1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Sadulla Avezbayev, Otabek Sadullayevich Avezbayev
GEOMA’LUMOTLAR BAZASI
VA ARXITEKTURASI
Oʻquv qoʻllanma 5A311502
–
“Geodeziya va kartografiya (geoinformatika)”
mutaxassisligiga moʻljallangan
TOSHKENT – 2015
2
T a q r i z c h i l a r :
Yergeodezkadastr Davlat qoʻmitasi Geodeziya va kartografiya
Milliymarkazi bosh muhandisi
X.Magdiyev,
Toshkent arxitektura-qurilish instituti o‘quv ishlari bo‘yicha
prorektori,t.f.n.
Sh. Avchiyev,
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Geodeziya va yer kadastri
kafedrasidotsenti, i.f.n.
Q. Raxmonov.
O‘quv qo‘llanmada geomaʼlumotlar bazasi tushunchasi, geomaʼlumotlar
bazasi arxitekturasi, geomaʼlumotlar bazasini loyihalash va yaratish, Oracle dasturi
bilan tanishish va geomaʼlumotlar
bazalari bilan ishlash, taqsimlangan
maʼlumotlar, shuningdek, ArcSDE geomaʼlumotlar bazasini boshqarish
to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish yo‘llari yoritilgan.
Kitob geoinformatika mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida taʼlim
olayotgantalabalarga mo‘ljallangan. Shuningdek, undan geomaʼlumotlar
bazasi
va uning arxitekturasi bilan qiziquvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar, talabalar
ham foydalanishlari mumkin.
Oʻquv qoʻllanma TEMPUS GE-UZ – “Geoinformatika: Oʻzbekistonda
barqaror rivojlanishga erishishni ta’minlash” loyihasi koʻmagida nashrga
tayyorlandi.
3
KIRISH
Hozirgi davrda maʼlumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalar har bir
soha faoliyatida keng tarqalgan. Har qanday korxona yoki tashkilotni
avtomatlashtirilgan maʼlumotlar tizimisiz tasavvur qilish qiyin. Barcha
avtomatlashtirilgan maʼlumotlar tizimlari maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimiga
(MBBT) asoslanadi. Geomaʼlumotlar bazasi MBBT negizida shakllantiriladi. Fan
geomaʼlumotlar bazasini yaratish va boshqarishning nazariy
asoslarini va amaliy
uslublarini o‘rganadi. Maʼlumotlar bazasi va geomaʼlumotlar bazasining asosiy
tushunchalari hamda ular orasidagi bog‘liqlik, sinflarga ajratish, maʼlumotlar
strukturasini shakllantirish va shunga mos MBBT turlarini ko‘rib chiqadi.
Bugungi kunda har qanday GAT (geografik axborot tizimi) loyihalarini
geomaʼlumotlar bazasisiz tasavvur etish qiyin, shunday ekan, «Geoinformatika»
mutaxassisligi bo‘yicha taʼlim oladigan magistrantlarga
ushbu fandan zaruriy
bilimlarni berish ularning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarida
muhimo‘rin egallaydi.
Bugungi kunda GAT iqtisodiyot tarmoqlarining barcha sohalarida keng
qo‘llanilmoqda. GAT dan foydalanish uchun katta hajmdagi yozma va grafikaviy,
hudud bilan bog‘langan geografik ma’lumotlarni to‘plashkerak bo‘ladi. Shuning
uchun ham geoma’lumotlar bazasi har qanday GAT ning ajralmas qismi bo‘lib
hisoblanadi. Geoma’lumotlar bazalari esa maxsus GAT dasturlari yordamida
yaratiladi. Ayni paytda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarni, shuningdek, GE–
UZ loyihasi boyicha o‘qitiladigan magistr talabalar
uchun asosiy GAT dasturi
sifatida ESRI kompaniyasining ArcGIS dasturi tanlanganligini inobatga olgan
holda ushbu o‘quv qo‘llanmada asosiy e’tiborArcGIS dasturi negizida
Geoma’lumotlar bazasini yaratish va boshqarish yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan.
Shuni aytish joizki, ushbu ArcGIS dasturi yordamida bugungi kunda dunyoning
ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida bo‘lgani kabi
bizning yurtimizda ham GAT
loyihalari
yaratilmoqda
va
ularning
samarali
faoliyat
ko‘rsatishlari
ta’minlanmoqda.Geoaxborot tizimlari loyihalarini yaratish va ulardan samarali
foydalanish uchun geoma’lumotlar bazasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lish kerak.
4
Shunday ekan,respublikamizda geoinformatika sohasida yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlashda «Geoma’lumotlar bazasi va uning arxitekturasi»
fanini o‘rganish bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu o‘quv qo‘llanma magistratura bosqichi talabalari uchun tayyorlangan
bo‘lib, u «Geomaʼlumotlar bazasi va uning arxitekturasi» fanining o‘quv
dasturiga mos tarzda yaratildi. O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda
geomaʼlumotlar
bazalarini
loyihalash,
yaratish
va
boshqarishningRespublikamizdagi holati
va tajribalari hisobga olindi, ushbu
sohaga oid zamonaviy adabiyotlardan, shuningdek, xorijiy davlatlar
tajribalaridan foydalanildi.
Mualliflaro‘quv qo‘llanmani tayyorlashda o‘quv-uslubiy
yordam
ko‘rsatganligi uchun TEMPUS dasturining «GE–UZ» loyihasi bo‘yicha
G‘arbiy Vengriya Universitetining professorlariga, aksariyat ishlar
ArcGISdasturida bajarilishini inobatga olibESRI kompaniyasiga kelajakdagi
ishlariga omad tilagan holdao‘zining chuqur minnatdorchiliklarini izhor
qiladilar.