...........shekilli,

...................

...........-gan bo`lsa kerak,

......

...............-mi,

........................




Bosh gap

Ergash gap

............,

chunki.................

................ ,

negaki...............

.............,

sababki.................

.....shuning uchun......-ki,

......................

...............-ki,

......................



8. Maqsad ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning nima maqsadda yuzaga kelishini bildiradi. U bosh gap bilan birga maqsad ergash gapli qo`shma gap deb nomlanadi. Bog`lovchi vositasi: deb, -sin deb, -di deb, -ar deb, -sa deb, -mi ekan (deb, deya, uchun), toki: 1.Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka imzo chekdik. 2.G`o`za miriqib ichsin uchun, suv tekis oqizildi.

Sxemasi:

Ergash gap


Bosh gap

..............deb,

......................

...........-sin deb,

.................

...........-di deb,

..................

..........-ar deb,

..................

............-sa deb,

..................

.............-mi ekan deb,

.............

.................-deya,

........................




Bosh gap

Ergash gap

..............,

toki.........................

..............,

.................-sin deb.



deb yarim bog`lovchisi buyruq va shart mayli, kelasi zamon fe’lidan keyin kelsa, maqsad ma’nosini, o`tgan zamon fe’llaridan keyin kelsa, sabab ma’nosini bildiradi.
9. Shart ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan bajarilishini bildiradi. U bosh gap bilan birga shart ergash gapli qo`shma gap deyiladi. Bog`lovchi vositalar: -sa, -sa edi, agar, mabodo, bordi-yu, -ganda(edi), -r(-ar) ekan, -gan ekan, -mi, bo`lmasa, yo`qsa, -may, bo`lay desang, -sinki. Misol: Agar suv bo`lsa, cho`l-u sahrolar bo`stonga aylanadi.

Sxemasi:


Ergash gap

Bosh gap

(Agar).............-sa,

...................

(Agar)..........-sa edi,

...................

(Agar)..........-ganda,

...................

(Agar)..........-ganda edi,

...................

(Bordi-yu).....-r(-ar) ekan,

...................

(Mabodo).....-gan ekan,

...................

(Agar)........-moqchi ekan,

...................

...............-mi,

...................

............,

bo`lmasa...................

...........,

yo`qsa...................

............bo`lay desang, .........

...................




Bosh gap

Ergash gap

.............-sinki, ...................

...................




Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish