10. To`siqsiz ergash gap bosh gapning mazmuniga zid bo`lsa ham, unda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to`siq bo`la olmaydigan fikrni anglatadi. U bosh gap bilan birga to`siqsiz ergash gapli qo`shma gap deyiladi. Bog`lovchi vositasi: -sa ham(ki), qancha, qanchalik, naqadar, garchi, garchand, -ganda ham, -sa -da, -ganda -da, -gani bilan, -masin, qaramay, qaramasdan, -i(ib), -gani holda, -di hamki, xoh...xoh (-sa -masa), -sa. Misol: Quyosh yashiringan bo`lsa ham, kunduzning yorug`ligi hali so`nmagan edi. Ba’zan garchi so`zi qo`llanishi mumkin.
Sxemasi:
Ergash gap
|
Bosh gap
|
Qancha .......-sa ham,
|
.........
|
Qancha ....-sa hamki,
|
.........
|
...............-sa-da,
|
................
|
......... –gani bilan,
|
............
|
............ -qaramay,
|
.............
|
.......... -masin,
|
..................
|
..............qaramasdan,
|
.............
|
.............-gani holda,
|
................
|
........... hamki,
|
.....................
|
.............. -sa...-masa,
|
.............
|
.............. -sa... -diki,
|
.............
|
................ -sa,
|
.........................
|
11. Miqdor-daraja ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish miqdor-darajasini bildiradi. Bu gap bosh gap bilan birga miqdor-daraja ergash gapli qo`shma gap deb yuritiladi: U qancha qizishsa, men shuncha sovuqqon tus olardim.
Sxemasi:
Ergash gap
|
Bosh gap
|
.... qancha ..... -sa,
|
....shuncha .....
|
. ...qanchalik...-sa,
|
..shunchalik.. .
|
...qancha ..... -sa,
|
...shunchalik .....
|
....qanchalik..-gan sayin,
|
..shunchalik
|
12. O`xshatish ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o`xshatish yo`li bilan bildiradi. U bosh gap bilan birga o`xshatish ergash gapli qo`shma gap deb nomlanadi: Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to`ldirgan, go`yo kechaning o`zi kuylaydi.
Sxemasi:
Ergash gap
|
Bosh gap
|
....qanday....-sa,
|
shunday ........
|
Bosh gap
|
Ergash gap
|
............-ki,
|
go`yo ...............
|
............ -ki,
|
xuddi ..............
|
13. Natija ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildiradi. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo`shma gap deyiladi. Natija ergash gap bosh gapga -ki bog`lovchisi yordamida bog`lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunon kabi so`z, ergash gap tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so`zlar qo`llanishi mumkin: Do`l bir zumda shunday yog`diki, yer oppoq bo`lib ketdi. Azimboy shunday zulm o`tkazdiki, oqibatda xalqning sabr-kosasi to`ldi.
Sxemasi:
Bosh gap
|
Ergash gap
|
....shunday ..... -ki,
|
natijada .....
|
...shu qadar....-ki,
|
oqibatda... .
|
....shunchalik ....... -ki,
|
..................
|
. ...shu darajada ...... -ki,
|
.......
|
. ...shuncha ......... -ki,
|
..............
|
. ...chunon .......... -ki,
|
.................
