Oliy va o‘rta



Download 2,84 Mb.
bet2/86
Sana12.01.2022
Hajmi2,84 Mb.
#305254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
oliy geodeziya asoslari

KIRISH


Oliy geodeziya fani Yerning rasmini, o‘lchamlarini va yer gravitatsion maydonini aniqlash, davlat geodezik tayanch to‘rlarini (tarmoq) barpo etish, geodinamik hodisalarni o‘rganish, hamda Yer ellipsoid yuzasida va fazoda geodezik masalalarni yechish bi­ lan shug‘ullanadi.

Oliy geodeziyaning vazifasi ikkiga bo‘linadi:



  • ilmiy vazifaga;

  • ilmiy­texnik vazifaga.

Oliy geodeziya va unga turdosh fanlar (gravitatsiya, kosmik geodeziya va astronomiya)ning asosiy ilmiy vazifasi Yer figura­ sining (rasmining) parametrlarini (uning o‘lchamlarini), tashqi gravitatsiya maydonini va ularning davriy o‘zgarishini aniqlash­ dan iborat.

Hozirgi vaqtda oliy geodeziyada Yer figurasi deganda, Yerning fizik yuzasi bilan chegaralangan figura tushuniladi, ya’ni uning quruqlikdagi qattiq qobig‘ining yuzasi va o‘zaro tutash dengiz va okeanlar suv sathining tinch holatdagi yuzasi bilan chegaralan­ gan figurasi tushuniladi.



Yerning gravitatsion maydoni deganda, Yerning sutkali aylani­ shi tufayli hosil bo‘lgan markazdan qochma va tortishish kuchlari­ ga teng ta’sir etuvchi og‘irlik kuchlarining maydoni tushuniladi.

Yerning gravitatsion maydonini va boshqa fizik maydon­ larini o‘rganish aslida geofizikaning muammosi hisoblanadi. Le­ kin Yer figurasining parametrlari va Yer gravitatsiya maydoni, Yer sun’iy yo‘ldoshi orqali astronomo­geodezik, gravimetrik va boshqa o‘lchashlarni kompleks qayta ishlash natijasida aniqlana­ di va birgalikda oliy geodeziyaning ko‘plab masalalarini yechish­ da foydalaniladi. Yer gravitatsiya maydonini o‘rganish geodeziya­ ning asosiy ilmiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Yer ostida va uning yuzasida sodir bo‘ladigan fizik jarayon­ lar ta’sirida, litosfera plitalari sekin siljiydi, yer qobig‘ida elastik kuchlanish sodir bo‘ladi, yer silkinishi yuzaga keladi, yer yuza­ si sekin­asta deformatsiyalanadi, shunisi e’tiborliki, bu jarayonlar turli hududlarda turlicha bo‘ladi, Yer qutblarining holati, uning gravitatsiya maydoni, aylanishining burchak tezligi va h.k.lari o‘zgaradi. Bularning barchasi geodezik tarmoqlar punktlarining

koordinatasini va balandligini aniqlashga va ularning vaqt o‘tishi davomida o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun eng yu­ qori aniqlikda geodezik o‘lchashlarni ta’minlashni talab etuvchi turli­tuman masalalarni yechishda yerni planeta kabi o‘rganish zarurati tug‘iladi. Shu munosabat bilan oliy geodeziyaning eng muhim ilmiy vazifasiga yer yuzasining deformatsiyasining son­ li xarakteristikasini geodezik usulda aniqlash, yer qobig‘i ulkan bloklarining asriy ko‘tarilishini va tushishini o‘rganish hamda litosfera plitalarini siljish qonuniyatlarini, Yer qutblari harakati­ ni aniqlash va hisobga olish va uning aylanish burchak tezli­ gi o‘zgarishini aniqlash, seysmoaktiv hududlarda yer silkinishini oldindan bashorat qilish maqsadida yer yuzasi va dengiz, okean­ lar sathiy yuzalari farqlarini va h.k.larni aniqlash va o‘rganishdan iborat.

Oliy geodeziya va unga turdosh bo‘lgan fanlarning asosiy il­ miy texnik vazifasi global (umumer) va milliy (davlat miqyos­ ida) yuqori aniqlikdagi tayanch geodezik tarmoqlarni barpo etishdan iborat. Milliy tayanch tarmoqlarini quyidagilar tashkil etadi: Davlat geodezik asosiy, ko‘pchilik holda planli tarmog‘i deb ataluvchi, davlat nivelirlash tarmog‘i (balandlik) va davlat gravimetrik tarmog‘i.



Bu tarmoqlar bir­biri bilan o‘zaro juda yaqin bog‘liqlikga ega, ular biri­birini to‘ldiradi va ulardan birgalikda foydalanib bajariladigan kompleks astronomo­geodezik va gravimetrik o‘lchash ishlari punktlarning aniq koordinatalarini va baland­ liklarini aniqlash, hamda mamlakat hududida gravitatsiya may­ doni va Yerning shaklini xarakterlovchi parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Oliy geodeziya to‘xtamasdan rivojlanmoqda va takomillashmoqda. U Yer shakli nazariyasi, gravimetriya, geo­ deziya, astronomiya, kosmik geodeziya kabi ilmiy fanlar bilan birgalikda uzviy bog‘liq holda rivojlanmoqda.

Oliy geodeziya kursi uchta asosiy bir­birini to‘ldiruvchi fan­ lardan tashkil topgan: «Asosiy geodezik ishlar», «Sferoidik geo­ deziya» va «Nazariy geodeziya»:



«Asosiy geodezik ishlar» bo‘limida bir xilda bo‘lmagan Yer gravitatsiya maydonida tayanch geodezik tarmoqlarini barpo etish, barpo etish usullarini ishlab chiqish, tarmoqlarni loyihalash

va joylarda mahkamlash turli tarkibdagi yuqori aniqlikdagi geo­ dezik o‘lchash usullarini va asboblarini yaratish, o‘lchashdagi xa­ toliklar manbasini va ularni ta’sir etishni hisobga olish usullarini, Yer gravitatsiya maydonining bir xil emasligini va Yer yuzasi­ ning egriligini hisobga olgan holda o‘lchash natijalarini matema­ tik qayta ishlash usullarini yaratish masalalari ko‘riladi.

«Sferoidik geodeziya» Yer ellipsoidining geometriyasi, uning yuzasida va uch o‘lchamli fazoda geodezik masalalarni yechish usullarini hamda ellipsoid yuzasini sharda va tekislikda tasvirlash nazariyasini o‘rganadi.

«Nazariy geodeziya» oliy geodeziyaning asosiy ilmiy muam­ mo va masalalarini yechish nazariyasini va usullarini ishlab chi­ qish bilan shug‘ullanadi.

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish