Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik



Download 87,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/107
Sana25.11.2022
Hajmi87,19 Mb.
#872278
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107
Bog'liq
Ona tili 7-sinf -164

22
1. 
Ayting-chi, siz yuqoridagilardan kimni zamonamiz qahramoni deb bilasiz? Nima 
uchun?
2. 
Zamonamiz qahramoni mashhur odam bo‘lishi kerakmi yoki oddiy odam?
3. 
Sizning yon-atrofingizda ham zamonamiz qahramonlari bormi? Nega ularni qahramon 
deb bilasiz?
4. 
Zamonamiz qahramonining eng muhim sifatlarini nimalarda ko‘rasiz?
Matnlar tarkibida uchraydigan olinma so‘zlarni ajratib yozing. Ularning talaffuzi va 
imlosiga e’tibor bering.
Bugungi kunning qahramoni kim? Qanday insonlarni biz qahramon deb ayta olamiz? 
Zamonamiz qahramonining qanday sifatlari bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylang hamda 
“Zamonamiz qahramoni kim?” mavzusida esse yozishga tayyorlaning. Essening 
qoralama nusxasini yozing.
Yozgan essengizni tahrir qiling, so‘ng oqqa ko‘chiring. Keyingi darsda ushbu 
mavzuda taqdimot qilishga tayyorlaning. 


23
OPOQI KIM: BUVIMI YOKI BOBO?
“MUZEY”DAGI MUZIKA
‘‘Opoqi’’ Toshkent shevasida yoshi katta ayollarga hurmat 
bilan murojaatda ishlatiladigan so‘z. Asosan buvilarga 
nisbatan qo‘llanadi. ‘‘Opog‘oyi’’ so‘zining qisqartma shakli. 
Bu so‘z Farg‘ona vodiysining baʼzi hududlarida boboga 
nisbatan ishlatiladi. Uning ‘‘opoqdada’’ varianti ham bor.
‘‘Opoqi’’ so‘zini bobo maʼnosida qo‘llash tobora kamayib 
boryapti.
Yaqin qarindoshlarni anglatuvchi so‘zlarni xilma-xil 
maʼnolarda qo‘llash, erkakka nisbatan ishlatiladigan so‘zni 
ayolga, ayolga xoslangan so‘zni erkakka nisbatan tatbiq 
etish tilda bor hodisa.
Masalan, bugungi tildagi 
‘‘aka’’
so‘zining 
oka, og‘acha
variantlari Bobur mirzo zamonida ayollarga nisbatan 
qo‘llangan. Lekin hozir bu so‘zlar faqat erkaklarga nisbatan 
ishlatiladi.
Toshkent shevasida onani opa deyish uchraydi, Xorazm 
shevasida esa 
‘‘aka’’
otani anglatadi.
Qirg‘iz tilida ona 
‘‘apa’’
, qozoq tilida esa ota 
‘‘ake’’
deyiladi. Qozoqchada bolalar onalariga 
‘‘apa’’
deb murojaat qiladi.
Shevalarga qardosh va qo‘shni millatlarning tillari ham o‘z taʼsirini o‘tkazadi.
Shevalarda qaysi maʼnoni anglatishidan qatʼi nazar, so‘zning adabiy tildagi anglamini 
bilib olishimiz kerak. Yo‘qsa, uni yanglish maʼnoda qo‘llashimiz, natijada xatoga yo‘l 
qo‘yishimiz aniq.
Orif Tolib
Biz “musiqa” so‘zini ko‘p ishlatamiz. Bu so‘z tilimizga 
boshqa tildan kirib kelgan bo‘lsa-da, allaqachon bizga 
butunlay singishib ketgan. Xo‘sh, bu so‘zning tarixi va 
kechmishi qanday?
Musiqa
yunoncha “muzika” so‘zidan olingan bo‘lib, 
uning tub ildizi “muzalar sanʼati” degan maʼnoni bildirgan. 
“Muza” – yunon mifologiyasidagi sheʼriyat, sanʼat va fan 
homiylari sanalgan 9 maʼbudning umumiy nomi bo‘lgan. 
Tilimizda ishlatiladigan “muzey” so‘zining ham tub ildizi 
shunga borib taqaladi va u “muzalar ibodatxonasi” degan 
maʼnoni anglatgan.
Nima bo‘lganda ham, muzeyga kirganingizda 
ehtiyot bo‘ling! Bu joylar siz o‘ylaganchalik jo‘n va oddiy 
tomoshaxona emas.
Eshqobil Shukur, “Boboso‘z izidan”

Download 87,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish