26
Audiomatn voqealari hamda o‘z taassurotlaringiz asosida matn yozing. Matn
sarlavhasini o‘zingiz tanlang.
Quyidagi olmoshlar ma’nosida, qo‘llanishida o‘zaro qanday farqlarga ega ekani haqida
mulohaza yuriting. Fikrlaringizni tuzgan gaplaringiz orqali asoslang.
Quyidagi voqealarning sabablarini yozing.
1.
Chumchuqlarni qirib tashlashni o‘ylay boshlashdi.
2.
Mao Szedun tabiat muvozanatining buzilishi haqida hech nima bilmas edi.
3.
Chigirtka va shilliqqurtlar ko‘payib ketdi.
4.
Bug‘doy hosili juda kam bo‘ldi.
5.
Odamlar chumchuqlarni shovqin-suron bilan qo‘rqitishgan.
6.
Ko‘plab odamlar ocharchilikdan vafot etdi.
“Almashish”, “almashtirish”
so‘zlari qanday ma’no anglatadi?
Olmoshlar so‘z, so‘z birikmasi, gaplar
va matnlarga ishora qiladi, ularning o‘rnida al-
mashib kela oladi. Masalan,
Salimning sochlari sariq, ko‘zlari ko‘k. U hecham o‘zbekka
o‘xshamaydi
gapida
u
olmoshi
Salim
o‘rnida qo‘llanmoqda.
Asrora sahnaga chiqma-
di. Bu Lola opaning jahlini chiqardi
gaplarida esa
bu
olmoshi
butun bir gapga ishora
qilmoq da. Mazkur o‘rinlarda olmoshlarning qo‘llanishi nutqiy qisqalikka, ravonlikka va
o‘rinsiz takrorlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
men – o‘zim
siz – sizlar
har birimiz – hammamiz
nechta? – qancha?
bu – shu
kim? – kim-kim?
kimdir – allakim
allakim – birov
necha? – nechta?
har kim – hech kim
u – o‘sha
hech narsa – hech nima
qani? – qayerda?
nega? – nima uchun?
qalay? – qanday?
27
Berilgan parchalardan olmoshlarni aniqlang. Ularning nimani almashtirayotganini
yozing.
Audiomatndan olingan gaplarni o‘qing. Jamlab hamda to‘pdan ajratib ko‘rsatishni
ifodalayotgan so‘zlarni aniqlang.
Xitoy Ikkinchi jahon urushidan keyin qoloq bir mamlakat
edi. O‘sha paytda Xitoyda ahvol juda og‘ir,
oziq-ovqat
yetishmovchiligi bor bo‘lib, millionlab odamlar yo‘qchilikda
yashardi. Xitoy hukumati oldida qishloq xo‘jaligi hamda
iqtisodiyotda islohotlar o‘tkazish va mamlakatni qoloqlikdan
chiqarish vazifasi turardi. Amalda shunday islohotlar
o‘tkaziladi. Ammo ularning foydasidan ziyoni ko‘proq bo‘ladi.
Bu dasturning hammualliflaridan biri o‘sha paytda Xitoy
ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lgan biolog Chjou Szyan edi. U
o‘z dasturida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va odamlarning
qornini to‘ydirish uchun chumchuqlar va kalamushlarni
yoppasiga qirib bitirishni taklif qilgandi. Chjou Szyanning
hisob-kitoblariga ko‘ra mamlakatda yetishtirilayotgan
bug‘doyning katta qismini chumchuqlar va kalamushlar yeb
qo‘yyapti. Agar
ular qirib tashlansa, millionlab odamlarni
to‘ydirsa bo‘ladigan bug‘doyni asrab qolish va mamlakat
aholisini qashshoqlikdan chiqarish mumkin bo‘ladi.
Jamlamoq, to‘pdan ajratmoq
so‘zlari qanday ma’no anglatadi?
1.
Mamlakatdagi qariyb barcha chumchuqlar qirib bitiriladi.
2.
Butun Xitoyda chumchuqlarga qiron keltirish boshlanadi.
3.
Har bir odamga ma’lum miqdorda chumchuq o‘ldirish majburiyati belgilanadi.
4.
Mamlakatdagi qariyb hamma chumchuq yo‘q qilingach, tabiatdagi muvozanat buziladi.
5.
Har kim ekkanini o‘radi, deganlaridek, tabiatga qarshi ayovsiz kurash olib borgan
xitoyliklarni tabiatning o‘zi shu tariqa ayovsiz jazolaydi.
28
Shaxs-narsalarning qancha qismi haqida gap ketayotganini ifodalash uchun belgi-
lash olmoshlaridan foydalanamiz.
Hamma, barcha, bari, jamiyki, butun, yalpi
olmosh-
lari jamni;
ba’zi, ayrim
olmoshlari esa qismni ifodalash uchun qo‘llanadi. Qiyoslang:
Bu
xatlarning
Do'stlaringiz bilan baham: