-§. Yuqori aniqlikdagi nivelirlar va invar reykalar
Yuqori aniqlikdagi nivelirlashda nisbiy balandliklar hozirgi vaqtda 1 km ikkilangan (to‘g‘ri va teskari) yo‘lda 0,3–0,5 mm tasodifiy, 0,03–0,05 mm sistematik o‘rta kvadratik xatolar bilan aniqlanishi lozim. Bunday yuqori aniqlikda o‘lchashni ta’minlash uchun tegishli aniqlikdagi nivelir va reykalarni qo‘llash zarur, hamda kuzatishning va o‘lchash natijasini qayta ishlashning eng takomillashgan usullarini, ya’ni barcha turdagi xatoliklar man balari, shu jumladan shaxsiy, asbob va tashqi muhit, ayniqsa kat taligidan qat’i nazar sistematik xatolar ta’sirini to‘la kamaytirish ga olib keluvchi usullarni qo‘llash kerak bo‘ladi.
Nivelirlash paytida har bir stansiyada reyka bo‘yicha sanoq olishda vizir nuri gorizontal holatda bo‘lishi lozim. Vizir nurini gorizontal holatga keltirish adilak yoki kompensator yordamida m o‘rta kvadratik xato bilan amalga oshiriladi. Bu xatoning chekli miqdorini va unga to‘g‘ri keluvchi qarash trubasining kattalashti rishi va adilak bo‘lagining qiymatini hisoblaymiz. Faraz qilaylik, silindrik adilak o‘qi va qarash trubasining vizir o‘qining o‘zaro parallellik sharti bajarilgan va nivelirdan reykagacha bo‘lgan masofa 50 metrga teng.
Aytaylik, 1 km nivelirlash yo‘lida to‘g‘ri va teskari yo‘llaridan o‘rtacha nisbiy balandlikni aniqlashning o‘rnatilgan o‘rta kvadra tik xatosi quyidagi minimal qiymatga teng bo‘lsin:
mho‘r = 0,25mm/km.
Bundan faqat to‘g‘ri yoki teskari yo‘ldan nisbiy balandligini aniqlash xatosi quyidagidan oshmaydi:
mho ' r
mo ' r
2 0 ,35 mm / km.
Tekis joy sharoitida 1 km uzunlikdagi yo‘lini nivelirlashda nivelir va reyka orasidagi masofa 50 m bo‘lganda o‘lchashni 10 ta nivelirlash stansiyalaridan bajarish mumkin. Buni hisobga olgan holda har bir alohida stansiyada nisbiy balandlikni aniqlashning chekli o‘rta kvadratik xatosi quyidagidan katta bo‘lmasligi kerak:
mhko ' p
0 , 35
Nuqtalar orasida nisbiy balandlik stansiyada ikki marotaba (reykaning asosiy va qo‘shimcha shkalasi bo‘yicha) «orqaga qa rash minus oldinga qarash» qoidasiga binoan aniqlanadi:
hcT = OP – O^
va bundan so‘ng nisbiy balandlikning ikkita qiymatlaridan o‘rtachasi topiladi.
Har bir reykaga qarash xatoligini bir xil va teng m qarash deb qabul qilib stansiyadagi nisbiy balandlikni aniqlashda o‘rta kvadratik xatosini qarash xatosi orqali ifodalaymiz:
mhct
mvzch 2 .
Bu tenglik nisbiy balandlikni faqat reykaning asosiy shkalasi yoki faqat qo‘shimcha shkalasi bo‘yicha hisoblansa ham o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Agar mhcT ma’lum bo‘lsa reykaning 1 ta shkalasi
bo‘yicha qarash o‘rta kvadratik xatosini topish mumkin:
mvzch
0 ,11 0 ,08 mm .
2
qarash xatoligi 3 ta tashkil etuvchidan hosil bo‘ladi. Reyka bo‘yicha sanoq olishdan oldin, adilak pufakchasi qaramaqarshi uchlarining tasviri birlashtiriladi (mbr xatolik bilan), bu elevatsion
vint yordamida nivelirning qarash trubasini qiyalash yo‘li bilan
bajariladi. So‘ngra mikrometr bissektorini reykaga (mmo‘g xatolik bilan) to‘g‘rilanadi va mikrometr shkalasi bo‘yicha sanoq olinadi
(m0 xatolik bilan). Sanoq olish xatoligi boshqa xatolardan kichik (m0 = 0,1 µ = 0,005mm, bu yerda: µ – mikrometr shkalasi bo‘lak qiymati), uni hisobga olmaslik mumkin. Shunda qarash xatoligi uchun quyidagini olamiz:
m2K = m2br+ m2to‘
qarash xatoligi vizir nurini gorizontallash xatosi mG dan kichik yoki teng bo‘lishi, ya’ni mK mG shartini qo‘yib teng ta’sir etish prinsipiga binoan quyidagiga ega bo‘lamiz:
mδr = mTO‘GR = m1
bu tenglamani hisobga olib
Do'stlaringiz bilan baham: |