Glossariy
BOG’LANGAN QO'SHMA GAP — bog'lanish aloqasi bilan birikkan qo'shma gap: O'qituvchi keldi va biz darsimizni boshladik.
ERGASHGAN QO'SHMA GAP — qismlarda ergashish yo'li bilan bog'langan qo'shma gap: Agar sen kelsang, ertaga kinoga boramiz.
BOSH GAP — sintaktik jihatdan mustaqil bo'lgan ergashgan qo'shma gap tarkibidagi gap: Dars tamom bo'lgach, laboratoriyaga boramiz (bosh gap).
ERGASH GAP — ergashgan qo'shma gap tarkibidagi sitaktik jihatdan mustaqil bo'lmagan gap: Quyosh chiqsa (ergash gap), qorlar eriydi (bosh gap).
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
1. Berilgan gaplardan qaysi biri ergashgan qo‘shma gap sanaladi?
A) O‘zingga do‘st tanla, chunki bir o‘zing baxtli bo‘lolmaysan. B) Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat. C) O‘z tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi. D) Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida dong taratdi.
2. Ergashgan qo‘shma gapni toping.
A) Bulbul gulzorni izlaydi, boyo‘g‘li esa doim xarobani ko‘zlaydi. B) Qo‘rqoq keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi. C) Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat. D) Aql ko‘pga yetkazadi, hunar bo‘lsa insonni ko‘kka ko‘taradi.
3. Qaysi bog‘lovchi vositalar orqali bog‘langan qo‘shma gaplar ergashgan qo‘shma gaplar hisoblanadi?
A) ergashtiruvchi bog‘lovchilar, ko‘makchili qurilmalar, nisbiy so‘zlar B) ergashtiruvchi bog‘lovchilar C) ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar va nisbiy so‘zlar
4. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gap berilgan?
A) Bulbul gulzorni izlaydi, boyo‘g‘li esa doim xarobani ko‘zlaydi. B) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog‘ing. C) Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo‘ling. D) Nuri goh sevinib shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini titroq bosadi.
5. Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nechta gap bo‘lishidan qat’i nazar, doimo necha qismdan iborat bo‘ladi?
A) to’rt qismdan B) uch qismdan C) ikki qismdan D) birdan ortiq qismdan
6. Ergashgan qo‘shma gaplarda bosh gap…
A) ergash gap mazmunini izohlovchi gap B) hamisha ergash gapdan keyin keladi C) mazmuni izohlanayotgan gap D) bog‘langan qo‘shma gaplarda ikkita bo‘ladi
7. Ergashgan qo‘shma gaplar qaysi xususiyatiga ko‘ra so‘z birikmalariga o‘xshamaydi?
A) tuzilishiga ko‘ra B) doim ikki qismdan tashkil topishiga ko‘ra C) hokim va tobe munosabatda bo‘lishiga ko‘ra D) grammatik asoslarining miqdoriga ko‘ra
8. Ergashgan qo‘shma gaplarda bosh va ergash gapning joylashish o‘rni to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) ergash gap bosh gapdan oldin keladi B) bosh gap ergash gapdan oldin keladi C) ergash gap bosh gap o‘rtasida keladi D) ergash gap bosh gapdan oldin, keyin yoki bosh gap o’rtasida kelishi mumkin
9. Qaysi qatordagi qo‘shma gap tarkibida bosh gap ergash gapdan oldin kelgan?
A) Vatanimiz kelajagi shuning uchun ham buyukki, unda yashayotgan aholining katta qismini yoshlar tashkil etadi. B) To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir, shuning uchun hamisha rost so‘zlashga odatlan. C) Agar Alloh oldida javobgar bo’lsang, boshing, shaksiz, kesilgay. D) A, C
10. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi qaysi vositalar ikkala qismda ham mavjud bo‘ladi?
A) ko‘makchili qurilmalar B) nisbiy so‘zlar C) ko‘rsatish olmoshlari D) ayiruv bog‘lovchilari
Do'stlaringiz bilan baham: |