|
Ergash gapning turini aniqlashga doir. Ergash gapning turini aniqlashda qo`shma gapni sodda gapga aylantirish amaliyoti yaxshi samara beradi. Bu bir necha bosqichdan iborat. Qo`shma gapni sodda gapga aylantirganda, ergash gap bosh gapning tarkibiga kirib, bitta gap bo`lagiga aylanadi. Mas., Qayerda intizom kuchli bo`lsa, shu yerda tartib bo`ladi qo`shma gapini sodda gapga aylantirish uchun dastlab undagi bosh va ergash gapni aniqlab olish lozim. Ushbu gapda ikkita gapni -sa shart mayli qo`shimchasi bog`lamoqda. Bog`lovchi vosita turgan Qayerda intizom kuchli bo`lsa qismi ergash gap, shu yerda tartib bo`ladi qismi esa bosh gap. Ergash gapni bosh gap ichiga kiritamiz: Intizom bor joyda tartib bo`ladi. Ko`rinadiki, ergash gap bosh gap tarkibidagi izohlanishni talab qilayotgan shu yerda bo`lagi o`rnini egalladi. U o`rin holi edi. Demak, ergash gap bosh gap tarkibidagi o`rin holi joyini egallaganligi uchun o`rin ergash gap deyiladi. Misol keltiramiz: 1. Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishadi – Yomonlar suhbatidan qochgan (ega) yaxshilar suhbatiga erishadi. Gap – ega ergash gapli qo`shma gap. 2. Chambil obod bo`ldi deb, kelayotir Avazxonday zo`ravon – Avazxonday zo`ravon Chambil obod bo`ldi deb (ravish holi) kelayotir. Demak, bu qo`shma gap ravish ergash gapli qo`shma gap. 3. Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo`lmaydi – Har bir yangilik bexosiyat bo`lmasligini (to`ldiruvchi) biling. Bu qo`shma gap to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap. Boshqa ergash gap haqida ham shunday deyish mumkin. Faqat shart ergash gapli qo`shma gap sodda gapga aylanmaydi, xolos. Jadvalda ergash gapli qo`shma gapning sodda gapga aylantirilishiga misol beramiz:
№
|
Ergash gapli qo`shma gap
|
Sodda gapga aylangan ko`rinishi
|
Qo`shma gapning turi
|
1
|
Kim birovga chuqur qazisa, unga o`zi yiqiladi.
|
Birovga chuqur qaziganning o`zi unga yiqiladi.
|
Ega ergash gapli qo`shma gap
|
2
|
Bizda odat shundayki, uyga kelgan mehmonga ham ko`sak chuvitamiz.
|
Uyga kelgan mehmonga ham ko`sak chuvitamiz.
|
Kesim ergash gapli qo`shma gap
|
3
|
Men shundan qo`rqamanki, oramizda ham ikkilanuvchilar bor.
|
Men oramizda ikkilanuvchilar borligidan qo`rqaman.
|
To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap
|
4
|
Shunday hayot tug`ildiki, u sensiz yashay olmaydi.
|
Sensiz yashay olmaydigan hayot tug`ildi.
|
Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap
|
5
|
U kuchanib qancha qattiq puflasa, pilik shuncha lovillab yonardi.
|
U kuchanib qattiq puflagan sari qattiq yonardi.
|
O`lchov-daraja ergash gapli qo`shma gap
|
6
|
Quyosh havoni isitsa, do`stlik qalbni isitadi.
|
Do`stlik qalbni, quyosh havoni isitadi.
|
Chog`ishtirish-o`xshatish ergash gapli qo`shma gap
|
7
|
Gapni cho`zishning hojati yo`q, sababki odamlar tayyor.
|
Odamlar tayyor bo`lgani uchun gapni cho`zishning hojati yo`q.
|
Sabab ergash gapli qo`shma gap
|
8
|
O`tni lovullating, toki batamom kuydirsin, kul qilsin dushmanimizni.
|
Dushmanimizni kul qilish, kuydirish maqsadida o`tni lovullating.
|
Maqsad ergash gapli qo`shma gap
|
9
|
Xolmurod ochiq turgan maktab eshigini berkitishga borsa, ichkaridan ovozlar eshitila boshladi.
|
Xolmurod ochiq turgan maktab eshigini berkitishga borgan paytda ichkaridan ovozlar eshitila boshladi.
|
Payt ergash gapli qo`shma gap
|
10
|
Gulsum qayerda o`ynasa, Xolmurodning ko`zi ham o`sha yerda.
|
Xolmurodning ko`zi Gulsum o`ynagan yerda.
|
O`rin ergash gapli qo`shma gap
|
11
|
Ko`zim ilgari ochilgan bo`lsa edi, men o`z yuragimni bo`rilarga yedirar edimmi?
|
|
Shart ergash gapli qo`shma gap
|
12
|
Soqchi haydasa ham, Kurashevich qirg`oqdan nari ketmadi.
|
Soqchining haydashiga qaramasdan Kurashevich qirg`oqdan nari ketmadi.
|
To`siqsiz ergash gapli qo`shma gap
|
13
|
Yaproqlar shunday tovlanadiki, ko`zingiz qamashadi.
|
Yaproqlarning tovlanishi oqibatida ko`zingiz qamashadi.
|
Natija ergash gapli qo`shma gap
|
Do'stlaringiz bilan baham: |