89
Oilangizning bir oylik xarajatlari jadvalini tuzing. Kattalardan yordam oling. Bir oyda
taxminan qancha pul sarflar ekansiz?
Iqtisodchining blogidan olingan matnni o‘qing. Savollarga javob bering.
Xarajat nomi
O‘lchov
Xarajat turi
Sarflanadigan pul
Yo‘l haqi
-
majburiy
120 000 so‘m
Kartoshka
10 kilogramm
zaruriy
50 000 so‘m
?
?
?
?
1.
Nimalar bizni xarajat qilishga undaydi?
2.
Xarajatlarning darajasi hammada bir xilmi? Javobingizni izohlang.
3.
Blog, blog yuritish, bloger haqida nimalarni bilasiz?
XARAJATLARNI FARQLASH
Oylik olishimiz bilan juda
ko‘pchiligimiz uni turli sarf-xarajatlarga
deb taqsimlab chiqamiz.
Barcha xara-
jatlar ham birdek emas. Ijara haqi, kom-
munal to‘lovlar kabi baʼzi xarajatlar bor
-
ki, ular zaruriy va majburiydir. Yana bir
tur xarajatlar bizning hayotimizni yana-
da to‘liq va quvonchga boyroq qilsa-da,
zaruriy
yoki majburiy hisoblanmaydi,
ular mutlaqo ixtiryoriydir.
Zaruriy, majburiy va ixtiyoriy
xarajatlar o‘rtasidagi farqni tushunish
byudjetimizni to‘g‘ri taqsimlab, sarf-
xarajatimizni kamaytirishga yordam
berishi mumkin.
Byudjet bu bir oy davomida biz
topadigan va sarflaydigan barcha
pullarning miqdoridir. Byudjet hisobini
90
yuritish sarf-xarajatni nazorat qilish, u ishlab topadigan pulimizdan ko‘payib ketmasligining
oldini olishga yordam beradi.
Byudjetni taqsimlayotganda xarajatlarni ikkita katta turga ajratib olish mumkin:
zaruriy
va ixtiyoriy (ixtiyoriydan boshqa xarajatlar ham zaruriy xarajatlar tarkibida yuradi).
Zaruriy xarajatlar shundayki, ular odatda har oy takrorlanadi, ularga pul sarflamaslik,
qo‘polroq qilib aytilsa, bizni nobud qiladi desa ham bo‘ladi. Masalan,
ijara haqi, kredit
to‘lovlari, kommunal to‘lovlar, oziq-ovqatlar, yo‘l haqi, dori-darmon va h.k.
Ixtiyoriy xarajatlar esa unga ega bo‘lish yoqimli, lekin hayot uchun zaruriy bo‘lmagan
narsalarga qilingan xarajatlardir. Ixtiyoriy xarajatlarni yashash tarzini yanada sifatli qilish
uchun sarflangan pul deb tushunsak ham bo‘ladi. Ular bilan hayotni yanada jozibali qilish
mumkin,
lekin ularsiz ham
yashash mumkin. Ixtiyoriy
xarajatlarning zaruriy
xarajatlardan yana bir katta
farqi ularning turli oylar
turlicha bo‘lishidir.
Odamlarda ixtiyoriy
xarajatlar turlicha bo‘lishi
mumkin. Hozir ulardan
baʼzilarini keltiraman, resto
-
randa ovqatlanish, uyga
taom
chaqirtirish, sport
mashg‘ulotlariga borish,
go‘zallik salonlariga qat-
nash, hashamatli aksessu-
arlar, taqinchoqlar, qimmat
kiyimlar, gazeta, jurnallar
obunasi, konsert va teatr
uchun
chiptalar, sa yohat, tug‘ilgan kunlar uchun yoki to‘yona uchun qilingan xarajatlar.
Agar byudjet hisobini yuritmasak va pulni rejasiz sarflayversak, bora-bora ixtiyoriy
xarajatlarimiz ko‘payib ketishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, zaruriy xarajatlar uchun
kamroq pul qolishini anglatadi. Zaruriy xarajatlarning vaqtida qilinmasligi turli katta-
kichik muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, to‘lov haqini vaqtida to‘lamasangiz
kommunal xizmatlardan vaqtincha uzib qo‘yilasiz, yaʼni uyingizda yo elektr toki, yoki suv
bo‘lmay qoladi.
Ammo ixtiyoriy xarajatlar butunlay keraksiz hisoblanmaydi. Masalan, sport zaliga
qatnash sog‘ligingiz va ruhiyatingiz uchun juda ham kerakli bo‘lishi mumkin.
Byudjet hisobi ana shunday vaziyatlar ko‘z oldimizda yaqqol namoyon bo‘lishida
yordam beradi.
Iixtiyoriy xarajatlaringizni doimiy kuzatib borishni tavsiya qilaman. Buni qanday
boshlash mumkin deysizmi? O‘z tajribam bilan bo‘lishishga tayyorman.
Dastlab, bir oy davomida sarflagan hamma pulimni yozib yurdim. Quyidagi jadval
menga juda qo‘l keldi:
91
Xarajat
Non
Taksi uchun yo‘l haqi
“Coca-Cola” 0,5 litr
Internet uchun
85 000
12.03.2022
5000
02.03.2022
16.000
02.03.2022
12 000
Har kuni
Sarflangan pul
Sana
Ana shundan keyin menda bir oy davomida nimalarga pul sarflashim haqida to‘liq
maʼlumot paydo bo‘ldi.
Ikkinchi qadamda barcha xarajatlarimni sinchiklab ko‘rib chiqdim
va kerakli-keraksizga
ajratdim. Masalan, taksida emas, sal vaqtli yo‘lga chiqib, avtobusda ketsam, 14 600 so‘m
tejar ekanman, “Coca-cola” o‘rniga gazsiz oddiy suv olsam, 3000 so‘m yonga qolarkan.
Mana shu asosda barcha xarajatlarimni taftish qilib chiqdim: “Bu menga kerakmi?”, “Bu
meni qanchalik baxtli qildi?”. Keyingi oydan asta-sekin pul sarflayotganda o‘ylab ko‘rishni
odat qildim. To‘xta, shuni olmasang nima bo‘ladi? Avtobusda ketsang, kech qolasanmi?
Shu qimmat soat nimaga kerak, telefoningda soat bor-ku! Har kuni gazli ichimlik ichish
sog‘liq uchun ham zararli! Shunday qilib, men har oy bu ishni takrorlaydigan, oylik olgan
kunimoq barcha zaruriy xarajatlarga pul ajratib qo‘yadigan bo‘ldim.
Baʼzi xarajatlar bo‘ladiki,
ular boshqa takrorlanmasligi, lekin zaruriy bo‘lishi mumkin.
Masalan, 5 500 000 so‘mga yangi noutbuk sotib oldim. Bu ishim uchun kerak edi, u bilan
ancha samarali ishlab, ko‘proq pul topishim mumkin. Ana shunday kutilmagan, lekin
zaruriy xarajatlarni ham ko‘zdan qochirmaslik lozim. Odatda, bunday xarajatlar uchun
oldindan pul to‘plash kerak bo‘ladi.
Xullas, kirim-chiqimlar hisobini to‘g‘ri
yurita olsangiz, xarajatlaringizni bemalol nazorat
qilishingiz mumkin.
Hoshimjon Ayoziy