-§. Yuqori aniqlikdagi nivelirlarning geometrik chizmasi va asosiy qismlari
Hozirgi vaqtda yuqori aniqlikdagi nivelirlarning ikkita turi ishlab chiqilmoqda:
qarash trubasida adilakga ega bo‘lgan nivelirlar.
qiyalik burchagi kompensatoriga ega bo‘lgan nivelirlar.
Yuqori aniqlikdagi nivelirlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi (12.1rasm): o‘qiy sistema, qarash trubasi, aniq adilak yoki uni almashtiruvchi qarash trubasining qiya burchakli kompensa tori, sanoq qurilmasi.
5.3-rasm. Yuqori aniqlikda nivelir ning geometrik sxemasi:
1 – vertikal o‘q, 2 – vtulka; 3 – richag; 4 – yassi plastina;
5 – ko‘rish trubasi; 6 – aniq adilak; 7 – o‘lchov shesternya; 8 – elevat sion vint; 9 – taglik
5.4-rasm. Yuqori aniqlikda nivelir trubasining iplar to‘ri
O‘qiy sistema nivelirning tagligi 9 bilan mustahkam birlash tirilgan vertikal o‘q 1 va nivelirning qarash trubasi bilan birlash tirilgan vtulka 2 dan tashkil topgan. Nivelirning tagligiga, ver
tikal o‘qni vetikal holatga keltirishga xizmat qiladigan va bo‘lak qiymati 8' teng doiraviy adilak mahkamlangan. qarash trubasi da adilak o‘rnatilgan yuqori aniqlikdagi nivelirlarining o‘qiy sis temasi, nivelir qarash trubasini nafaqat vertikal o‘q atrofida ay lanishini, balki elevatsiya vinti 8 yordamida adilak pufakchasini o‘rtaga keltirishda gorizontga nisbatan qarash trubasini vertikal tekislikda uncha katta bo‘lmagan burchakga qiyalatish imkoni ni beradi.
qarash trubasi to‘g‘ri, markaziy. Uning asosiy qismi obyek tiv, okular, fokuslovchi linza va iplar turi hisoblanadi. iplar turi bissektorining o‘ng qismi (5.3rasm) o‘tkir burchak ko‘rinishiga ega, uning bissektrisasi bissektorning chap qismida joylashgan gorizontal ipning davomi hisoblanadi.
Nivelir qarash trubasidagi aniq adilak hamda truba qiyalik bur chak kompensatori truba vizir o‘qini gorizontal holatga keltirish uchun xizmat qiladi. Kompensatorsiz yuqori aniqlikdagi nivelir lar, uchlari kavsharlangan shisha trubkali kontaktli adilakka ega, adilak ampulasi to‘ldiruvchi bilan temir g‘ilof ichiga joylashtiri ladi. Bunday adilak harorat 20°C dan +50°C gacha o‘zgarganda ham barcha ishchi diapazon bo‘yicha trubaning qiyalanishiga o‘ta sezgirlikni ta’minlaydi, bu esa juda muhim. Adilak o‘qini truba ning vizir o‘qiga parallel o‘rnatish uchun to‘g‘rilovchi vint bilan ta’minlangan. Adilak pufakchasini o‘rtaga keltirish uchun, tru baning vizir o‘qi gorizontal holatda bo‘lganda, elevatsiya vint yor damida pufakchaning qaramaqarshi uchlarining tasviri birlash guncha nivelir trubasi qiyalantiriladi.
Yuqori aniqlikdagi nivelirning sanoq olish qurilmasi optik mikrometrdan iborat bo‘lib, obyektiv oldiga yoki trubaning ichi ga o‘rnatilgan yassi parallel plastinkadan (5.4rasmga qarang) iborat o‘lchovchi shesternya golovka bilan birlashtirilgan, uning shkalasi 100 bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, har biri reykaning bitta bo‘lagiga to‘g‘ri keladi, ya’ni 5 mm; richagning bir tomoni sharnir tarzida yassi parallel plastinka bilan ulangan, ikkinchi tomoni esa o‘lchovchi shesternya ssepleniyasiga kiruvchi tishli ko‘rinishga ega. Optik mikrometrning turli tuzilish sxemasi bo‘lishi mumkin.
Reykadan sanoq olishda (5.4rasm) elevatsion vinti yordami da nivelir kontaktli adilak pufakchasi uchlarining tasviri birlash tirilib nivelir trubasi qiyalantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |