44
XML geofazoviy axborotlarni geomaʼlumotlar
bazalaridan almashish XML
geomaʼlumotlar bazasi amallari yordamida anchagina osonlashadi. Tashqi ilovalar
quyidagi XML maʼlumotlar oqimlarini qabul qilishlari mumkin:
–
ArcGIS foydalanuvchilari o‘rtasida geomaʼlumotlar bazasi to‘liq
sxemalaridan birgalikda foydalanish va almashish;
– maʼlumotlar to‘plamlarini yo‘qotishlarsiz, to‘liq almashish;
– oddiy funksiyalar to‘plamini almashish (sheyp almashishga o‘xshab);
– XML- oqimlar yordamida faqat yozuvlar to‘plami o‘zgarishini almashish,
geomaʼlumotlar bazalari va boshqa tashqi maʼlumotlar tarkiblari aro o‘zgarishlar
va yangilanishlardan o‘tish.
XML geoma’lumotlari ArcGIS foydalanuvchilari,
shuningdek, tashqi
foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro ma’lumotlar almashinuvi uchun asosiy
ayirboshlash mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. ArcGIS dasturida
yaratilishi mumkin
bo‘lgan uch turdagi XML hujjatlari mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
– hujjatlar uchun ishchi maydon;
–RecordSet hujjati;
–ma’lumotlar o‘zgarishi hujjati.
XML geoma’lumotlar hujjatining ishchi maydoni.
XML ishchi
maydonihujjati tarkibida geoma’lumotlar bazasi tarkibiga kiruvchi barcha hujjatlar
mavjud. XML hujjatining ishchi maydoni o‘z ichiga barcha sxemama’lumotlarini,
qolaversa zarurat tug‘ilganda boshqa ma’lumotlarni ham oladi. Shuningdek, XML
Workspace hujjatidan sxema to‘g‘risidagi axborot
almashinuvi, badiiy ma’lumotlar
to‘plamlari almashinuvi, qolaversa eksport uchun tanlangan ma’lumotlar
to‘plamiga aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlar elementlari almashinuvi
uchun
ham foydalaniladi.
Sxema,
munosabatlar
va
xususiyatlar
to‘g‘risidagi
axborotlar
WorkspaceDefinition kesimining bir qismi sifatida eksport qilinadi. U esa o‘z
ichiga barcha oddiy va foydalaniladigan xususiyatlarni, topologiya va tarmoqlarda
ishtirok etish, topologik qonunlar va tarmoqlarga ulanish,
oddiy va murakkab
munosabatlar hamda geoma’lumotlar bazasiga bog‘liq bo‘lgan boshqa istalgan
45
axborotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladi. Shu tariqa geoma’lumotlar bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlar saqlanadi va XML hujjati import qilinganda
qaytadan yaratilishi mumkin bo‘ladi.
XML ishchi maydonihujjati 2 ta elementdan iborat: WorkspaceDefinition va
WorkspaceData (2.1-sxema).
Jadvallar
va sinflar holatida, aniqlash bo‘limidagi ma’lumotlar elementlari
nomi ma’lumotlar bo‘limidagi jadvalli ma’lumotlar nomiga mos keladi.
Topologiya, geometrik tarmoqlar yoki badiiy ma’lumotlar to‘plamlari singari
ma’lumotlar to‘plamlari faqat aniqlash bo‘limida paydo bo‘ladi (ular uchun
ma’lumotlar eksport qilinmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: