mK mG 2
mK 0,08
mG 0 , 06 mm .
2
Olingan xatolikning miqdori m1 = 0,06 mm nivelir va reyka orasidagi qabul qilingan d= 50 m masofaga to‘g‘ri keladi. Bu xa tolikni burchak o‘lchovida ifodalab, nivelir adilagi yoki kompen satori yordamida amalga oshiriladigan vizir nurini gorizontal lashning o‘rta kvadratik xatosi miqdorini topamiz:
m
' mg
g d
0,06 2 10 5
c
50000
0 ,23 ''
Bu miqdorni boshlang‘ich deb qabul qilib, talab qilingan adi lak bo‘lak qiymati va nivelirni qarash trubasining zaruriy katta lashtirish darajasini hisoblaymiz.
Adilak pufakchasini ko‘z bilan ilg‘ab olish mumkin bo‘lgan siljishi τ/10ni tashkil etadi, bu yerda: τ – adilak bo‘lagining qiy mati (2 mm ga teng). Yuqori aniqlikdagi nivelirlarda adilak pu fakchasining qaramaqarshi uchlarining tasvirini birlashtirishga imkon beruvchi, optik sistemalardan foydalaniladi, bunda adilak pufakchasini nolpunktga keltirish xatoligi 4–5 marotaba kama yadi (o‘rtacha 4,5 marta) va quyidagiga teng bo‘ladi:
bundan olamiz
τ'' = 45 mδr
mδro‘rniga vizir nurini gorizontallashtirish o‘rnatilgan xatosini mG= mδr= 0,23'' qo‘yib, adilak bo‘lagining izlanayotgan qiymati ni topamiz:
τ'' = 45 ·0,23 = 10''
Nivelir qarash trubasining kerakli kattalashtirishini quyidagi tarzda hisoblaymiz.
Ma’lumki, yaxshi obhavo sharoitida mikrometr bissektorini reykaning shtrixiga to‘g‘rilash o‘rta kvadratik xatosi nivelirdan reykagacha bo‘lgan d masofaga, ko‘zning chekli ajrata olish qo
biliyatiga PG va nivelir ko‘rish trubasining kattalashtirishiga bog‘liq. Berilgan d masofada bu bog‘liqlik quyidagi formula bilan hisoblanadi: mto‘g‘rilash = Pko‘z /
Ko‘zning chekli ajrata olish qobiliyati Pko‘z = 10'' ga teng [22],
d= 50 m masofa uchun yuqorida olingan to‘g‘rilash xatosining qiymati mTUG = mG= 0,23'' uchun reykagacha masofa 50 metrdan
oshmasa nivelirni qarash trubasining talab etilgan kattalashtirish
darajasini hisoblaymiz, u quyidagiga teng
Pg
mTUGR
10
0 , 23
43 x
.
Yuqorida bajarilgan hisoblar taqribiy hisoblanadi, lekin amali yot bilan yaxshi muvofiqlashadi. Ularning ko‘rsatishicha, yuqori aniqlikda nivelirlashga mo‘ljallangan nivelirlar qarash trubasining kattalashtirish darajasi 40x kichik bo‘lmasligi, adilak bo‘lagining qiymati 2 mm ga 10'' dan katta bo‘lmasligi kerak va vizir nurini gorizontallash 0,2'' o‘rta kvadratik xatolikda ta’minlanishi kerak. Nivelir aniq adilakdan tashqari, xuddi shunday aniqlikda qa rash trubasi qiyaligini amalga oshirishga imkon beruvchi, yu qori sifatli elevatsion vintga ega bo‘lishi lozim. Reykadan 0,1 mm aniqlikda sanoq olish paytida reyka bo‘lagining kasr qismini ba holash uchun tegishli aniqlikdagi nivelirning optik mikrometri xizmat qiladi. Shuni inobatga olish kerakki, yuqori aniqlikdagi nivelirlash ishlari turli fizikgeografik, hamda 30°C dan +50°C
gacha haroratli iqlim sharoitlarda bajariladi. Shuning uchun yu qori aniqlikdagi nivelirlar haroratning barcha diapazonida, as bob aniqligini sezilarli darajada pasaytirmay ishlashi lozim. Shu tufayli, shunday talab qo‘yiladiki, nivelir haroratning 1° ga o‘zgarishida adilak o‘qi va qarash trubasi vizir o‘qining i burchagi ning o‘zgarishi 0,5'' dan oshmasligi kerak. Nivelir bilan ishlash da qulaylik tug‘dirish uchun iplar to‘ri, hamda adilak pufakchasi qaramaqarshi uchlarining tasviri optik mikrometrni maydonida joylashtirish lozim. Nivelirning og‘irligi nisbatan kichik bo‘lishi lozim. Shu birbiriga zid barcha talablarni hisobga olib, zamo naviy yuqori aniqlikdagi nivelirlar ishlab chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |